O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanlar nomi
|
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Botanika va o'simliklar fiziologiyasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo, Urug'chilik va seleksiya asoslari, O'simlikshunoslik, O'simliklarni himoya qilish,Umumiy va qishloq xo'jaligi entomologiyasi, Umumiy va qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N-nazariy ta’lim; A-amaliy ta’lim;
NA-nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX-maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
|
O‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzular nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘ qitishning
tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’ lim
|
1
|
Dehqonchilik va melioratsiya asoslari fanining maqsadi va vazifalari, dehqonchilik
va melioratsiya sohasidagi qonunlar
|
Dehqonchilik va melioratsiyaga oid zamonaviy bilimlar, sug‘oriladigan dehqonchilikning umumiy masalalari, sug‘orishning istiqbolli usullari, dehqonchilik
va melioratsiya sohasidagi qonunlar hamda ularni amaliyotda tadbiq etish.
|
2
|
N
|
1
|
2
|
Tuproq unumdorligi va uni oshirish tartiblari
|
Tuproq unumdorligi haqida tushuncha.
Tabiiy, sun’iy, potensial va samarali unumdorlik tushunchalari. Tuproq unumdorligini oshirish usullari.
|
6
|
NA
|
3
|
3
|
Tuproqning suv, havo, issiqlik va oziq rejimlari hamda ularni boshqarish usullari
|
O‘simlik hayotida va tuproqda suvning ahamiyati. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun talab qilinadigan suvning miqdori. Tuproqdagi namning asosiy manbalari, suv shakllari. Tuproqning suv xossalari O‘simlik hayotida atmosfera hamda tuproq havosining ahamiyati va uning
kimyoviy tarkibi. Tuproqdagi issiqlik
|
6
|
NA
|
3
|
|
|
manbalari. O‘simliklar urug‘larining unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishida issiqlikka bo‘lgan talab. O‘simliklar uchun zarur bo‘lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Haroratning mikroorganizm va organik moddalarga ta’siri. O‘simliklar hayotida makro va mikroelementlarning roli. O‘simliklar
oziqlanishida mikroorganizm-larning roli.
|
|
|
|
4
|
Dehqonchilik tizimi
|
Dehqonchilik tizimi haqida tushuncha. Dehqonchilik tizimining rivojlanish tarixi va ahamiyati. Dehqonchilik tizimlarining muhim
tarkibiy qismlari
|
4
|
N
|
2
|
5.
|
Dala tajribasi va uning xususiyatlari
|
Ilmiy agronomiyaning asosiy usullari. Tajriba tizimi haqida tushuncha. Kuzatishlar va eksperiment. Dala tajribasi. Dala tajribasiga
qo‘yiladigan talablar. Dala tajribasining turlari
|
4
|
N
|
2
|
6.
|
Melioratsiya haqida umumiy tushunchalar
|
Meliorasyasi fanining predmeti va vazifalari. Melioratsiya haqida umumiy tushunchalar. Qishloq xo‘jalik meliora-syasining vazifalari. Yaxshilash obyektlariga va uslublariga ko‘ra
melioratsya turlari.
|
4
|
N
|
2
|
7.
|
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish
rejimlari
|
Ekinlarni sug‘orish rejimi tushunchasi. Sug‘orish sxemalari. Sug‘orish rejimiga ta’sir etuvchi omillar: iqlim, tuproq, gidrogeologik va xo‘jalik sharoitlari, o‘simlikning biologik xususiyatlari. Bir gallik va mavsumiy sug‘orish me’yori va uni hisoblash uslubiyati.
|
6
|
NA
|
43
|
8.
|
Sug‘orish usullari va
texnikasi
|
Sug‘orish usullari. Sug‘orish texnikasi va uning elementlari.Ekinlar hosildorligini oshirishda sug‘orish usullari va texnikalaridan
foydalanishning samarali usullari.
|
6
|
NA
|
3
|
9.
|
Sug‘orish tizimlari va ulardan foydalanish. Sug‘orish tizimlarida suv o‘lchash
|
Sug‘orish tizimlari. Sug‘orish tarmoqlari. Kanallarning suv sarfini o‘lchash postlari va o‘lchash uslublari. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchash. Kollektor-zovur tarmoqlari. Sug‘orish tizimlaridan foydalanish.
Sug‘orish tizimlarida gidrometriya xizmati.
|
6
|
NA
|
3
|
10.
|
Yer sho‘rlanishi va botqoqlanishini oldini olish va qarshi kurashda
qo‘llaniladigan meliorativ, agromeliorativ va suv
xo‘jalik tadbirlar
|
Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ (meliorativ mintaqalar, kichik mintaqalar va gidromodul rayonlar buyicha) jihatdan tadqiqot qilish va baholash tadbirlarining asosiy vazifalari. Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ nazorati va yerdan foydalanish koeffitsiyenti.
|
6
|
N
|
3
|
11.
|
Sho‘rlangan yerlarni
yuvish, yuvish
me’yorlari, usullari va o‘tkazish muddatlari
|
Sho‘rlangan yerlarni yuvish. Sho‘r yuvish muddatlari, usullari va o‘tkazish texnikasi. Sho‘r yuvish me’yorlari va uni hisoblash.
|
6
|
NA
|
3
|
12.
|
Sug‘oriladigan yerlarda zovurlarning ahamiyati va turlari
|
Zovurlar, ularning tiplari va vazifalari. Zovurlarni rejali joylashtirish. Zovurlar chuqurligi va ular orasidagi masofa.Zovur
oqimining moduli
|
4
|
NA
|
2
|
Jami
|
60
|
|
30
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv dasturi asosida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.
Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati
Azimboyev S. Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. Darslik, T.: Iqtisodiyot-moliya, 2006-y.
Mo‘minov K., Azimboyev A.,Sanakulov A.,Berdiboyev Ye., Kenjayev Yu. “Dehqonchilik va ilmiy izlanish asoslari” fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. O‘quv qo‘llanma. T., “Turon- iqbol”. 2014-y.
Azimboyev S., Artukmetov Z., Sheraliyev X., Norqulov U., Shodmanov M. Umumiy dehqonchilik va melioratsiya asoslari. Kasb-hunar kollejlarining fermerlik yo‘nalishi uchun darslik. T.: Uzkomsentr. 2002-y.
Nurmatov Sh. va boshqalar. Dala tajribasi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. T.: 2007-y.
Artukmetov Z., Sheraliyev X.. Ekinlarni sug‘orish asoslari.Darslik. T.: O‘zbekiston
faylasuflar milliy jamiyati, 2007-y.
Norkulov U., Sheraliyev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. Darslik.T.: TDAU tahr.nashr. bo‘limi, 2003-y.
To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabayeva T., Berdiboyev Ye., Nurmatov B. “Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi va yer tuzish” fanidan amaliy va tajribaviy mashg‘ulotlar. O‘quv qo‘llanma. T.: TDAU tahr.nashr bo‘limi. 2012y.
Holiqov B. Yangi almashlab ekish tizimlari va tuproq unumdorligi. “Noshirlik yog‘dusi”
nashriyoti. Toshkent-2010-y.
U. Norqulov, Sh. Axmurzayev, A. Sayimbetov. “Dehqonchilik va melioratsiya asoslari” fanidan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar. “Navro‘z” nashriyoti. Toshkent 2017-y.
Do'stlaringiz bilan baham: |