Ахборот тизимлари
Download 1.84 Mb.
|
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv darajalari
- 1.6. AXBOROT TIZIMINI YaRATISH
Qaror qabul qilish — vaziyatni tahlil qilish, maqsadlarni aniqlash, bu maqsadga erishish dasturini ishlab chiqishga asoslangan boshqaruv ob'ektiga aniq maqsadga qaratilgan ta'sir etish xatti-harakati. Ixtiyoriy tashkilotning boshqaruv tuzilishi an'anaga ko'ra uch darajaga: operatsion, funktsional va strategik darajaga bo'linadi.
Boshqaruv darajalari (boshqaruv faoliyatining turi) yechilayotgan vazifalarning murakkabligi bilan belgilanadi. Vazifa qanchalik murakkab bo'lsa, uni yechish uchun shunchalik yuqori boshqaruv darajasi talab qilinadi. Bunda shuni tushunib yetish kerakki, zudlik bilan (tezkor) yechilishini talab qiladigan oddiy vazifalar ancha ko'p miqdorda yuzaga keladi, demak, ular uchun boshqa - qarorlar tezkor qabul qilinadigan ancha pastroq boshqaruv darajasi kerak. Boshqaruvda, shuningdek qabul qilinayotgan qarorlarni amalga oshirish dinamikasini hisobga olish kerak, bu boshqaruvni vaqt omili nuqtai nazaridan ko'rishga imkon beradi. 1.7-rasmda boshqaruvning uch darajasi aks ettirilgan bo'lib, ular hokimiyat, javobgarlik, yechilayotgan vazifalarning murakkabligi oshib borishi darajasi, shuningdek vazifalarni amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilish dinamikasi kabi omillar bilan taqqoslangan. Boshqaruvning operatsion (pastki) darajasi ko'p marta qaytariladigan vazifa va operatsiyalarni bajarish hamda kiruvchi joriy axborotning o'zgarishiga tezda munosabat bildirishni ta'minlaydi. Bu darajada bajarilayotgan operatsiyalarning hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham ancha yuqori. Vaziyatning o'zgarishiga tez munosabat bildirishning zarurligi sababli, boshqaruvning bu darajasi ko'pincha tezkor deb ataladi. Boshqaruvning funktsional (taktik) darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotni birlamchi tahlil qilishni talab qiluvchi vazifalarni yechishni ta'minlaydi. Bu darajada boshqaruvning tahlil kabifunktsiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Yechiladigan vazifalar hajmi kamayadi, lekin ularning murakkabligi oshadi. Bunda kerak bo'lgan qarorni tezkor ishlab chiqishga har doim ham imkon bo'lmaydi, tahlil uchun, anglash uchun, yetishmayotgan ma'lumotlarni to'plash va boshqalar uchun qo'shimcha vaqt talab qilinadi. Boshqaruv ma'lumotlarning kelib tushish vaqtidan to qarorlar qabul qilingunga va ular amalga oshirilgunga, shuningdek qarorlarni amalga oshirish vaqtidan to ularga biror-bir tarzda munosabat bildirilgunga qadar yuz berishi mumkin bo'lgan bir oz uzilish bilan bog'liqdir. Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishni ta'minlaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning natijalari uzoq vaqt o'tganidan keyin namoyon bo'lishi sababli, bu darajada boshqaruvning strategik rejalashtirish kabi funktsiyasi alohida ahamiyatga ega. Bu darajada boshqaruvning boshqa funktsiyalari hozircha to'lig'icha ishlab chiqilmagan. Ko'pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq muddatli rejalashtirish deb ataladi. Bu darajada qaror qabul qilishning haqqoniyligi ancha uzoq vaqt o'tganidan so'ng tasdiqlanadi. Oylar yoki yillar o'tishi mumkin. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish mas'uliyati juda yuqori va nafaqat matematik va maxsus apparatdan foydalanib tahlil qilishning natijalari bilan, balki menejerlarning kasbiy malakasi va oldindan ko'ra bilish qobiliyati bilan belgilanadi. Tashkilotni boshqarishda tashkilot xodimlariga alohida e'tibor berishga majburmiz. Tashkilot xodimlariga turli malaka va boshqaruv darajasidagi xodimlar - qayta ishlashning eng oddiy va sodda operatsiyalarini bajaruvchi kotibalardan tortib, strategik qarorlar qabul qiladigan mutaxassislar va menejerlargacha kiradi. 1.8-rasmda xodimlar malakasining turli darajalariga boshqaruv darajalarining mosligi ko'rsatilgan: • boshqaruvning yuqoridagi, strategik darajasida - tashkilot (firma) boshqaruvi yuqori bo'g'inining menejerlari (va uning o'rinbosarlari). Ularning asosiy vazifasi - firmaning bozordagi faoliyatini strategik rejalashtirish va firma ichidagi boshqaruv taktikasini muvofiqlashtirish; • o'rtadagi, funktsional darajada - o'rta bo'g'in menejerlari va mutaxassislar (xizmatlar, bo'limlar, tsexlar boshliqlari, smena, uchastka boshlig'i, ilmiy xodimlar va h.k.). Asosiy vazifa - berilgan faoliyat sohasida asosiy qarorlarni qabul qilishda firmani taktik boshqarish; • pastki, operatsion darajada - ijrochilar va pastki bo'g'in menejerlari (brigadirlar, muhandislar, mas'ul ijrochilar, ustalar, me'yorlovchilar, texniklar, laborantlar va h.k.). Asosiy vazifa — vaziyatning o'zgarishiga tezda munosabat bildirish va tegishli tarzda harakat qilish. Boshqaruvning barcha darajalarida faqat umumiy funktsiyalarni amalga oshiruvchi menejerlar ham, o'z vakolati doirasida boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiradigan mutaxassis-menejerlar ham ishlaydi. Tashkilotdagi standart protseduralar – turli vaziyatlarda topshiriqlarni bajarishning aniq belgilangan qoidalari. Ular tashkilot ishining ishlab chiqarilayotgan mahsulotga hujjatlar tuzish texnologik operatsiyalaridan boshlab, to iste'molchilarning arizalarini ko'rib chiqishgacha bo'lgan barcha tomonlarini qamrab oladi. Har qanday tashkilotning submadaniyati tasavvurlar, printsiplar, fe'l-atvor turlarining majmuasidir. Uning asosiy tarkibiy bo'lagi — mutaxassisning axborot madaniyati alohida rol o'ynaydi. Bu axborot tizimida ham o'z aksini topishi kerak. Strategiya, qoidalar, tashkilot protseduralari va axborot tizimining apparat, dastur, telekommunikatsiya qismlari orasida o'zaro bog'liqlik mavjud. SHuning uchun axborot tizimlarini joriy etish va loyihalash bosqichida o'z predmet sohasi bo'yicha yechilishi ko'zda tutilayotgan muammolar, vazifalar va funktsiyalar doirasini aniqlovchi menejerlarning faol ishtiroki muhimdir. SHuningdek, shuni qayd etish lozimki, axborot tizimlari o'z-o'zidan daromad keltirmaydi, lekin uning olinishiga ko'maklashishi mumkin. Ular qimmat va hattoki, ularning tuzilishi va ishlatilish strategiyasi puxta o'ylanmagan bo'lsa, befoyda bo'lishi mumkin. Axborot tizimlarini joriy qilish ishchilar funktsiyalarini avtomatlashtirish zarurati bilan bog'liq, demak, ularni og'ir ishlardan ozod etilishiga ko'maklashadi. SHuningdek, firmaning tuzilishid a, agar od am omili hisobga olinmagan va to'g'ri ijtimoiy hamda psixologik siyosat tanlanmagan bo'lsa, ko'pincha, juda qiyin va og'riqli o'tadigan katta tashkiliy o'zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Strategik darajada raqobatli ustunlikni ta'minlash uchun axborot tizimlarini yaratish qiyin bo'lishiga qaramay, ba'zi tashkilotlar bunga erishadilar. Masalan, AQSHning Amerikan Aerlayns kompaniyasinig SABRE kompyuterlashtirilgan rezervatsiya tizimi unga raqobatlik ustunlikni ta'minladi. Sayohat agentliklari reyslar haqidagi ma'lumotlariga tezkor ravishda ega bo'ldilar. Bu o'z navbatida sayohatchilarga agentlikalar tomonidan reyslarni rezervatsiya qilish, joylarni tanlash va chipta sotib olish imkoniyatini yaratdi. O'z navbatida sayohat agentliklarining samaradorligi ham oshdi. 1.6. AXBOROT TIZIMINI YaRATISH Axborot tizimini qanday yaratish mumkin, degan savoliga javob beraylik. Bu haqiqatan ham aksariyat zamonaviy korxonalarda, ularning qanday biznes bilan shug'ullanishidan qat'i nazar, hal qilinishi zarur bo'lgan muammodir. «Axborot tizimi» atamasi biznes yuritishni yengillashtiruvchi yoki «avtomatlashtiruvchi» dasturiy mahsulotlar sinfiga kiradi. Agar tizim biznesni axborot bilan ta'minlash yo'li bilan qo'llab-quvvatlasa, «axborot» tizimi deb ataladi (har qanday odam ham zarur axborotlarni olib turishga qancha kuch va mablag' sarflanishini yaxshi biladi). Tegishli dastur, agar u bittadan ortiq (ba'zi hollarda ketma-ket, ba'zan esa parallel) funktsiyani bajarsa (ombor xo'jaligini yuritishni qo'llab-quvvatlovchi axborot tizimlari keng tarqalgan misollardan biri hisoblanadi: ular omborga tovarlar kelib tushishi, xaridorga tovarlar berilishini kuzatib turadi, shuningdek omborda har bir mahsulotning zaruriy miqdori mavjudligini nazorat qiladi) «tizim» deb ataladi. Tizimlarni yaratish jarayoni tizimlarning yaratilish davri (system development life cycle) deyiladi, chunki bu jarayon bilan bog'langan faoliyatlar davomiydir. Tizimlarning yaratilishida yo'l qo'yilgan xato qanchalik kech aniqlansa, shunchalik uni tuzatish qimmatga tushadi, chunki oldin qilingan ishlar ham yana ko'rib chiqilishi zarur bo'ladi. Ana shuning uchun tizimlar yaratilishi jarayonini bosqichlarga bo'lib, tizimlar yaratishda ma'lum metodlar ishlab chiqilgan. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling