Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

Nazorat savollari: 
1.Yuqori temperaturali quyosh qurilmalarining vazifasi nima? 
2.Konsentratorning vazifasi nima? 
3.Quyosh elektr stansiyasining vazifasi nima? 
4.Quyosh o’chog’i nima? 


58 
7-MА’RUZA: Past potensialli energiya manbalari. 
REJА: 
7.1. Quyosh quritgichlari 
7.2. Quyosh issiqxonalari 
7.3. Quyosh suv chuchitgichlari 
7.4. Quyosh sovutgich qurilmalari 
7.1. Quyosh quritgichlari 
Qishloq hо‘jalik mahsulotlari 60...90% gacha yuqori namlikka ega bо‘ladi. Hosil 
yig‘ib olingandan keyin g‘ovaklarda bо‘lgan erkin namlik tezda yо‘qoladi. Qolgan namlik, 
odatda 30...40% bо‘lib kimyoviy bog‘langan bо‘ladi. Qishloq hо‘jalik mahsulotlarini uzoq 
muddatda saqlash uchun ularni muvozanatli namlikgacha (odatda 10...20% gacha) quritish 
talab etiladi, aks holda ular tez mog‘orlanadi va chiriydi. Quritishni ochiq usulda ham bajarish 
mumkin. Bunday usul о‘zining kamchiliklariga ega, ya’ni katta maydon va uzoq muddat talab 
etadi hamda mahsulot sifati pasayadi (chang, hasharotlar). Bu kamchiliklar termik quritish 
usullari bilan bartaraf etiladi. Termik quritish jarayonlari katta energetik xarajatlarni talab 
etadi. Quritish jarayonlarida quyosh energiyasidan foydalanish yoqilg‘i resurslarini tejashning 
muhim variantlardan biri bо‘lib hisoblanadi. 
Materiallarni quritish uchun mо‘ljallangan quyosh qurilmalariga quyosh quritgichlari 
yoki gelioquritgichlar deyiladi. 
Hozirgi vaqda turli xil quyosh quritgich qurilmalari mavjud (7.1-rasm): 
1) Bir necha kilogrammdan bir necha tonnagacha meva, sabzavot, don, guruch, 
kofe, choy, tamaki, paxta, о‘t va qurilish materiallarini quritishga mо‘ljallangan 
qurilmalar. 
2) Issiqlikni konvektiv va radiatsiyali usullarda berish; tabiiy yoki majburiy konveksiyali va 
shamollatishli qurilmalar. 
3) "Issiq yashik" turidagi, kamerali, hajmiy, issiqxonali, issiqlik akkumulyatorli, passiv va 
aktiv va hk. qurilmalar. 
4) Xususiy va ishlab chiqarishda foydalanish uchun, statsionar va kо‘chma qurilmalar. 
7.1-Rasm. Turli xil quyosh quritgichlarining sxemalari: A-"issiq yashik" turdagi; B-kamerali; 
V-kamerali issiqlik akkumulyator bilan; G-hajmiy; D-issiqxona turdagi; 
1-shaffof tо‘siq; 2-quritish kamerasi; 3-quritish materiali; 4-quyosh kollektori; 


59 
5-issiqlikni akkumulyatsiyalovchi qatlam; 6-ventilyator 
Radiatsiyali-konvektiv 
gelioquritgichlarda 
shaffof 
qoplamadan 
о‘tgan quyosh 
radiatsiyasi kameradagi quritish materiali va havoni qizdiradi (7.1-A,D rasm). Suvni 
bug‘lantirish uchun zarur bо‘lgan issiqlik nurlanish va konveksiya bilan beriladi. Qizigan 
havo quritish materiali atrofidan о‘tib undan bug‘langan namlikni olib ketadi. 
Konvektiv gelioquritgichlarda havo quyosh kollektorida qizdiriladi va tabiiy yoki 
majburiy sо‘rish orqali quritish kamerasiga uzatiladi (7.1-B-G rasm). Qizigan havo quritish 
materiali atrofidan о‘tib, namlikni bug‘lantirish uchun issiqligini beradi hamda bug‘langan 
namlikni olib ketadi. 
Gelioquritgichlarda ham issiqlikni akkumulyatsiyalash usullari ishlatiladi. Issiqlik 
akkumulyatori sifatida kollektor va kamera ostidagi tuproq qatlamlaridan foydalanish eng 
sodda usullardan bо‘lib hisoblanadi. Kunduzgi vaqtda quyosh radiatsiyasi issiqligining bir 
qismi issiqlik о‘tkazuvchanlik orqali kollektor va kamera ostidagi tuproq qatlamlariga uzatadi. 
Tungi paytda esa - havoni qizdirish uchun qaytariladi. 
Gelioquritgichning konstruksiyasi uning soddaligi, arzonligi va avtonomligi bilan 
asoslanib tanlab olinadi. 7.2-rasmda Qarshi davlat universitetda ishlab chiqilgan 
gelioquritgichning sxemasi keltirilgan. 
7.1-Rasm Gelioquritgichning kо‘ndalang kesim sxemasi (Qarshi sh.): 
1-quritish kamera-havoisitgich, 2-shishali qoplama, 3-quyi va 4-yuqori ventilyatsiyali 
fortochkalar, 5-ayvon, 6-arava-stellajlar 
Quritish kamera-havoisitgichning shishali (nurlanishni qabul qiluvchi) qiya sirtlar 
janubga yо‘naltirilgan. Shimoliy (orqa) va yonboshdagi devorlar g‘ishdan terilgan. Shimoliy 
ship yopmasi issiqlik izolyatsiyaga ega. Quritish kameraning bunday tuzilishi issiqlik 
yо‘qotishlarni kamaytiradi, issiqlik inersiyaligini oshiradi. Oldingi pastki devorda va ship 
yopmasining shimoliy qismida ventilyatsiyali fortochkalar urnatilgan: pastda – havoni 
kiritish, yuqorida esa – havoni chiqarish darchalar. 2×2×2 m
3
о‘lchamli arava-stellajlarda 
quritish material yuklanadi va kо‘chiriladi. Arava-stellaj 4ta polka-stellajlarga ega, uning 
yuklanish maydoni 16 m
2
. Quritish kameraning uzunligi L=12...18 m. 1ta arava-stellaj uchun 
quritish kameraning solishtirma uzunligi L
s
=3 m. Ayvon tagida arava-stellajlarni yuqlash va 
bushatish jarayoni amalga oshiriladi. Quritish jarayonida arava-stellajlardan foydalanish bilan 
kichik mexanizatsilash texnologisi ta’minlanadi. 


60 
Quritish jarayonlarida issiqlik materialni qizdirish, namlikni bug‘lantirish va bog‘langan 
suvni erkin suvga aylantirish uchun sarflanadi. Suvni bug‘lantirish issiqlik tashuvchi- 
havoning sovishi bilan sodir bо‘ladi. Quritish jarayonining issiqlik balansini quyidagicha 
ifodalash mumkin 
m
н
 (r+Δr= ρ c
p
 V
х
 (t
и
 - t
м
) ; 
(7.1) 
bu yerda m
n
 - bug‘langan namlikning massasi, kg; 
rΔr - bug‘lanish va bog‘langan suvni erkin suvga aylantirish issiqligi, Dj/kg; 
ρ - havoning zichligi, kg/m
3

c
p
 - solishtirma issiqlik sig‘imi, Dj/(kg K); 
V
x
 - havoning hajmi, m
3

t
i
 t
m
 - kameradagi havo va quritish materialining temperaturalari
o
S. 
Gelioquritgichlarda havoning temperaturasi t
x
=40...70 
o
S tashkil etadi. 
Quritiladigan hо‘l materialning namligi W (nisbiy namlik) va namlik miqdori
(absolyut namlik) bilan tavsiflanadi: 
W = (m-m
o
 / m ; U = (m-m
o
 / m
o
 ; W = U/(U+1) ; (7.2) 
bu yerda m
o
 - hо‘l va absolyut quruq materiallarning massalari, kg. 
Namlik va namlik miqdori U kg/kg yoki % lar bilan ifodalanadi. 
Quritilgandan keyin materialning massasi quyidagiga teng bо‘ladi 
m
k
 = m - m
s
 
(7.3) 
U holda namlik va namlik miqdori quyidagicha bо‘ladi 
W
k
 = (m
k
-m
o
 / m; U
k
 = (m
k
-m
o
 / m
o
 
(7.4) 
Mahsulotni uzoq muddatda saqlash uchun materialning namligi -W
k
muvozanatli -W
m
 
namlikdan oshmasligi zarur, ya’ni quyidagi shart bajarilishi lozim 
W
k
 ≤ W
m
 ≈ 10...20% . 
(7.5) 
Materialning muvozanatli namligi mahsulot turiga va mahsulot saqlanadigan muhit 
havosining namligiga bog‘liq. 
(7.3) shart bajarilishi uchun bug‘lantirishga zarur bо‘lgan namlikning massasi (7.2)-(7.3) 
formulalar bо‘yicha aniqlanadi 
m
s
 = m (1 - W
m
) - m
o
 
(7.6) 
Shunday qilib, gelioquritgichlarni loyihalash masalasi asosan m, t
x
, W
k
kattaliklar 
ma’lum bо‘lgan holda (7.1), (7.2)-(7.4) formulalar bо‘yicha quritish kamerasining V
x
 hajmini 
aniqlashdan iborat bо‘ladi. 


61 
7.2-rasm Yordamchi xonasi bilan quyosh quritgich 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling