Agrotexnologiyalar instituti


O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING UCHINCHI KUNI


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1356344
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xisobot yozish kursatmasi

O’QUV TANISHUV AMALIYOTNING UCHINCHI KUNI 
Tog‘ oldi va toli xududlarda o‘suvchi o‘simliklarni poyalar metamorfozi bilan tanishiidi. 
SHakl o‘zgargan poyalar xillari tuzilishi xaqida malumot berildi.
Poya urug‗ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil 
bo‗ladi. Poya asosan ildiz so‗rib olgan suv va mineral moddalarni bargga va bargda hosil bo‗lgan 
organik moddalarni o‗simlikning boshqa organlariga o‗tkazish uchun xizmat qiladigan vegetativ 
organ. Poya o‗simlikning er ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi. Suv va boshqa zahira oziq 
moddalar to‗plovchi ombor vazifasini ham o‗taydi.
Poya uchidagi kurtakdan asosiy novda, qo‗ltiq kurtaklardan yon novdalar, qo‗shimcha 
novda tinim holatidagi kurtaklardan rivojlanadi. Novdalar bajaradigan funksiyasiga ko‗ra 
vegetativ va generativ novdalarga ajratiladi. Vegetativ novdada bo‗g‗im oralig‗i uzun bo‗ladi. 
Generativ novdada esa kurtaklar oralig‗i qisqa bo‗lib, undan gul va so‗ngra meva rivojlanadi.
Novdalar shakliga ko‗ra xilma xil bo‗ladi: uch qirrali (hilol, salomalaykum), to‗rt qirrali 
(yalpiz, rayhon, kiyiko‗t), aylanasimon (bug‗doy, arpa, makkajo‗hori), yassi (kartoshka), 
qisqargan poyali (zubturum, piyoz, lola), sudralib o‗suvchi (itqovun, bodring, tarvuz), ilashib 
o‗suvchi (qovoq, tok, luffa, liftok), chirmashuvchi (zarpechak), buraluvchi (pechakgul), ko‗p 
qirrali (qovoq, arpabodiyon, artishok).
Barg morfologiyasi va metamorfozi bilan tanishtiriladi. Barglarni tuzilishi, xillari xaqida 
ko‘rgazmali xamda tabiatda tarqalgan barglar misolida o‘rgtildi.
Barg morfologik tuzilishiga ko‘ra, to‘liq, to‘liqsiz hamda oddiy va murakkab barglarga 
bo‘linadi. To‘liqbarg-yaproq (plastinka), barg bandi va yon bargchadan iborat. Oddiy barg–
bitta barg yaprog‘i va bandidan iborat bo‘ladi
1
. Oddiy barglarning shakliga nisbatan 200 dan 
ortiq xili mavjud. 
Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1. Fotosintez; 
2. Gazlar almashinuvi; 
3. Suv bug‗latish; 


4. Zahira oziq moddalarni saqlash (karam, piyoz); 
5. Himoya vazifasi (tikanaklar); 
6. Vegetativ ko‗payishga xizmat qiladi (yapon binafshasi, begoniya). 
Gul va to‘pgullar tuzilishi, aktinomorf, zigamorf, atsiklik, gemotsiklik gullar xaqida oddiy, 
murakkab gullar o‘rgatildi. 
Gul olti qismdan iborat: gul bandi, gul o‗rni, kosachabarg, tojibarg, changchi va 
urug‗chidan tashkil topgan. O‗simliklarning gullari nihoyatda xilma-xil bo‗lishiga qaramay, 
ularning bir qator qismlari umumiy bo‗ladi. Gulning poya qismi, uning o‗qi gulband, uning 
yuqori kengaygan qismi esa gul o‗rni deb ataladi. Gulning shakli har –xil: disksimon, konus 
shaklida va hokozo bo‗lishi mumkin. Gulo‗rniga (chet tomonlaridan markazga qarab)
quyidagi qismlar: shakli o‗zgargan bir nechta bargchadan – kosacha barglardan tuzilgan
kosacha birikkan. U gulqo‗rg‗onni tashqi doirasini tashkil etadi: kosachabarglar qo‗shilib 
o‗sgan, ya‘ni tutash bargchali yoki qo‗shilib o‗smagan, ya‘ni ayrim bargchali bo‗lishi mumkin. 
Kosacha ichida gulbarglar bor. Gulbarglar yig‗indisi gultoj deb ataladi, gultojning rangi har xil: 
oq, qizil va hokazo bo‗ladi. Gultojning gulbarglari bir – biriga qo‗shilib o‗smagan bo‗lsa,
erkin gulbargli, agar ular qo‗shilib o‗sgan bo‗lsa, tutash gul bargli gultoj deb ataladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling