O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi
|
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Botanika va o'simliklar fiziologiyasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo, Umumiy dehqonchilik va melioratsiya, O'simlikshunoslik, O'simliklarni himoya qilish,Umumiy va qishloq xo'jaligi entomologiyasi,
Umumiy va qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi
|
O‘qitishning tashkiliy
shakli
|
N – Nazariy ta’lim; A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
|
O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzular nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘ qitishning
tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’ lim
|
1.
|
Kirish. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda ekin navining ahamiyati.
Seleksiya va urug‘chilik fanining rivojlanish bosqichlari. Fanga doir hukumat qonun va qarorlari.
|
Fanning vazifalari, asosiy muammolari, ekin navining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida ahamiyati. Seleksiya va urug‘chilik fanining qishloq xo‘jaligining tarmog‘i sifatida aholini oziq-ovqat, sanoatni xomashyo, chorvachilikni yem-xashak bilan ta’minlashdagi o‘rni. Seleksiyaning rivojlanish tarixi, bosqichlari, muvaffaqiyatlari, uning kelajagi va ahamiyati. Seleksiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Mamlakatimizda ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qonunlari va
qarorlari.
|
2
|
NA
|
3
|
2.
|
Yangi navlarga qo‘yiladigan talablar va navlarning xillari
|
Seleksiyada yangi navlar yaratishni ahamiyati. Yaratilayotgan yangi navlarga qo‘yiladigan talablar. Nav(duragay) haqida tushuncha va ularning xillari.
|
2
|
NA
|
3
|
3.
|
Qishloq xo‘jalik
ekinlarida duragaylash
|
Seleksiyada yangi navlarni yaratishda duragaylash usulidan foydalanish. Duragaylash bilan chatishtirish farqlari. Chatishtirish xillari. Oddiy, murakkab va qayta murakkab chatishtirish va ularni
olib borish tartibi.
|
2
|
NA
|
3
|
4.
|
Chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash va duragaylash tartibini o‘rganish
|
Talabalarni o‘simliklarni chatishtirish uchun ota- ona juftlarini tanlash qoidalari , chatishtirish taritibi va sun’iy changlatish usullari bilan tanishtirib, ularni boshoqli don ekinlari va g‘o‘zada chatishtirish tartibi va changlatish usullarini amalga oshirish bo‘yicha
topshiriqlarni bajarish, ko‘nikmalar hosil qilish.
|
2
|
A.X
|
3
|
5.
|
Uzoq formalarni duragaylash
|
Uzoq formalarni duragaylashni ahamiyati.Uzoq formalarni chatishmaslik sabablari.Changlatish usullari.Uzoq formalarni chatishmaslik sabablarini
bartaraf etish usullari. Uzoq formalarni duragaylash asosida ekinlar seleksiyasining yutuqlari.
|
2
|
NA
|
3
|
6.
|
Sun’iy mutatsiya va undan seleksiyada
foydalanish
|
Mutatsiya haqida tushuncha. Mutatsiyaning
xillari. Mutatsiyaning g‘oyalari. Mutatsiyaning
seleksiyadagi ahamiyati. Mutant navlar.
|
2
|
NA
|
3
|
7.
|
O‘zbekistonda seleksiya ishlarining asosiy yo‘nalishlari
|
Respublikamizda seleksiya ishlarining asosiy yo‘nalishlari. Mamlakatimizda ekinlar seleksiyasining asoschilari. A.Zaysev, S.Mirahmedov, Yu.Xutornoy, I.Yu.Abduraxmonov, A.M.Batalov, A.Egamberdiev, V.A.Avtonomov, Sh.Nomozov, A.Omonov, R.I. Siddiqov, S.E. Teshaboev, L.A.Bespalova, Yu.M.
Puchkov, I.Massino, Q.Eshmirzaev, K.Pangola,
|
2
|
NA
|
3
|
|
|
V.I.Zuev, A. Hakimov, D.T.Abdukarimov,
X.Ch.Bo‘riev,R.F.Mavlyanova, M.Aramov,
R.A.Hakimov va boshqalarning xizmatlari.
|
|
|
|
8.
|
Qishloq xo‘jaligi ekinlarida seleksiya usullaridan foyda- lanish. Poliploidiya, gaploidiya, geterozis.
Ulardan foydalanish.
|
Sintetik seleksiya usullari va qishloq xo‘jalik ekinlarida foydalanish va ahamiyati. Seleksiyada poliploidiyadan foydalanish va uning xillari. Gaploidiya haqida tushuncha olish usullari va xillari. Seleksiyada geterozisdan foydalanish va uning tiplari.
|
2
|
NA
|
3
|
9.
|
Seleksiya va
urug‘chilikda tanlash
usullari
|
Seleksiyada tanlash olib borishning ahamiyati va vazifasi. Dala ekinlarida tanlash olib borish tartibi.
Tanlashning ommaviy va yakka tanlash usullari. O‘zidan va chetdan changlanuvchi o‘simliklarda tanlash o‘tkazishning samarasi. Oilalab-grupaviy va yakka oilaviy cheksiz yakka tanlash. Ommaviy va
yakka klonli tanlash.
|
2
|
NA
|
3
|
10.
|
Ommaviy va yakka
tanlashlarni o‘rganish
|
Talabalarni o‘zidan changlanadigan o‘simliklarda bir martali ommaviy va yakka tanlash, chetdan changlanadigan o‘simliklarda ko‘p martali ommaviy tanlash va cheksiz yakka tanlash tartiblarini, o‘xshashlik va farqlarini, afzallik va kamchiliklarini o‘rganish, sxemasini chizib olish. Turli ekinlarda ommaviy va yakka tanlashlar o‘tkazish tartiblari bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirib, bilimlarini
mustahkamlashdan iborat.
|
2
|
A.X
|
3
|
11.
|
Seleksion materialni baholash usullari
|
Qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi navlarini mahsuldorlik va hosildorlik, tezpisharlik, tashqi muhit ta’sirlariga (qurg‘oqchilikka, issiqqa, qishga va sovuqqa, kasallik hamda zararkunandalarga) chidamliligini baholash, mexanizatsiya yordamida yetishtirish va hosilni yig‘ishtirishga mosligi mahsulot sifati kabi ko‘rsatkichlarga qarab baholashning
bevosita, bilvosita, laboratoriya va provakatsion usullari.
|
2
|
NA
|
3
|
12.
|
Qishloq xo‘jalik ekinlarining navlarini tezpisharligi yoki o‘suv
davrining davomiyligiga qarab baholashni
o‘rganish
|
Talabalarni bug‘doy, g‘o‘za va boshqa ekinlar turli navlarida fenologik kuzatish ma’lumotlariga ko‘ra, fazalarora davrlarni hamda o‘suv davrini hisoblab, o‘rganilgan navlarni tezpisharligini baholashga o‘rgatishdan iborat.
|
2
|
A.X
|
3
|
13.
|
Seleksiya ishini tashkil etish xususiyatlari va tartibi
|
Seleksiya ishlari va nav sinashda tajriba aniqligini oshirishning ahamiyati. Seleksiya jarayonida dala ishlarining bajarilish tartibi, almashlab ekish. Seleksiya ekinlarining xillari va vazifalari. Seleksiya jarayonining tartibi, pitomniklar va nav sinashlar. Davlat nav sinashi. Yangi navlarni davlat reestriga
kiritish hamda tumanlashtirish.
|
2
|
N.A
|
3
|
14.
|
Seleksiya jarayonidagi pitomnik va nav sinash uchastkalari uchun zarur bo‘lgan maydonni hisoblash
|
Talabalarni o‘zidan va chetdan changlanuvchi o‘simliklarda qabul qilingan pitomnik va nav sinashlar tartibi, joylashishi, bir-biridan farqi hamda ularda bajariladigan ishlar, kuzatishlar, o‘lchashlar bilan tanishtirish, berilgan misollar asosida, har bir pitomnik va nav sinashlar maydonini aniqlash , o‘zaro taqqoslab, baholash asosida bilim va ko‘nikmalarini
mustahkamlash.
|
2
|
A.X
|
3
|
15.
|
Gen muhandisligi va biotexnologiya usullaridan foydalanish
|
Zamonaviy biotexnologiyaning maqsadi va o‘rganish obyektlari. O‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligida biotexnologik usullardan foydalanish. Gen muhandisligining moddiy asoslari. Seleksiya va urug‘chilikda «In-vitro» usulini qo‘llash. Gen injeneriyasi, biotexnologiya va gen nakaut usullarida nav (duragay)lar yaratish hamda urug‘larini
yetishtirish.
|
2
|
NA
|
3
|
16.
|
Bug‘doyning nav belgilarini o‘rganish
|
Talabalarga bug‘doyning ekiladigan navlarining morfobiologik va xo‘jalik belgilarini o‘rgatish, keng tarqalgan navlarning ta’rifi bilan tanishtirish.
|
2
|
A.X
|
3
|
17.
|
Arpaning nav belgilarini
o‘rganish
|
Talabalarga arpaning tumanlashtirilgan navlarining morfobiologik va xo‘jalik belgilarini o‘rgatish, keng tarqalgan navlarning ta’rifi bilan
tanishtirish.
|
2
|
A.X
|
3
|
18.
|
Makkajo‘xori nav va geterozisli duragaylarining
belgilarini o‘rganish
|
Talabalarga makkajo‘xori nav va duragaylarining morfobiologik va xo‘jalik belgilarini o‘rgatish, keng tarqalgan hamda Davlat reestriga kiritilgan nav-
duragaylarining ta’rifi bilan tanishtirish.
|
2
|
A.X
|
3
|
19.
|
Gorox va no‘xatning
nav belgilarini o‘rganish
|
Talabalarga gorox va no‘xatning navlarining morfobiologik va xo‘jalik belgilarini o‘rgatish, keng tarqalgan va Davlat reestriga kiritilgan navlarining
tarifi bilan tanishtirish.
|
2
|
A.X
|
3
|
20.
|
G‘o‘zaning nav belgilarini o‘rganish
|
Talabalarga g‘o‘za navlarining morfologik belgilari, biologik-xo‘jalik xususiyatlari - bargining katta-kichikligi, rangi va shakli. Poyasining balandligi, rangi va tukliligi. Ko‘saklarning katta –kichikligi va shakli, shoxlanish tipi, tezpisharligi, kasalliklarga chidamliligi, ko‘saklarning birvaqtda ochilish darajasi kabilarni o‘rgatish, keng tarqalgan va Davlat reestriga
kiritilgan navlarining ta’rifi bilan tanishtirish.
|
2
|
A.X
|
3
|
21.
|
Kartoshkaning nav
belgilarini o‘rganish
|
Talabalarga kartoshka navlarining morfologik, biologik va xo‘jalik belgilarini o‘rgatish, keng tarqalgan va Davlat reestriga kiritilgan navlarining
tarifi bilan tanishtirish.
|
2
|
A.X
|
3
|
22.
|
Urug‘chilik haqida tushuncha va respublikamizdagi holati
|
Urug‘chilikning maqsadi va vazifalari. Urug‘chilikning rivojlanish tarixi. Urug‘chilikning nazariy asoslari va boshqa fanlar bilan aloqasi. Changlanish xillarining navlarga ta’siri. Urug‘chilik haqida mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan
qonun va qarorlar
|
2
|
NA
|
3
|
23.
|
Navdor urug‘lar
yetishtirish va
urug‘chilik tizimlari hamda sxemasi. Nav almashtirish va nav yangilash.
|
Qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘chilik sistemasi(tizimi) va sxemasi, ularning tashkil etilishi, ahamiyati va farqi. Respublikamizda donli ekinlar, kartoshka, g‘o‘za urug‘chilik tizimi. Sanoat negizidagi urug‘chilik haqida tushuncha. Uning xillari. Nav almashtirish va nav yangilash tushunchalari. Superelita, elita va reproduksiya.Ularning farqlari va qo‘yiladigan talablar.Navlarning buzilish sabablari. Mexanik va biologik ifloslanish, ajralish xodisasi, o‘simliklar kasallanishining ko‘payishi, mutatsiyaning ro‘y berishi. Elita urug‘larining sifati va nav yangilash.
Nav yangilash qoidalari va muddatlari.
|
2
|
NA
|
3
|
24.
|
Elita urug‘ yetishtirish (birlamchi urug‘chilik)
|
Birlamchi urug‘chilik tushunchasi va tarkibiy pitomniklari.Donli ekinlarning elita urug‘larini yetishtirish tartibi. G‘o‘zaning elita chigitini yetishtirish tartibi. Kartoshkaning in vitro asosida viruslardan holi elita tuganaklarini yetishtirish tartibi
va urug‘lik kartoshkaga qo‘yiladigan talablar.
|
2
|
NA
|
3
|
25.
|
Elita va navdor urug‘lar miqdori va maydoniga bo‘lgan talabni hisoblash
|
Talabalarni turli qishloq xo‘jalik ekinlar elita urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtiriladigan elita urug‘ va ixtisoslashgan urug‘chilik xo‘jaliklarida navdor urug‘lar miqdori va maydonini hisoblash qoidalariga
oid bilimlarini mustahkamlash.
|
2
|
A.X
|
3
|
26.
|
Urug‘chilikda nav va urug‘ nazorati
|
Urug‘ sifati va unga qo‘yiladigan talablar.Urug‘ning nav va ekish(ekinboplik) sifatlarihaqida tushuncha. Ularga qo‘yiladigan Davlat standart talablari. Davlat va xo‘jalik ichidagi nav va
urug‘ nazoratlari.
|
2
|
NA
|
3
|
27.
|
Urug‘chilik maydonlarini aprobatsiya qilish
tartibi(Davlat nav nazorati)
|
Aprobatsiya haqida tushuncha.Uni o‘tqazish qoidalariva hujjatlari. Boshoqli don ekinlarini aprobatsiyadan o‘tkazish tartibi.G‘o‘zani, kartoshkani va bedani aprobatsiyadan o‘tkazish tartiblari.
|
2
|
NA
|
3
|
28.
|
Urug‘ nazorati va urug‘chilikda urug‘lik material va navli ekin
paykallarining hujjatlari
|
Urug‘ nazorati haqida tushuncha.Urug‘dan o‘rtacha namuna olish tartiblari. Birlamchi va ikkilamchi hujjatlar guruhi, ularning farqlari.
|
2
|
NA
|
3
|
29.
|
Boshoqli don ekinlarini aprobatsiya qilishni o‘rganish
|
Talabalarni boshoqli don ekinlarini approbatsiya qilish tartibi, hujjatlarni to‘plash, bog‘lam olish va uning tahlili hamda yakuniy hujjatlashtirish bo‘yicha
bilimlarini mustahkamlash.
|
2
|
A.X
|
|
30.
|
G‘o‘za aprobatsiyasini
o‘tkazish tartibini o‘rganish. Urug‘chilik hujjatlari bilan tanishish.
|
Talabalarni g‘o‘za aprobatsiyasi qoidalari bilan tanishish. Dalani aprobatsiya o‘tkazishga tayyorlash va hujjatlar to‘plash. Aprobatsiya dalolatnomasini rasmiylashtirish. Urug‘chilikning birlamchi va ikkilamchi hujjatlari bilan tanishib, ularni to‘ldirish va
yuritish qoidalarini o‘rgatish.
|
2
|
A.X
|
3
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |