Aguete -karmon, sumka degan ma’noni anglatadi


Davlat byudjetining joriy xarajatlari


Download 26.91 Kb.
bet2/2
Sana20.01.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1105155
1   2
Bog'liq
Iqtisodiy insho 1

Davlat byudjetining joriy xarajatlari markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta’minlash uchun, shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‘laridir.

  • Davlat byudjetining kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari bo‘lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan parpo qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar kiradi.

O’zbekistonda budjet tizimi O’zbekiston Respublikasi budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar(viloyat, tuman budjetlari)ga bo’linadi. Shuningdek, bu budjetlat o’rtasida turli ko’rinishda (masalan dotatsiya, subsidiya, subvensiya yoki budjet ssudasi ko’rinishida) budjetlararo munosabatlar(transfertlar) bo’lib turadi.
O’zbekiston Respublikasidagi maqsadli jamg’armalar haqida to’xtaladigan bo’lsak, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy mablag’lar yig’indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. Bu jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlash-tiriladi va tartibga solinadi. Maqsadli jamg’armalar asosan 2 xil turli bo’ladi.

  • Davlat ijtimoiy jamg’armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo’naltirilgan.

  • Iqtisodiy jamg’armalar jamiyatning xo’jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tarixiy ma’lumotlarning darak berishicha, davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining dastlabki shakllari hozirgi davlatchilikning yagona markazlashgan fondi hisoblangan davlat byudjetidan avval maxsus fondlar ko’rinishida shakllangan.
Maqsadli jamg’armalarning o’ziga xos xususiyati quyidagilar:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan rejalashtiriladi va qat’iy maqsadli yo’naltirilgan bo’ladi;
fond mablag’laridan byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
asosan yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy ajratmalari asosida shakllantiriladi;
fondlarga sug’urta badallarini to’lash va bu boradagi o’zaro munosabatlar soliq xarakteriga ega;
fondlarning pul mablag’lariga davlat egalik qiladi, ular qonun hujjatlarida ko’zda tutilmagan maqsadlarga ishlatilmaydi.fondlar mablag’laridan maxsus ko’rsatmalarga muvofiq davlat tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalaniladi.
Maqsadli jamg’armalarning daromad manbalariga: ijtimoiy soliq, jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlaridan foizi to’lovi, va boshqa qonuniy faoliyatlar kiradi. O’zbekistonda maqsadli jamg’armalar soni 24 tani tashkil qiladi va bularning barchasi Konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiradi.
Konsolidatsiyalashgan byudjet - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini (ular o’rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda) hisobga olib borish uchun tuziladi.
Shuningdek yurtimizda maqsadli jamg’armalar faoliyatini tartibga solish uchun 2021-yil 5-dekabrda “davlat maqsadli jamg’armalari to’grisidagi” qonun qabul qilingan. Endi esa keeling bir nechta maqsadli jamg’armalar bilan tanishsak, ulardan biri “xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash” jamg’armasidir.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;

  • xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;

  • xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish;

  • xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish.

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari:

  • Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;

  • vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha tushayotgan mablag‘lar Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Davlat krediti. Xo’sh, davlat krediti nima? Davlat krediti tushunchasiga oydinlik kiritishdan oldin, krediti so’zining o’ziga to’xtalib o’tsak. Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya bo’lib, pul mablag’larining samarali ishlashiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag’ sarf qilmasdan qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit so’ziga lug’aviy tarafdan yondashsak. Kredit (lot. Creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish.
Kredit berishdan maqsad esa vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridan qo’shimcha daromadi olish (foiz shaklida) bo’ladi, yoki ishlab chiqarish davrining uzluksizligini (tovar krediti olinganda) ta’minlashga bo’lgan talabini qondirish hamda davlat byudjetining vaqtinchalik kamomadini qoplashdan iborat bo’lishi mumkin.
Kreditning bir qator turlari mavjud. Ipoteka(iste’mol) krediti, bank krediti, tijorat krediti, davlat krediti, fuqarolik krediti. Demak, davlat krediti kreditning turlaridan biri ekan.
Kredit haqida yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib davlat krediti haqida bir qancha fikrlarni keltirib o’tishimiz mumkin.
Davlat krediti – hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan davlat va ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatida maydonga chiqadi.
Davlat kreditini asosiy maqsadi budjet difitsitini qoplash, rivojlanayotgan davlatlarning orqada qolayotgan sohalarini rivojlantirish va boshqa maqsadli fondlarda foydalaniladi.
Davlat krediti davlat tomonidan emissiya qilingan davlat aksiya, obligatsiyalar va chet el moliya institutlari tomonidan olingan mablag`lar hisobidan ta`minlanadi.
Yuqorida kredit turlari haqida to’xtalib o’tdik. Shu o’rinda savol tug’lishi tabiiy hol. Xo’sh, davlat krediti va boshqa kredit turlari orasidagi farq nimadan iborat? Ular qaysi xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Davlat krediti kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar, kreditning foydalanish maqsadlari va ularning foiz manbalariga qarab bank kreditidan farq qiladi.
Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar bo’yicha davlat krediti davlat, banklar, aholi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kredit munosabatlariga kirishishi bilan tavsiflanadi. Vaholanki, bank kreditning iste’molchilari tijorat banklari, xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi hisoblanadi va kredit munosabatlarida davlatning ishtiroki bularning asosiy farqidir.
Bank krediti esa shlab chiqarish fondlarini doiraviy aylanishida va moddiy boyliklar yaratilishi ishtirok etadi.
Bu ikki kredit turining maqsadiga ko’ra farqi shundaki, davlat krediti byudjеtning dеfitsitini moliyalashtirish uchun foydalanilishi, unda siyosiy ustqurtmalar va jamiyatning moliyaviy munosabatlarining bir qismini aks ettiruvchi byudjеt mablag’lari xarakati bilan belgilanishi bo’lsa, bank kreditining ishlab chiqarish fondlarini doiraviy aylanishida va moddiy boyliklar yaratilishida ishtirok etishidir. Bu yerda kredit foizining manbalari sifatida davlat kreditida byudjet daromadlari va mablag’lari, bank kreditida esa xo’jalik yurituvchi subyektlarning foydasi hisoblanadi.
Davlat kreditining funksiyalari uchta bo’lib, ular taqsimlash, tartibga solish va nazoratdan tashkil topgan.
Taqsimlash funsiyasida davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalash amalga oshiriladi. Tartibga solish funksiyasida davlat krediti orqali davlat krediti munosabatlariga kirishayotib, ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga, pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandligiga ta`sir ko`rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida kreditdan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. Nazorat funksiyasida Davlat kreditiing nazorat funksiyasi moliyaning nazorat funksiyasi bilan organik ravishda qo`shilib ketgan. Lekin uning bu funksiyasi shu kategoriyaning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan xarakterli belgilariga ega. Davlat kreditining asosiy tamoyillari kreditning tamoyillari bilan hamohang bo’lib, pul mablag’larining aniq bir maqsadlarda ishlatilishi tamoyili uning o’zi xos jiahatidir. Bu tamoyillardan tashqari muddatlilik, qaytarishlilik, to’lovlilik tamoyillari ham mavjud.
Davlat kreditining ahamiyati quyidagilardan iborat.
Davlat byudjetiga qo’shimcha tushumlar manbaini ta’minlaydi,
Emission faoliyatni cheklaydi (inflyatsiyani jilovlab turadi),
Pul muomalasi, milliy valyuta barqarorligining muhim omillari bo’lib xizmat ko’rsatish.
Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling