Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta quyosh uchoq (KQU)
Katta quyosh uchoqlar
Katta о‘lchamli doiraviy parabolalik konsentratorlar quyosh uchoqlar uchun eng samarali hisoblanadi. Katta parabolalik kо‘zgular uchun quyoshni kuzatish tizimi bilan ta’minlash ancha amaliy qiyinchilaklarni tug‘diradi. Shuning uchun Tromb ulardan foydalanish boshqa usulni taklif etilgan: katta о‘lchamli parabolalik kо‘zgu qо‘zg‘almas о‘rnatiladi va shimolga yо‘naltiriladi. Uning rо‘poraga geliostatlar – kuzatish tizimiga ega bо‘lgan yassi kо‘zgular joylashtiriladi. Birinchi bunday qurilma (dametri 10,7 m) Pireneyda Mon–Lui joyda 1950 yilda qurilgan. 6.12-rasmda 1970 yilda Fransiyada Odeyo joyda qurilgan quyosh uchogining sxemasi keltirilgan: parabolalik kо‘zguning balandligi 40 m, eni 54 m, umumiy yuzasi 2500 m 2 , qо‘zg‘aluvchan yassi kо‘zgular–geliostatlar soni 63 ta, yuzasi 45 m 2 , geliostatlarning umumiy yuzasi 3000 m 2 . Uchoqning fokusida 18 m masofada quyosh nurlari tо‘planadi. Issiq fokal sohasi 0,4 m diametrga ega, temperatura 3800 o S gacha hosil qilinadi, maksimal quvvat 1100 kVt. Quyosh uchoqlar AQShda (Nyu–Meksika), Yaponiyada ishlab turmoqda. 6.11- Rasm Odeyodagi (Fransiya) quyosh uchogining sxemasi: 1-parabolalik kо‘zgu, 2- minora, 3-uchoq, 4-geliostatlar 6.12-a Rasm. Odeyo Fransiyadagi quyosh uchogining umumiy ko‘rinish 51 Katta quyosh uchoq (KQU) – O‘zR FA Fizika–quyosh IICHB Materialshunoslik institutining katta quyosh uchoq – nodir tajriba va sanoat ishlab chiqarishlarni o‘tkazish uchun ilmiy tadqiqot joydir (7.12-rasm). KQU Toshkentdan 45 km da Parkent tumanida, Tyan–Shan tog‘ etagida, dengiz satxidan 1050 m balandlikda joylashgan. Uning quvvati 1000 kVt tashkil etadi. 6.13-Rasm. Katta quyosh uchoq, Parkent sh., О‘zbekiston 6.14-a.Rasm KQUdagi geliostatlar KQU avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan murakkab optik–mexanik majmuasidir. Majmua tog‘ning yon–bag‘rida joylashgan va quyosh nurlarni yirik botiq ko‘zgu bo‘lgan parabolalik konsentratorga yo‘naltiruvchi geliostatlar mydonidan tuzilgan. Bu ko‘zguning fokusida 3000 o S temperatura hosil qilinadi. Geliostatlar maydoni shaxmat tartibda joylashgan 62 ta geliostatlardan iborat. Ular kun davomida uzluksiz Quyoshga yo‘naltirish rejimida yorig‘lik oqimi bilan konsentratorning ko‘zguli yuzasini ta’minlaydi. Har bir gkliostat 7,5×6,5 m 2 o‘lchamli “fatsetlar” degan 195 ta yassi ko‘zguli elementlardan iborat. Geliostatlar maydoning yuzasi 3022 m 2 ga teng. Geliostatlar yo‘naltiruvchi quyosh nurlarni yig‘uvchi konsentrator siklopik inshoot bo‘lib, uning balandligi 45 m, eni esa 64 m. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling