Aхborot teхnologiyalarning infratuzilmasi. Reja: Zamonaviy kiritish, chiqarish va tarmoq qurilmalari taхlili. Xotira turlari va ularning tahlili


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana15.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1774679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
marge me (1)

Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish 
vaqtidagi barcha dastur va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira kopincha 
vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi dastur va ma’lumotlar faqat 
kompyuter yoqiqligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter 
ochirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma’lumotlar saqlab qoyilishi 
lozim. Operativ xotiraning 256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb li turlari mavjud.
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). 
Disklardagi ma’lumotlarni o’qish va ularga ma’lumotlar yozish uchun xizmlat 
qiluvchi qurilma. Dastlab bunday tashuvchilar ma’lumotlarni faqat o’qish uchun 
mo’ljallangan bo’lib, ulardagi ma’lumotlarni o’zgartish va qaytadan yozish 
imkoniyati yo’q edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning ma’lumotlarni yozadigan 
(writeable) va ko’p marotaba yozadigan (rewriteable) modellari mavjud.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat: 
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish 
qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik 
axborotni kiritish mumkin.
Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri 
nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning еlektron 
nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muhim bo’g’ini va 
istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. 
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:


 
Dastakli skanerlar
 
Planshetli skanerlar
 
Rolikli skanerlar.
Dastakli skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: 
ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular 
yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining 
ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi 
odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki 
skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi 
oshganligini operatorga bildirib turadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling