Fizikaviy kimyo 11- labaratoriya ishi. Mavzu: Bimolekulyar reaksiyalarning xususiy va umumiy tartiblarini aniqlash
Download 344.24 Kb. Pdf ko'rish
|
11-laboratoriya(1-u)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1.
Fizikaviy kimyo 11- labaratoriya ishi. MAVZU:Bimolekulyar reaksiyalarning xususiy va umumiy tartiblarini aniqlash 1. Reaksiyaning tartibi deb qanday kattaliklarga aytiladi va u qanday qiymatlarga ega boʻladi? 2. Reaksiyaning molekulyarligi va ular qanday turdagi reaksiyalar uchun qoʻllaniladi? 3. Reaksiya molekulyarligi qanday qiymatlarga ega boʻladi? 4. Reaksiya tartibini aniqlashning qanday integral usullari bor? 5. Reaksiya tartibini aniqlashning qanday differensial usullari mavjud? 6. lgK ning T -1 ga bogʻliqlik chizmasi qanday koʻrinishga ega? 7. Tezlik doimiysining oʻlchami qanday va u qanday kattaliklarga bogʻliq? 8. Birinchi tartibli reaksiyaning tezlik doimiysi tenglamasini yozing. 9. Birinchi va ikkinchi tartibli reaksiyalar oʻlchamlarini koʻrsating. 10. Kimyoviy reaksiyaning tezlik doimiysiga quyidagi omillarning qaysilari taʼsir etadi: reaksiyaning tabiati, moddalar konsentratsiyasi, katalizator ishtiroki, eritmaning tabiati, bosim va harorat. 11. Harorat 235 dan 305K gacha koʻtarilsa, reaksiya tezligi ikki marta ortadigan reaksiyaning faollanish energiyasini hisoblang. 12. Reaksiya tezligi logarifmining teskari harorat bilan bogʻliqlik grafigi qanday koʻrinishga ega boʻladi? 13. Reaksiyaning tajribaviy faollanish energiyasi nima? 14. Agar 293K da reaksiya 2 soat davom etsa, shu reaksiya 15 daqiqada tugashi uchun, Vant-Goff qoidasiga koʻra, harorat nechaga teng boʻlishi kerak? Reaksiyaning harorat koeffitsiyenti 3 ga teng. 15. Birinchi reaksiyaning faollanish energiyasi ikkinchi reaksiyanikidan katta. T 1 haroratda bu reaksiyalarning tezlik doimiylari teng. Agar T 2 >T 1 boʻlsa, T 2 haroratda reaksiyalarning tezlik doimiylari nisbati qanday boʻladi? 16. Zanjir reaksiyalar va ularning turlari.
bog'liqligini ko'rsatuvchi son. Agar mA+ nB ---> qC
Yuqoridagi reaksiya tezlik ifodasini: V=kC A m C B n ko'rinishda bo‘lsa va m va n laming yig'indisi (m + n) shu reaksiyaning tartibi deyiladi. Reaksiya o‘z tartibiga ko'ra, nolinchi, birinchi, ikkinchi, uchinchi va ko‘p tartibli bo'lishi mumkin. Agar NH 4 Cl+ H 2 0 = NH 4 OH + HCl gidroliz reaksiyasini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu reaksiya suyultirilgan eritmada boradi, deb faraz qilamiz. U holda V= k • C NH4Cl C
H2O yoziladi va darajalar yig‘indisi 1 + 1 = 2 bo‘ladi, demak, bu reaksiya ikkinchi tartibli reaksiya deb hisoblash mumkin. Aslida, bu reaksiyaning tezligi faqat tuzning konsentratsiyasiga bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun bu birinchi tartibli reaksiyadir. Agar reaksiya davomida reaksiya tezligi o‘zgarmasa, ya‘ni V = const bo‘lsa, bu „nolinchi tartibli reaksiya“ deyiladi. Bunday reaksiyalar qatoriga, qattiq modda sathiga yutilgan modda ishtirokida ro‘y beradigan reaksiyalar kiradi.
Reaksiya molekulyarligini parchalanish, birikish, o‘rin olish, izomerlanish va boshqa reaksiyalarga qo‘llash mumkin.
molekulalarining o‘zaro to'qnashuv jarayonlarda qatnashayotgan molekulalar soniga qarab reaksiya monomolekular (bir), bimolekular (ikki), trimolekular (uch) va ko‘pmolekular turlariga bo'linadi. Monomolekular reaksiyalarda kimyoviy o'zgarishda bitta moddaning bitta molekulasi ishtirok etadi: A --> C+D Monomolekular reaksiyalarga ko'pchilik parchalanish reaksiyalari misol bo'ladi: N2O5 --> NO2+ NO + O2 CaCO3—> CaO + CO2 Bimolekular reaksiyalarda bir vaqtning o'zida 2 ta molekula o'zaro ta’sirlashadi, boshqacha aytganda, reaksiya sodir bo'lishi uchun reaksiyaga kirishuvchi modda 2 ta molekulasining o'zaro to'qnashuvi ro'y beradi: A +B ---> AB Bimolekulyar reaksiyalarga ko‘proq birikish reaksiyalari kiradi. Masalan,H2 + I2 ->2HI Yuqoridagilarga ko'ra, reaksiyaning molekularligini aniqlash uchun reaksiyaga kiruvchi moddalar oldidagi koeffitsiyentlarini bilish kifoyadek ko'rinadi. Haqiqatda esa, har bir kimyoviy o‘zgarish bir necha o'zaro „ketma-ket“ yoki „parallel“ boruvchi reaksiyalami o‘z ichiga oladi. Shu sababli har doim ham reaksiyaning molekularligini aniqlashda bunday yo‘l tutib bo'lmaydi. Uchmolekular reaksiyalaming borishida bir vaqtda 3 ta molekulalaming o'zaro to'qnashishi sodir bo'ladi: A + B + C -> D Tabiatda azot molekulasi ishtirokida ozon gazining hosil bo'lishi bunga misol bo'ladi: 02 + O + N2 --->03 + N2 Bu reaksiyada azot molekulasi kislorod molekulasi va atomi ta’sirida ajralib chiqadigan ortiqcha energiyani „yutib“ oluvchimodda vazifasini o'taydi. Aks holda, bu energiya qaytadan03 -> 02+ O ning hosil bo'lishiga olib keladi.
usuli, o‘rniga qo‘yish usuli, Ostvald-Noyes usuli va boshqalar.
tezlik usuli, Vant-Goff usuli va boshqalar
-1
ga bogʻliqlik chizmasi to‘g‘ri chiziq koʻrinishga ega bo‘ladi. 7. Har qanday reaksiya ma‘lum bir tezlikda boradi. Uning tezligini quyidagi formula orqali hisoblashimiz mumkin: nA+mB+pC+...--->... bo‘lsa reaksiya tezligi quyidagicha bo‘ladi:
Yuqoridagi formulada k tezlik doimiysi bo‘lib, u reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga, temperaturaga, hamda katalizator ishtirokiga bog‘liq. Reaksiya tezligi doimiysining o‘lchov birligi [k 1 ] =[c] 1-n [t] 1 dan n=1 bo‘lganda, [k 1 ] = [t]
1 bo‘ladi.
mumkin:
10. Kimyoviy reaksiyaning tezlik doimiysiga quyidagi omillarning taʼsir etadi: reaksiyaning tabiati, katalizator ishtiroki, eritmaning tabiati, bosim va harorat. Lekin reaksiya tezlik doimiysi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
12. Reaksiya tezligi logarifmining teskari harorat bilan bogʻliqlik grafigi to‘g‘ri chiziqli koʻrinishga ega boʻladi. 13. Faol to‘qnashishlar nazariyaga asosan, to‘qnashayotgan molekulalarning og‘irlik markazlarini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kinetik energiyaning tashkil qiluvchisi kritik kattalikdan ortiq bo‘lgan to‘qnashishlardagina samarali boladi. Reaksiyaning
nisbatan ortiqcha bo‘lgan energiyasi. 16. Zanjir reaksiyalar- bir-biri bilan ulangan ketma-ket, parallel, tutash reaksiyalar tizimidan tashkil topgan hamda erkin radikallar ishtirokida boradigan bosqichlardan iborat reaksiyalar. Zanjir reaksiyalar tarmoqlanmagan va tarmoqlangan reaksiyalarga bo‘linadi. Tarmoqlanmagan zanjir reaksiyalar zanjirning hosil bo‘lishi, o‘sishi va zanjirning uzilishi bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Tarmoqlangan zanjirli reaksiyalar--bir vaqtda ikki yoki undan ortiq faol markazlarning hosil bo'lishi bilan boradigan reaksiyalar. Bu turdagi reaksiyalarga oksidlanish (yonish yoki portlash) bilan boradigan reaksiyalar kiradi. Masalan, Н 2
2 +М--->НО
2 * +М НО 2 * +Н 2 --->Н 2 О 2 +Н va h.k. Н+О2--->
* ОН+О
ОН+Н 2 --->Н 2 О+Н
О+Н 2
Download 344.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling