Aguete -karmon, sumka degan ma’noni anglatadi
Download 26.91 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiy insho 1
Barchamizga ma’lumki, moliya tizimi sohasining asosiy bo’lagi bu davlat moliyasi va mahalliy moliya hisoblanadi. Davlat moliyasi ham o’z ichida davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va davlat krediti kabi turlarga bo’linadi. Biz keyinroq bularning barchasini imkon qadar izohlab berishga harakat qilamiz. Davlat budjetiga ko’pchilik har xil ta’rif beradi, ammo ko’pchilikning fikricha davlat budjeti bu davlatning funksiya va vazifalarini bajarishga mo’ljallangan markazlashtirilgan pul fondlari tizimi deb yoki davlat budjetini davlatning moliyaviy rejasi deb atash mumkin. Davlat budjetining tarixiga to’xtaladigan bo’lsak, Budjet Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka degan ma’noni anglatadi, dastlabki davlat byudjetlarining asosiy ko’rinishlari 1572-yilda Niderlandiyada, 1689-yilda Buyuk Britaniyada, 1680-yilda esa Fransiyada paydo bo’lgan, dastlabki davlat budjetlari ancha primitive ko’rinishda bo’lgan, ya’ni bu budjetlar asosan mamlakat parlamenti tomonidan tuzilgan va ular ko’pincha 1-yillik maqsadlarga ko’zlangan bo’lgan, ularning asosiy maqsadi esa urushlarda o’sha davlat ustunligini ta’minlab berishdan iborat bo’lgan. Bunday budjetlarning daromad manbalri aholidan olinadigan turli xil soliqlardan iborat bo’lgan. Keyinchalik bunday ko’rinishdagi budjetlar mamlakatimizga ham kirib kelgan. Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi. Manashu tariqa O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti qariyb 5 asrlik evolyutsiyadan so’ng hozirga holatiga kelgan. Bugungi kunda esa budjet tuzilishi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog’liq holda 3 turga bo’linadi. Bular: Unitar davlatlar budjeti. Avvalambor Unitar davlat nimaligiga to’xtaladigan bo’lsak, Unitar (fransuzcha «unitaire» - “yagona”) davlat tarkibida hech qanday davlat tuzilmalari mavjud bo`lmagan yaxlit davlatdir. Hozir jahonda eng ko`p tarqalgan davlat tuzilish shakllaridan biridir. Ular qatoriga Italiya, Yaponiya, Ukraina va boshqalar kiradi. Unitar davlatlar huquqiy jihatdan teng bo`lgan ma'muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, regionlar, guberniya, grafliklarga) bo`linadi. O`zbekiston Respublikasi ham unitar davlat hisoblanadi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma'muriy-hududiy bo`linishga ( Masalan: O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar) ega bo`ladi. Biroq mazkur hududiy qismlar davlat tuzilmasi alomatlariga ega emas. Unitar davlatlar qo`yidagi huquqiy belgilarga ega: ● unitar davlatlarda yagona davlat hokimiyati oliy organlar tizimi mavjudligi ● yagona Konstitutsiya va qonunchilik tizimiga egaligi. ● yagona fuqarolikka ● unitar davlatlar yagona bo`linmas va daxlsiz hududga ega bo`lishi Barcha unitar davlatlarga xos bo`lgan markazlashtirish turli shakl va darajalarda namoyon bo`lishi mumkin. Ba'zi mamlakatlarda umuman mahalliy idorlar mavjud bo`lmay, ma'muriy-hududiy o`lkalar markaziy hokimiyat tayinlaydigan vakillar tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda esa mahalliy idoralar tuzilib (jumladan, vakillik organlari tuziladi) ular markaziy hokimiyat oldida (bevosita yoki bilvosita) hisobot beradilar. Federativ davlat (lotincha « feodus»- “ittifoq” ) unitar davlatga qaraganda murakkab tuzilishga ega bo`lib, uning subyektlari bir muncha siyosiy mustaqillikka ega bo`ladi. Federatsiya bu - davlatlar ittifoqi bo`lib, uning tarkibiga ittifoq hukuqlari bilan rasmiy cheklangan, yuridik mustaqillikga ega bo`lgan davlat tuzilmalari kiradi. Federativ davlat unitar davlatdan farq qiladi, bu farq Federatsiya tarkibiga kirgan tarkibiy qismlarning ma'muriy hududiy bo`linma emas, balki davlat tuzilmalaridan iborat ekanli gidadir. Davlat tuzilishi shakli sifatida Federatsiya qo`yidagi spetsifik belgilarga ega: federatsiya davlat tuzilmalaridan iborat bo`ladi; unitar davlatlardan farqli ularoq federatsiya hududi yaxlit hudud sifatida e'tirof etilmaydi; federatsiya subyektlari suveren mustaqil davlat emas, shuning uchun sesessiya (ajralib chiqish huquqi) berilmaydi; federatsiya subyektlarida umumfederal Konstitutsiya va qonunlar bilan bir qatorda o`zlarining Konstitutsiya va qonunlariga ham ega bo`lishi mumkin; federativ davlatlarda federatsiya fuqaroligi bilan bir vaqtda federatsiya subyektlarining ham fuqaroligi mavjud bo`ladi. aksariyat hollarda federativ davlatlar ikki palatali parlament tizimiga ega bo`ladi (bikameralizm). Xorijiy maamlakatlarning hududiy davlat tuzilishi shakllari ichida xalqaro shartnomalar asosida tashkil topgan tuzilmalar ham mavjud. Bunday davlat-hududiy tuzilmalarni konfederatsiya deb atashadi. Konfederatsiya bu - ma'lum bir vazifani bajarish uchun birlashgan mustaqil davlatlar ittifoqidir. Konfederatsiya Federatsiyadan farq qilgan xolda, u ittifoq davlati emas, balki davlatlar ittifoqi hisoblanadi. Konfederatsiya iqtisodiy, siyosiy, harbiy, bojxona va boshqa maqsadlarda tuzilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida davlat budjeti funksiyalariga quyidagilar kiradi: YaIM ni qayta taqsimlash. Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi. Ijtimoiy funksiya. Nazorat funksiyasi. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Davlat budjeti daromadlari ikki xil usulda olinadi, bular soliqli daromadlar va soliqsiz daromadlardir. Soliqsiz daromadlar yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga va chet davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar va boshqalar. Soliqli daromadlar mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq barcha soliqlar va soliq xarakteridagi boshqa majburbiy to’lovlardan tushadigan daromadlar. Misol uchun yuridik shaxslardan foyda solig’i, jismoniy shaxslardan daromad solig’I, yer solig’I, suv solig’I va boshqalardan davlatga kelib tushadigan daromadlar. Asosan rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda soliqlar davlat budjetining asosiy qismini tashkil qiladi. Budjet xarajatari davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag’larini taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq bo’lgan, davlat bilan davlat byudjetidan mablag’ oluvchilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy pul munosabatlari. O’zbekistonda 2022-yilda Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi. Budjet xarajatlari iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’ladi: Download 26.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling