Agrotexnologiyalar instituti
O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING TO’RTINCHI KUNI
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Xisobot yozish kursatmasi
O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING TO’RTINCHI KUNI
Inistitut o‘quv dala tajriba xo‘jaligida o‘simliklarning changlanishga moslanishlarini, changlanish turlari, o‘z-o‘zidan changlanish, chetdan changlanish, animafiliya, entomofiliya, dixogamiya, getrositiliya, qo‘sh urug‘lanish xodisalari o‘rgatildi. CHangdonlar, odatda, ikkita ichki chang xaltachalardan tashkil topadi, ularning ichida chang bo‗ladi. Ba‘zi o‗simliklarning changchi iplari yaxshi rivojlanmagan bo‗ladi, ularda changdonlar to‗g‗ridan – to‗g‗ri gulo‗rniga birikadi. Bunday gullar bandsiz gul deyiladi. CHangchilar gul o‗rnida doira yoki spiral shaklida joylashadi. Ular batamom erkin yoki qisman bir – biriga qo‗shilib o‗sgan bo‗lishi mumkin. Masalan, g‗o‗za gulida changchilar yaxlit naycha bo‗lib qo‗shilib o‗sadi, uning uning ichidan urug‗i o‗tadi. Dukkakdoshlarda to‗qqizta changchi birga qo‗shilib o‗sadi, o‗ninchisi esa erkin qoladi. Faqat changchilar (murakkabguldoshlarda) yoki faqat urug‗chi iplari (dukkakdoshlarda) qo‗shilib o‗sishi mumkin. Bundan tashqari, changchilar faqat bir – biri bilangina emas, balki gulning boshqa qismlari bilan ham qo‗shilib o‗sish xususiyatiga ega. Ba‘zan changchi iplarining shoxlanishlari ham kuzatiladi, buning natijasida changchining uchki qismi bir necha shoxchaga ajraladi, ulardan har qaysisining uchi changdon bilan tugaydi (kanakunjutda). CHangchilarning sirti odatda yalang‗och bo‗ladi, ammo ba‘zi changchilari tuk bilan qoplangan o‗simliklar ham uchraydi (sigirquyruq). Meva va urug‘ tuzilishini o‘rganish, meva tuzilishi, xillari tarqalishga moslanish xususiyatlari taxlil qilinadi.chin meva,soxta meva, oddiy meva murakkab mevalar farqlanadi. Urug‘chi (mevachi ) – ginetsey. Gulqo‗rg‗onning ichki qismi bitta yoki bir nechta urug‗chi, ya‘ni ginetsey bilan band bo‗ladi. Urug‗chi - urg‗ochi gul organi. Har bir urug‗chi bittadan yoki bir nechta urug‗chi bargdan rivojlanadi. Urug‗chi barglar gul bandi bo‗lmagan, pastki qismlari qalinlashgan, shakli o‗zgargan barglardir. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling