Agrosanoat majmui


Agrobiznes va uning tarkibi


Download 47.01 Kb.
bet4/4
Sana12.11.2023
Hajmi47.01 Kb.
#1767985
1   2   3   4
Bog'liq
AGROSANOAT MAJMUI. AGROBIZNES

3. Agrobiznes va uning tarkibi

Agrobiznes deganda qishloq xo’jaligi sohasidagi biznes tushuniladi va u bozor tizimining tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Keng ma’noda, bunga qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan, biznes turlari kiradi. Agrobiznes rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos. Tarkiban unga qishloq xo’jaligining o’zidagi, shu soha mahsulotini qayta ishlash va iste’molga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatlari kiradi. Agrobiznesning maqsadi bozorni kerakli mahsulotlar bilan kanda qilmay va to’la-to’kis ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznes ishtirokchilari – bu tadbirkor fermerlar, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sanoat tadbirkorlari va nihoyat, shu mahsulotnn sotish bilan shug’ullanuvchi tijoratchilardir. Bulardan tashqari agrobiznes doirasiga banklar, sug’urta va moliya kompaniyalarp ham tortiladi. Agrobiznes ilgarilari qishloq xo’jaligi bilan cheklansa, keyinchalik u agrosanoat integratsiyasi natijasida agrosanoat kompleksini qamrab oladi. Agar differensiatsiya sanoatning qishloq xo’jaligidan ajralishi bo’lsa, integratsiya ularni bir-biriga chirmashib ketishi yoki ularning sintezidir. Bunday hodisa qishloq xo’jaligi hamda mashinalashgan ishlab chiqarish asosiga ko’chgan, qishloqda ham texnika revolyutsiyasi quloch yozgan sharoitda yuz beradi.


Fermer xo’jaligi qishloqdagi asosiy tovar ishlab chiqaruvchi, u agrosanoat integratsiyasida ishtirok etadi.
Fermer xo’jaligidan tashqari agrobiznes turlari ham bor. Ulardan biri agrofirmadir. Agrofirma muayyan turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat usulida qayta ishlashni qo’shib olib beradigan korxonadir. Bu korxona iste’molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Masalan, chorvachilikda sutni yetishtirish, ushi qayta ishlab, iste’molga tayyor holga keltirish bilan shug’ullanadi. Agrofirmalarda integratsiya ham qishloq xo’jaligi, ham sanoatga taalluqli bo’ladi, har ikki sohaga xos resurslar ishlatiladi, hodimlar malakasi keng bo’lib, ular sanoat mehnati bilan ham shug’ullana oladilar. Agrofirmalar kichik oilaviy xo’jalik asosida ham tashkil topadi. Bu yerda kichik xo’jalik kichik zavod bilan birikadi.
Agrobiznesniig yiriklashgan turi – bu agrosanoat birlashmalaridir. Bunday birlashma bir necha xo’jalik va korxonalar faoliyatini iitegratsnyalashtiradi. Bu yerda ishlab chiqarishning bir necha o’zaro bog’langan turlari, ularga xizmat ko’rsatuvchi va tijorat ishi bilan shug’ullanuvchi korxonalar birlashadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. A.Ulmasov, M.Sharifxo’jaev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, 1995 yil.


2. Ro’ziev A « Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish asoslari» Toshkent. 1990
3.A.S.Soliev «Iqtisodiy geografiya asoslari» ma’ruza matni
4.O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi Assonov G, Nabixonov M, Safarov I. Toshlkent 1994 yil
5.X.Vaxobov, M. Tillaboeva «iqtisodiy geografiya asoslari» Toshkent, 2001 yil
Download 47.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling