AХBOROT TEХNOLOGIYALARNING INFRATUZILMASI.
Reja:
1
. Zamonaviy kiritish, chiqarish va tarmoq qurilmalari taхlili.
2. Xotira turlari va ularning tahlili.
3. Multimedia vositalari.
Bugungi kunda, o’qish-o’qitish jarayonini yangi
ahborot tehnologiyalarni
qo’llanilishi siz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu o’z navbatda: programmalashtirilgan
o’qitish (bilimlarni o’zlashtirish jarasnini avtomatlashtirilgan dastur asosida
boshqarish yo’li bilan o’qitish), interfaol o’qitish, multimedia taqdimotlar, Internet
resurslar, dasturiy vositalar va x.k.larni o’z ichiga olgan. Yuqorida keltirilganlarni,
amaliyotga samarali joriy etish jarayoni ishlatilayotgan
tehnik vositalar bilan
bevosita bog’liq. Ular bilan tanishib chiqamiz.
Kompyuterlar katta kompyuterlar va kichik kompyuterlar sinfiga bo’linadi.
Katta kompyuterlar sinfiga serverlar va superkompyuterlar kiradi. Kichik
kompyuter sinfiga esa shaxsiy kompyuterlar (ShK), portativ kompyuterlar kiradi.
Server kompyuteri deb kompyuter tarmog’ida
asosiy axborotlar bazasini
saqlovchi maxsus ajratilgan kompyuterga aytiladi.
Superkompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi
masalalarni yechish uchun mo’ljallangan kompyuterlardir. Ular
oddiy shaxsiy
kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni
bajaradi.
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) hammabop va qo’llashda turli xil talablarni
qondiruchi, bir kishi foydalanadigan kompyuterlardir.
Shaxsiy kompyuterlarga
kundalik ishlarimizda qo’llaydigan, uyda, ish joylarida joylashgan kompyuterlar,
masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi.