Agrotexnologiyalar instituti
O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING IKKINCHI KUNI
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Xisobot yozish kursatmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Hamefitlar
- 3. Gemikriptofitlar
- 4. Kriptofitlar
O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING IKKINCHI KUNI
Bu kuni amaliyotchilarga tabiatda tarqalgan o‘simliklar hayotiy shakllarini batafsil o‘rgatildi. Daraxt, buta, yarim buta, o‘t o‘simliklarni misollar bilan atroflicha so‘zlab berildi. Ildiz morfologiyasi va metamorfozi bilan tanishish. O‘simliklarni xayotiy shaklaridan kelib chiqib ularni ildiz sistemasini tuzilishi, xillari xaqida (o‘q ildiz, popuk ildiz, qo‘shimcha ildiz, xovo ildizi, ildiz mevalar morfologiyasi) so‘zlab berildi. K.Raunkiyer o‘simlik hayotiy shakllarining asosiy 5 ta tipini ajratgan va ularning har birini yana kenja tiplarga bo‘lib ko‘rsatgan. 1. Fanerofitlar – noqulay sharoitni o‘tkazishga mo‘ljallangan kurtaklarga ega va ular joylashgan eng keyingi novdalari yerdan balandda (30 sm.dan yuqori) joylashgan o‘simliklar. ―Faneros‖ so‘zi ―yaqqol ko‘rinib turuvchi‖ degan ma‘noni anglatadi. Bu tip 15 kenja tipga bo‘linib, daraxtlar, butalar va lianalarni o‘z ichiga oladi. Kenja tiplarga bo‘linish o‘simliklarning kattaligi (mega-, meza-, mikro-, nanofanerofitlar) va barglarini to‘kilishi (doimo yashillar va xazonrezgilar) belgisiga qarab amalga oshiriladi. 2. Hamefitlar – noqulay sharoitni o‘tkazishga mo‘ljallangan kurtaklari va keyingi novdalar yer yuzasiga yaqin joylashgan (30 sm.gacha) qorli xududlarda qishda qor qoplab berkitadigan, issiq xududlarda o‘simliklarning chala chirigan o‘simlik qoldiqlari ostida qoladigan poyali o‘simliklar. ―Xameo‖ so‘zi ―rast va yer bag‘irlovchi‖ degan ma‘noga ega. Bu hayotiy shaklni Raunkiyer yarimbutalar, passiv xamefitlar, faol xamefitlar va yostiqsimon o‘simliklardan iborat 4 ta tipga bo‘lgan. 3. Gemikriptofitlar – ularning novdalari ular uchun noqulay bo‘lgan davrlarda tuproq yuzasidan yuqorida bo‘lgan qismi quriydi, tuproq bilan bir chiziqda bo‘lgan qismi o‘simlikning yer ustki poya va barglar qoldiqlari bilan ximoyalangan o‘simliklar guruxi hisoblanadi. Ana shularning qayta tiklanuvchi kurtaklari saqlangan bo‘lib, ular keyingi mavsumda gul va bargli novdalarni hosil qiladi. Bu hayotiy shaklni Raunkiyer protogemikriptofitlar, qisman to‘pbargli gemikriptofitlar va to‘pbargli gemikriptofitlarga bo‘lgan. 4. Kriptofitlar – noqulay davrni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan kurtaklari va so‘nggi novdalari tuproq ostida yoki suv xavzasining tagida joylashgan o‘simliklar guruxi. Bu hayotiy shakl geofitlar (ildizpoyalilar, tuganaklilar, tuganakpiyozboshlilar, piyozboshlilar, ildizli geofitlar), gelofitlar va gidrofitlarga bo‘linadi. 5. Terofitlar – noqulay mavsumni faqat urug‘ va spora xolida o‘tkazadigan o‘simliklar. 91 Barcha floralar tarkibidagi o‘simliklarning asosiy qismi oxirgi 3 ta gurux (gemikriptofit, kriptofit va terofitlar) hayotiy shakllariga tegishli hisoblanadi. Tropik, subtropik va mo‘‘tadil iliq o‘rmon mintaqalari bundan mustasno. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling