Agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish


-soha. Qishloq xo‘jaligining o‘zi. Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini tashkil etuvchi qishloq xo‘jalik korxonalaridir. 3-soha


Download 55.48 Kb.
bet3/6
Sana12.10.2023
Hajmi55.48 Kb.
#1701066
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу

2-soha. Qishloq xo‘jaligining o‘zi. Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini tashkil etuvchi qishloq xo‘jalik korxonalaridir.
3-soha. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar yig‘indisi. Paxta zavodlari, go‘sht, sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog‘-moy zavodlari, junni, kanopni qayta ishlash zavodlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalardir.
4-soha. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi. Infratuzilmaning o‘zi 2 ga bo‘linadi. Birinchi qismi ishlb chiqarish infratuzilmasi bo‘lsa, ikkinchi qismi ijtimoiy infratuzilmadir.
Ishlab chiqarish infratuzilmasiga – qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish va sotishda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma – qishloq xo‘jalik korxonalarining ish faoliyatiga qatnashmasdan mehnatchining ish sharoitlari, sotsial xizmat ko‘rsatish korxonalari kiradi.
Bozor infratuzilmasi huquqiy va jismoniy shaxs maqomidagi barcha sotuvchi va xaridor o‘rtasida sodir bo‘ladigan ko‘p qirrali bozor munosabatlarining bevosita ishtrok etishi, ularni vujudga keltiruvchi, bog‘lovchi, boshqaruvchi, nazorat qiluvchi, maqsadga yo‘naltiruvchi, iste’mol qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni bir tekis to‘xtovsiz ketishi uchun xizmat qiluvchi muassalardan iboratdir.
Mahsulot yetishtirish mulkchilikka asoslangan bo‘lib, ko‘p ukladli boshqarish tizimida shakllanadi. Ishlab chiqarish yo‘nalishi nodavlat (shirkat, fermer, dehqon, kichik va xususiy tadbirkor va kooperativ xo‘jaliklar) shaklidadir. Majmuani takomillashtirishda ijtimoiy ishlab chiqarishni chuqurlashtirish va mahsulotni qayta ishlab, iste’molchiga yetkazib berishdagi muammolar keskin o‘zgarib, qayta ishlangan va tayyor mahsulot yetkazib bermoqda. Natijada mahsulotlar nobudgarchiligini kamaytirish, uni saqlash, eksport qilish imkoniyati ortib, transport xarajatlari keskin kamayib umumiy daromad miqdori ortmoqda.
Istiqbolda ASMni rivojlantirish uchun ilg‘or tajribalarni chet el texnologiyalarini va qo‘shma korxonalar, zavod-fabrikalarni ochish, investorlar bilan sherikchilikda ishlab chiqarishni tashkil qilishdan iboratdir.


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling