Ona plata – asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari
shina orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli plataning
mikrosxemalar to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-hotira (kesh L2), shina razyomlari,
tizimli soat hamda CMOS uchun elektr manbai (batareya),
kiritish-chiqarish
mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.
Mikroprotsessor (CPU) arifmetik-mantiqiy qurilma bo’lib, kompyuterning
«yuragi» hisoblanadi.
Dаstur yordаmidа bеrilgаn mа’lumоtlаrni o’zgаrtirаdigаn,
hаmmа hisоblаsh
jаrаyonlаrini bоshqаrаdigаn hаmdа hisоblаsh ishlаrigа
tеgishli mоslаmаlаrning
o’zаrо аlоqаsini o’rnаtаdigаn qurilmа – mikroprоtsеssоr dеb аtаlаdi. Аrifmеtik vа
mаntiqiy аmаllаrni bаjаrish, hоtirаgа murоjааt qilish, dаsturdаgi ko’rsаtmаlаrning
bеrilgаn kеtmа-kеtlikdа bаjаrilishini bоshqаrish vа bоshqа аmаllаr mikroprоtsеssоr
zimmаsidаdir.
Kompyuterlarda
INTEL,
AMD,
IBM
va
boshqa
firmalarning
mikroprotsessorlari ishlatilmoqda.
Qattiq disk (HDD) tashqi
xotira hisoblanib,
kompyuterda asosiy axborot
saqlovchi qurilmadir. Unda barcha dastur va ma’lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda
tashuvchilar aylanadigan ferromagnetik qatlam bilan
qoplangan alyuminiyli va
karamikali disklardan iborat bo’lgani uchun ko’pincha qattik disk deb ataladi. Qattiq
disk o‗lchamlari turlicha bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-1000
Gb dan 1 Tb gacha bo’lgan o’lchamdagi turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: