Ko‘nikma
|
-texnologik jarayonlarni o‘tkazishning ketma-ketligini va taqvim bo‘yicha muddatlarini amaldagi ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda belgilash;
--texnologik jarayonlarni bajarish sifatini nazorat qilish uslublaridan foydalanish;
-texnologik operatsiyalarni bajarish uchun,tuproqga ishlov berish va ekish agregatlarini texnologik tartibga solishni amalga oshirish;
-qishloq xo‘jaligi ekinlarining holatini,ekin maydonlarining
holatini,tuproq holatini nazorat qilish uslublarini tanlash;
-erta bahorda yerni ekishga tayyorlash uchun shudgor chuqurligidan kelib chiqib tekislash,mola bosish ishlarini tashkil etish;
-tukli chigitlarni ekishdan oldin dimlashda ishlatiladigan asbob- uskunalar turlari va urug‘lik chigitni dorilash uchun ishlatiladigan preparatlar,asbob-uskunalarning turlarini ajrata olish hamda ularni qo‘llash;
-urug‘li chigitlarni mashinaga ortish, seyalkalarga solish va ekish jarayonida foydalaniladigan texnika,agregat turlarini ajratish hamda ularni ishlata olish;
-turli ekish usullari, tuproq –iqlim sharoitlari va ekish muddatlari
qarab ko‘chatlarni yaganalash;
-g‘o‘za qator oralariga ishlov berish turlari,soni va muddatlarini
aniqlash;
-mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish usullari ,me’yorlari va
muddatlarini aniqlay olish;
-g‘o‘zani sug‘orish muddatlari,tartiblari va me’yorlari hamda
usullarini tanlash;
-g‘o‘zani sug‘orish texnikalarini ishlatish va sug‘orish jarayonini
amalga oshirish;
-g‘o‘zada stimulyatorlar qo‘llash muddatlari,tartibi,usullari va
me’yorlari hamda asbob-uskunalarni ishlatish;
-g‘o‘za dalasidagi begona o‘tlar bilan zararlanganlik darajasini aniqlash va ularga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy preparatlar ishchi eritmasini tayyorlash;
-begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va texnikalarni ishga tayyorlash hamda agrotexnik kurashni amalga oshirish;
- g‘o‘zani chilpish muddatlari,usullari tartiblarini aniqlash;
-g‘o‘za dalasidagi kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish darajasini aniqlash hamda qarshi kurashishda ishlatiladigan asbob- uskunalarni ishga tayyorlash va ishlatish;
-g‘o‘zani defoliatsiya qilish uchun dalani,texnika va asbob-
uskunalarni ishga tayyorlash hamda defoliatsiya tadbirini o‘tkazish;
|
|
-dalani terimga tayyorlash,hosilni qo‘lda va mashinalarda terishni tashkil qilish;
-kuzgi-qishki tadbirlarni amalga oshirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |