Agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish
Xo‘jaliklararo korxonalar
Download 55.48 Kb.
|
2 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gorizontal
- Kooperatsiya tizimi
2.Xo‘jaliklararo korxonalarga - bo‘rdoqichilik komplekslari, buzoq boqish, cho‘chqachilik kompleks.
3.Xo‘jaliklararo birlashmalarga - bir guruh shirkatlar yoki boshqa tashkilotlar birlashishi kiradi. Birlashmalarda ishlar integratsiya asosida olib borilib unda iqtisodiy, ishlab chiqarish potensiallaridan unumli foydalanishga qaratiladi. Integratsiya 2 ga bo‘linib, ular: gorizontal va vertikal integratsiyadir. Gorizontal - bir xil mahsulot, don, go‘sht, sut yetishtiradigan sistemaga aytiladi. Vertikal integratsiya - ishlab chiqarishning mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, sotish bilan shug‘ullanadi. Endilikda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi kooperatsiya va integratsiyasiz istiqbolga ega emasligi ayon bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ASM tarmoqlari o‘rtasida amaldagi kooperativ aloqalarning yo‘qligi yoki turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridagi xo‘jaliklar to‘liq mustaqil huquqga berilgan yangi ishlab chiqaruvchi tuzilmalarning manfaatlariga zid bo‘lganligi bilan izohlanadi. ASM tizimiga kiruvchi korxonalar o‘rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy aloqalarni umumlashtirib, kooperativ tizimini shaklantirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Kooperatsiya tizimi - o‘z faoliyatiga ko‘ra turlicha, ya’ni mintaqaga qarab tuman ichida, yoki tumanlararo, shuningdek vertikal va goritzantal birikmalar holatida bo‘lish mumkin. Yagona yunalishda, subektlarning bir xil mahsulot ishlab chiqarishi, qayta ishlashi xizmat ko‘rsatishi bo‘yicha birlashadi. Turli yo`nalishda, subektlarning turli faoliyat ko‘rsatuvchi, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash tashish, tayyorlash va mahsulot sotish bo‘yicha birlashadi; -vertikal birlashmalar holatida o‘zaro mahsulot ishlab chiqarish, uni qayta ishlashdan boshlab to iste’molchiga tayyor holatda yetkazishdagi barcha jarayonni o‘z ichiga oladi. -gorizantal birlashmalarda bir yoki ikki xil ish turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish bilan chegaralanib qoladiganlar. Ko‘p xollarda kooperatsiya munosabatlari qayta ishlash korxonalari negizida (sut, konserva, vinochilik, paxta tozalash zavodlari, go‘sht kombinati, ulgurji, savdo bozori, MTP, mahsulot tayyorlash, sotish korxonalari) bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi faoliyatni o‘zaro ixtisoslashtirib, korxonalar integratsiyalashuv jarayonlarini qo‘shib olib borishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublika ASM rivojlantirishga katta e’tibor berilib, uning faoliyati tubdan isloh qilindi. ASM tizimidagi mavjud tarmoqlarni qaytadan ko‘rib chiqildi. O‘z moliyaviy faoliyatini yuritadigan tarmoqlar qoldirildi. ASM taromoqlari 4 sohaga bo‘linib, ular: 1-soha. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari (tizimi) uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar ishlab chiqaradigan mashinasozlik, miniral o‘g‘it va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va tashuvchi tarmoqlarga kerakli vositalarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kabilar kiradi. Download 55.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling