Ахборот тизимлари


Download 1.84 Mb.
bet1/13
Sana16.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1516739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish




"Maishiy texnika do'koni" avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish



1. ZAMONAVIY AXBOROT TIZIMLARI 6
6
1. 1. AXBOROT TIZIMI TUSHUNCHASI 6
1.2. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT 15
TIZIMLARINING ASOSIY KOMPONENTLARI 15
1.3. AXBOROT TIZIMLARINING 19
RIVOJLANISH BOSQICHLARI 19
1.4. AXBOROT TIZIMIDAGI JARAYoNLAR VA 25
ULARNI JORIY ETISH 25
1.5. AXBOROT TIZIMIDA TASHKILOTNI 30
BOSHQARUV TUZILMASI 30
1.6. AXBOROT TIZIMINI YaRATISH 37
II BOB. PHP VA MYSQL YORDAMIDA 42
AXBOROT TIZIMINI YARATISH 42
2.1 PHP va MYSQL bog’liqligi va MYSQL 42
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi 42
2.2 PHP yordamida mysql ma’lumotlar bazasiga bog’lanish 45
2.3 Maishiy texnika buyumlari internet axborot tizimini ishlab chiqish 53
XULOSA 66
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR 69



KIRISH
Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli ob'ektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay o'zgarish va barpo etish jarayonlarini o'rganadi. SHu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi degan tasavvur hosil bo'lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog'liq bo'lmagan muammolar yechimi bilan tushunilmaydi, bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
Informatika keng ma'noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi.
Informatika xalq xo'jaligi tarmog'i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish shakllaridagi korxonalarni bir turda jamlanishidan iborat bo'ladi. Informatikaning ishlab chiqarish tarmog'i sifatidagi o'ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari mehnat unumdorligi ko'p jihatdan unga bog'liqdir. Bundan tashqari, bu tarmoqlar me'yorida rivojlanishi uchun informatikaning o'zida mehnat unumdorligini ancha yuqori sur'atlarda o'sib borishi lozim, chunki zamonaviy jamiyatda axborot ko'proq so'nggi iste'mol predmeti sifatida namoyon bo'lmoqda: odamlar uchun dunyoda ro'y berayotgan voqealar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va xodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot zarur. Mehnat unumdorligining bundan keyingi o'sishi va farovonlik darajasini ko'tarish, katta hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, video-tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish va ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson-mashina» interfeyslardan foydalanish asosidagina erishish mumkin. Informatikada mehnat unumdorligi oshishi sur'atlari yetarli bo'lmasa, butun xalq xo'jaligida mehnat unumdorligi o'sishining anchagina kamayishi ro'y berishi mumkin.
Insoniyat tarixining ko'p asrlik tajribasi ezgu g'oyalardan va sog'lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko'rsatdi. SHu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o'z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo'ydi.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma'naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug'diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg'ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g'oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga yetkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
Axborot tizimining maqsadi - muayyan professional faoliyat bilan bog'liq bo'lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo'ladigan axborotni to'plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta'minlaydi.
Masalan, universitet talabalari va baholari axborot tizimini olsak, "Kiritish" komponenti har bir fandan har bir talabani baholari bo'lishi mumkin. "Ishlov berish" komponenti yordamida talabalarning o'rtacha bahosini hisoblash, taqqoslash va boshqa amallar bajarilishi mumkin. "CHiqarish" komponentida esa talabalarning umumiy natijalarini taqdim etish, a'lo bahoga o'qiydigan talabalarning ro'yxatini chiqarish kabi vazifalar bajarilishi mumkin.
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko'zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishimumkin.Bundantashqari,agarishlabchiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo'lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo'lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o'zi hech qanday ahamiyatga ega bo'lmay qoladi.
Kompyuterlar va axborot tizimlari o'rtasida farq mavjudligi ravshandir. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan bo'lib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi.
Axborot tizimlarining qo'llanish sohalari turli-tumandir. SHuningdek, har bir tizimga xos bo'lgan xususiyatlar va o'ziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi ko'plab omillar orasida uchta asosiy omilni ajratib ko'rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov berilayotgan axborot xarakteri; axborotning ishlatish maqsadlari, ya'ni ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo'ljallangan vazifalar doirasi. Sanab o'tilgan omillar ham tizimning o'zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tashqi muhit bilan o'zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta'minoting tarkibini belgilab beradi.

1. ZAMONAVIY AXBOROT TIZIMLARI



1. 1. AXBOROT TIZIMI TUSHUNCHASI

«Tizim» deganda, bir vaqtning o'zida ham yagona, yaxlit deb qaraladigan har qanday ob'ekt, ham qo'yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi.


Ma'lumki, bugungi kunda ko'plab turli xil tizimlar yaratilgan bo'lib, ular o'z tarkibi va bosh maqsadlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan.



Tizim

Tizim elementlari

Tizimning bosh maqsadi

Firma

Odamlar, jihozlar, materiallar, binolar va boshqalar

Tovarlar ishlab chiqarish

Kompyuter

Elektron va elektr mexanik elementlar, aloqa liniyalari va boshqalar

Ma'lumotlarga ishlov berish

Telekommunikatsiya tizimi

Kompyuterlar, modemlar, kabellar, tarmoq dasturiy ta'minoti va boshqalar

Axborot uzatish

Axborot tizimi

Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, odamlar, axborot va dasturiy ta'minot

Professional axborot ishlab chiqarish

«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko'plab ma'nolarda qo'llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo'llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to'plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to'ldirilgan ko'plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling