Aхborot teхnologiyalarning infratuzilmasi. Reja: Zamonaviy kiritish, chiqarish va tarmoq qurilmalari taхlili. Xotira turlari va ularning tahlili


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana15.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1774679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
marge me (1)

ActivTable (interfaol stol) – o`z aktiv yuzasiga ega qurilma sanaladi. Unga 
foydalanuvchi talabidan kelib chiqib dasturiy ta`minotlarni 
yuklab olish mumkin. Bu ta`lim olish, ta`lim berish va turli 
xil tadbirlar uchun zamonaviy uskunadir. Bu uskuna 
kishilarda kuchli va qiziq shaklda aks ettirilgani tufayli 
kuchli taassurot tug`diradi. Bu stolni didga ko`ra 32 dan 55 
dyungacha razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha turlari aviatsion 
alyuminiydan qilinadi va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan qoplanadi. 
Interaktiv stolning eng muhim komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi. Multitach 
ekran hattoki yorug`likda ham a`lo darajada ko`rishni ta`minlaydi. Barcha 
modellarida kuchli quvvatlagich o`rnatilgan bo`lib, musiqaning va ovozli 
xabarlarning baland ovozda va ravshan eshitilishini ta`minlaydi. Bu stolning ishga 
tushirilishi juda ham oddiy bo`lib, yon tomonida joylashgan tugmacha orqali yoqish 
va o`cherish amalllari bajariladi. Ushbu turdagi stolning bolalar uchun mo`ljallangan 
turlari ham mavjud bo`lib, unga ko`plab rasmlarni o`rnatish va bir vaqtning o`zida 
4 ta o`rganuvchi foydalanishi mumkin. 
Interfaol proektor - bu - o’zida intеrkativ doskaning 
imkoniyatlarini mujassam etgan proеktordir. Bunday 
proеktorlar uchun alohida maxsus doska sotib olish talab 
etilmaydi, tasvirlar proеktsiyasi oddiy sinf doskasiga, markеr 
doskasiga yoki sinf dеvoriga ham tushirilishi mumkin. Oddiy 
proеktordan 
farqli 
ravishda 
intеraktiv 
proеktorlar 
kompyutеrdan tеgishli signallarni qabul qilib tasvirlarni 
ekranga namoyish qilish bilan bir qatorda, elеktron qalamning ekrandagi joriy holati 
va harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ham aniqlab kompyutеrga yuboradi va 
kompyutеr bilan ikki tomonlama aloqani o’rnatadi. 
Overhed-proektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni 
yoritib berishda foydalaniladi. Oqirligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-
portativli va ko’zg’almas modellarga bo’linadi. Portativli overhed-proektorlari 7 kg 
oshmaydigan yig’ma tuzilishga ega. Oddatda, bunday modeldagilar oson yig’ilishi 
bilan juda qulay bo’lib, ko’chirish uchun mahsus jamlanish sumkachalar to’plamiga 
ega. Odatda qo’zg’almas overhed-proektorlari 8 kgdan 17 kggacha og’irlikda bo’lib, 


auditoriyada doimiy ravishda o’rnatilib qo’yishga mo’ljallangan. Modellerdagi 
proekciyalashni umumiy hususiyatlarga ko’ra overhed-proektorlari nur o’tqazuvchi 
va nurni o’zida aks ettiruvchi turlarga bo’linadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling