Ахборот тизимлари
Download 1.84 Mb.
|
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. AXBOROT TIZIMIDAGI JARAYoNLAR VA
- 1.5. AXBOROT TIZIMIDA TASHKILOTNI
- Boshqaruv
- Rejalashtirish
- Ragbatlantirish
1.2-jadval
70-yillarning boshi 80-yillarda axborot tizimlaridan qarorlar qabul qilish jarayonini qo'llab-quvvatlash va tezlashtirish, boshqaruv nazorat vositasi sifatida keng foydalanila boshlandi. 80-yillarning oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yana o'zgaradi. Ular axborotning strategik manbai bo'lib qoldi va istalgan yo'nalishdagi tashkilotning barcha darajalarida foydalanildi. Bu davrning axborot tizimlari o'z vaqtida zarur axborotni taqdim etib, tashkilotga o'z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, yangi tovarlar yaratish va xizmatlar ko'rsatish, mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar topish, o'ziga mos sheriklarni ta'minlash, past narxlarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va ko'plab boshqa sohalarda yordam beradi. 1.4. AXBOROT TIZIMIDAGI JARAYoNLAR VA ULARNI JORIY ETISH Quyidagi rasmda axborot tizimining arxitekturasi keltirilgan va har bir funktsional blokning vazifasi belgilangan, asosiy vazifalar ro'yxati taklif etilgan vabunday tizimlarda yuz beradigan asosiy jarayonlarning qisqacha bayoni keltirilgan. Axborot tizimlarini bundan keyingi o'rganish uchun ularda yuz beradigan jarayonlarni mufassal bayon etish zarur. Deyarli har qanday axborot tizimi uchun uning normal ishlashini ta'minlaydigan jarayonlarni shartli ravishda quyidagi bloklardan iborat bo'lgan sxema shaklida (1.5-rasm) tasavvur etish mumkin. • tashqi va ichki manbalardan axborot kiritish; • kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish; • iste'molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish; • teskari aloqa — bu kiritilgan axborotni tuzatish uchun ushbu tashkilot odamlari tomonidan qayta ishlangan axborot. Boshqaruv deganda, tashkiliy, reja, hisoblash, tahlil, nazorat, rag'batlantirish kabi funktsiyalar amalga oshirilganda qo'yilgan maqsadni ta'minlash tushuniladi. Axborot tizimi o'zining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: • har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning umumiy tamoyillari asosida tahlil qilinishi, tuzilishi va boshqarilishi mumkin; • axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim hisoblanadi; • axborot tizimlarini tuzishda tizimiy yondashuvdan foydalanish zarur; • axborot tizimining mahsuloti axborot bo'lib, uning asosida qarorlar qabul qilinadi; • axborot tizimini axborotga ishlov berishning odam-kompyuter tizimi sifatida qabul qilish zarur. Bugun axborot tizimi deyilganda, aksariyat kishilarning ko'z o'ngiga kompyuter keladi, vaholanki u axborot tizimining bosh komponentlaridan (tarkibiy qismlaridan) biridir. Umuman olganda, axborot tizimini kompyutersiz variantda ham tushunish mumkin. Zamonaviy axborot tizimlari ulardan foydalanadigan korxonalarga ilgari o'zlari foydalana olmagan bir qator yangi imkoniyatlar va sifatlarni berishi mumkin, xususan axborot tizimi quyidagilarga yordam berishi mumkin: • matematik usullar va intellektual tizimlarni joriy etish hisobiga boshqaruv masalalarini hal qilishning yanada oqilona variantlariga ega bo'lish; • avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni og'ir mehnatdan ozod qilish; • axborotning ishonchliligini ta'minlash; • ma'lumotlarni qog'oz o'rniga magnit disklari yoki tasmalarida saqlash, bu axborotga kompyuterda ishlov berishni ancha oqilona tashkil etish va qog'ozlardagi hujjat hajmini kamaytirishga olib keladi; • firmada axborot oqimi strukturasi va hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish; • mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishga sarf-xarajatlarni kamaytirish; • iste'molchilarga noyob xizmat turlarini ko'rsatish; • yangi bozorlarni izlab topish; • xaridor va mol yetkazib beruvchilarga turli chegirmalar berish va xizmatlar ko'rsatish hisobiga ularni firmaga jalb etish. Korxonalar faoliyatini kompleks avtomatlashtirish uchun korporativ axborot tizimlarini joriy etish zarur, ular bilan korporatsiyaning oliy bo'g'ini - menejerlari ish olib boradi. Bu tizimlar qarorlar qabul qilish uchun zarur. Bu esa, o'z navbatida, menejerlarning quyi va o'rta bo'g'ini darajasida joriy ishlab chiqarish funktsiyalarini bajarish va ishlab chiqarish jarayonlarini operativ boshqarish bilan bog'liq ish joylarini avtomatlashtirish masalasi oldindan hal qilingan bo'lishini ko'zda tutadi. Bugungi kunda korxona faoliyatini kompleks avtomatlashtirish masalasini hal qilishga ikki xil yondashish mavjud: • korporativ tizimni o'z kuchlari bilan bosqichma-bosqich ishlab chiqish (jumladan, tashqaridagi firmalar va tashkilotlarning alohida ish joylarini yoki ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan tayyor yoki buyurtma dasturiy mahsulotlaridanfoydalanish) va • korporativ darajadagi tayyor axborot tizimini joriy etish. Birinchi yondashuvning afzalligi shundaki, o'z kuchlari bilan yaratilayotgan tizimda muayyan korxona ishining o'ziga xos xususiyatlari va ehtiyojlarini yuqori darajada hisobga olish mumkin bo'lardi. Lekin, shuni qayd etib o'tish kerakki, bu sifat har doim ham qimmatli hisoblanmaydi. Yaxshi tashkil etilmagan biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish korxonadagi vaziyatni faqat yomonlashtiradi, degan fikr mavjud. Buning bir qancha isboti bo'lishi aniq. SHuning uchun axborot tizimini ishlab chiqishdan oldin, ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish, agar zaruriyat bo'lsa, reinjiniring o'tkazish zarur. Bundan tashqari, ko'p hollarda tubdan o'zgartirishlar xavfi va tayyor tizimlarni joriy etish bilan bog'liq bo'lgan katta sarf-xarajatlarga nisbatan sekin-asta yaxshilanib borishlarning «evolyutsion» xarakteri va ishlanmalarni bosqichma-bosqich moliyalashtirish imkoniyati ancha maqbul ko'rinadi. Afsuski, avtomatlashtirish muammosini hal qilishning bu yo'li vaqt jihatdan juda cho'zilib ketadi, ba'zan esa ishlab chiquvchilar tashkilotda yuz berayotgan o'zgarishlar ketidan yetib bora olmagan hollarda «doimiy ishlab chiqish» jarayoniga aylanib qoladi. Oxir oqibatda bunday avtomatlashtirish natijasi deyarli nolga teng bo'lishi, ya'ni hech narsa bermasligi mumkin. Zarur moliyaviy mablag'larga ega bo'lgan korporatsiyalar tayyor dasturiy tizimlarni afzal ko'radilar. Lekin bunday tizimlarni joriy etishning muvaffaqiyati ma'lum darajada korporatsiyaning o'zi sotib olayotgan axborot tizimi buyuradigan «qoidalar» bo'yicha ishlashga tayyorligi (va imkoniyati) ga bog'liq bo'ladi. «Tayyor» axborot tizimi modul arxitekturaga ega va bunday tizimni joriy etish jarayoni bosqichma-bosqich — ishning eng og'ir uchastkalarini avtomatlashtiruvchi modullardan boshlab bajarilishi mumkin. Bunda tizimning tegishli ish joylarida ulanayotgan modullarning yangi funktsiyalaridan foydalanish imkonini beradigan «butunligi» ta'minlanadi. «Tayyor» axborot tizimlarini ishlab chiqish tajribasi korporativ axborot tizimlarini yaratishga yangicha yondashuvlarni shakllantirish imkonini berdi. Buyondashuv turli ishlab chiqarish firmalarining dasturiy «komponent»laridan tizim «yig'ish»ga asoslangandir. Korporativ axborot tizimlarining komponent arxitekturasi yetakchi dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilarining turli dasturiy-apparat platformalarida amalga oshiriladigan axborot tizimlarining komponent "yig'im"ini loyihalash, ishlab chiqish va texnologiyasiga umumiy standartlarni saqlab turishi tufayli ishlab chiqilishi mumkin bo'ldi. Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy bosqichida korporativ axborot tizimlarini yaratishning komponent texnologiyasi ko'proq o'ziga jalb etadi va istiqbolli hisoblanadi. Haqiqatan ham u o'z kuchlari bilan tizimlarni ishlab chiqishga xos bo'lgan axborot tizimining zaruriy komponentlarini tanlashdagi o'zgaruvchanlikni tijorat dasturiy mahsulotlariga xos bo'lgan ko'p karra foydalanib tekshirishlardan o'tkazilgan kodning ishonchliligi va funktsiyalarning to'liqligi bilan birlashtiradi. Bundan tashqari, komponent texnologiya mavjud axborot tizimiga uning ish qobiliyatini buzmagan holda o'zgartirishlarni tezda kiritish imkonini beradi. Bunda yangi ilovalar yangi modullar bilan, eskilari esa tizimda qoladigan ilgarigi modullar bilan ishlashi mumkin bo'ladi. Natijada «meros» bo'lib o'tadigan tizimlar muammosi hal bo'ladi - funktsiyalarini o'zgartirish yoki kengaytirish uchun ularni almashtirish zaruriyati bo'lmaydi, demak axborot tizimini zamonaviylashtirish va kuzatish xarajatlari qisqaradi. Axborot tizimlarining komponent arxitekturasi haqiqatan mavjud bo'lishi uchun quyidagi uch shart zarur: 1. tizimlarning komponent ishlab chiqilishi va «yig'ish»ni ta'minlovchi axborot tizimlarini tahlil qilish va loyihalash uslubiyatining mavjud bo'lishi; 2. komponentlarni ishlab chiqish va «yig'ish» texnologiyalari va umumiy standartlarga rioya qilingan tayyor dasturiy komponentlarning shakllangan bozori; 3. tizim komponentlari o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlab turadigan axborot tizimlari «infratuzilmasini» dasturiy ta'minlashning standart komponentlari. Foydalanish mumkin bo'lgan dasturiy komponentlar va ularning kutubxonalari sonining tez sur'atlarda oshibborishi, komponent arxitekturali tizimlarni tahlil qilish, loyihalash va ishlab chiqishning instrumental dasturiy vositalari bozorining doimiy ravishda kengayib borishi va ko'p komponentli tizimlarning turli dasturiy-apparat platformalarida qo'llanilishi, axborot texnologiyalari sohasidagi ko'plab mutaxassislarning fikriga ko'ra, korporativ axborot tizimlari «shakli-tamoyilini» tubdan o'zgartirib yuboradi. Ko'p komponentli tizimlarni yaratishga intilish tendentsiyasi ActiveX va JavaBeans komponentlaridan faol foydalaniladigan internet/intranet texnologiyalarida ayniqsa kuchli namoyon bo'ldi. Umumiy standartlarga asoslangan komponent texnologiyalarning afzalliklaridan SAP (R3) kabi tayyor tizimlarning ishlab chiqaruvchilari ham foydalanishga intiladilar. Ko'p komponentli axborot tizimlarini tahlil kilish va loyihalash uslubiyati va vositalari komponent texnologiyalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatning muhim omili bo'lib qoladi. Komponent arxitekturali axborot tizimlarini yaratish uslubiyati taqsimlangan tizimlarni loyihalashning ob'ektli-yo'naltirilgan uslubiyatidan «o'sib» chiqdi. Hozirgi vaqtda ob'ektli-yo'naltirilgan tahlil va komponent arxitekturali axborot tizimlarini loyihalash sohasida modellashtirishning unifikatsiyalashgan tilidan (UML - Unified Modeling Language hozirgi vaqtda OMG standart sifatida qabul qilingan) foydalanishga asoslangan uslubiyat mavjud. Bu uslubiyat birgalikda ishlab chiqilgan (C++, Java, Visual Basic, SmallTalk va boshqa asosiy dasturlash tillari, shuningdek ishlanmalar ichida eng ommalashgan - MS Visual Studio, Delphi, PowerBuilder lar qo'llab-quvvatlanadi) vizual modellashtirish, avtomatlashtirilgan testlash va hujjatlashtirishning instrumental dasturiy vositalari spektri bilan qo'llab-quvvatlanadi, ular dasturiy tizimlar yaratishning hayotiy tsiklini o'z ichiga kamrab oladi. Internet tarmog'ida www.rational.com saytida yangi uslubiyatlar va standartlar, dasturiy mahsulotlar, nashr etilgan ishlar va foydalanish mumkin bo'lgan resurslar to'g'risidagi keng va doimo to'ldirilib hamda yangilanib boriladigan axborotlar (shu jumladan axborot tizimlarini tuzish va alohida qarorlarni amalga oshirish misollari) ni olish mumkin. SHu saytning o'zida tizimni ishlab chiqish jarayonida yuzaga keladigan ko'plab masalalar ham muhokama qilinadi. Bugungi kunda axborot tizimlarini loyihalash va ishlab chiqishning komponent texnologiyasi zaruriy vositalar zahirasi ishlab chiqishning mavjud vositalarini qo'llab-quvvatlovchi vizual tahlil va modellashtirish instrumentlaridan boshlab, tanlash imkoniyatlari juda keng bo'lgan tayyor komponentlarning kutubxonalarigacha, shu jumladan turli dasturiy-apparat platformalari uchun «infrastruktura» komponentlariga ega deb hisoblash mumkin. Bu axborot texnologiyalari turli ishlab chiqaruvchilardan olingan komponentlar to'plamidan iborat bo'lgan tayyor tizimlarning «konstruktorlari» paydo bo'lishi bo'sag'asida turibdi demakdir. 1.5. AXBOROT TIZIMIDA TASHKILOTNI BOSHQARUV TUZILMASI Tashkilot — bu tizim. Pul, xodimlar, materiallar, mashina va uskunalar, ma'lumotlar va axborotlar, qarorlar korxonada doimiy ishlovda bo'ladi. 1.6-rasmda ko'rib turganingizdek, materiallar, odamlar va pul tashqi muhitdan korxonaga kirish komponentlaridir. Ular transformatsiya mexanizmidan o'tib tashqi muhitga chiqish komponenti bo'ladi. Har qanday axborot tizimining ishlab chiquvchilari o'z oldiga qo'yadigan asosiy maqsad va vazifalarni quyidagicha ta'riflash mumkin: • axborot tizimining tuzilishi, uning funktsional maqsadi tashkilot oldida turgan maqsadlarga mos kelishi kerak. Masalan, tijorat firmasida - samarali biznes, davlat korxonasida - ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechish; • axborot tizimi odamlar tomonidan nazorat qilinishi kerak, ular tomonidan tushunilishi va asosiy ijtimoiy hamda etik printsiplariga asosan ishlatilishi kerak;. • aniq, ishonchli, zamonaviy va tizimga solingan axborotni ishlab chiqish. Axborot tizimi qurishni uy qurish bilan solishtirsa bo'ladi. G'ishtlar, mixlar, tsement va boshqa birga taxlangan materiallardan uy chiqmaydi. Uy paydo bo'lishi uchun loyiha, yer tuzilishi, qurilish va boshqalar kerak. SHu kabi axborot tizimini yaratish va uni ishlatish uchun avval tashkilotning tuzilishi, funktsiyalari va siyosatini, boshqaruv va qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadlarini, kompyuter texnologiyasining imkoniyatlarini tushunish kerak. Axborot tizimi tashkilotning bir qismi hisoblanadi, har qanday tashkilotning asosiy elementlari (unsurlari)ni tuzilish va boshqaruv organlari, standart protseduralar, xodimlar, submadaniyat tashkil etadi. Axborot tizimi tuzishni tashkilot boshqaruvining tuzilishini tahlil qilishdan boshlash kerak. Tashkilot barcha bo'linmalarining ishlarini muvofiqlashtirish turli darajadagi boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruv deganda, tashkiliy, reja, hisoblash, tahlil, nazorat, rag'batlantirish kabi funktsiyalar amalga oshirilganda qo'yilgan maqsadni ta'minlash tushuniladi. • Tashkiliy funktsiya tashkiliy tuzilmani va me'yoriy hujjatlar kompleksi (bo'ysunish, javobgarlik, vakolat doirasi, huquq va majburiyatlar) va boshqalar ko'rsatilgan holda firma, bo'lim, laboratoriya, guruh va shu kabilarning shtat jadvalini ishlab chiqishdan iborat. Ko'pincha, bu bo'lim laboratoriya bo'yicha nizomda yoki lavozim yo'riqnomalarida bayon etiladi. • Rejalashtirish (reja funktsiyasi) qo'yilgan vazifalarni bajarish bo'yicha rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Masalan, turli muddatlar (yil, chorak, oy, kun)ga butun firma uchun biznes-reja, ishlab chiqarish rejasi, marketing tadqiqotlari rejasi, moliyaviy reja, ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazish rejasi va h.k. • Hisob funktsiyasi firma faoliyatining ko'rsatkichlarini hisobga olish usullari va shakllari: buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi va boshqalarni ishlab chiqish yoki tayyorlarini ishlatishdan iborat. Umuman olganda, hisob-kitob funktsiyasiga real xo'jalik jarayonlari to'g'risidagi axborotni olish, ro'yxatga qo'yish, jamlash, qayta ishlash va taqdim etish deb ta'rif berish mumkin. • Tahlil yoki tahlil funktsiyasi reja va buyurtmalarni bajarish yakunlarini o'rganish, ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, rivojlanish tendentsiyalarini o'rganish va h.k. bilan bog'liq. Tahlil qilinayotgan ob'ekt yoki jarayonning murakkabligi va darajasiga qarab, tahlil turli mutaxassislar tomonidan bajariladi. Firmaning bir yil yoki undan ko'proq davr mobaynidagi xo'jalik faoliyati natijalarini mutaxassislar, tsex, bo'lim darajasida esa iqtisodchi-mutaxassis bilan birgalikda ushbu daraja menejeri (boshliq yoki uning o'rinbosari) tahlil qilib chiqadi. • Nazorat funktsiyasi ko'pincha menejer tomonidan amalga oshiriladi: rejalarning bajarilishi, moddiy resurslarning sarflanishi, moliyaviy mablag'larni ishlatish va boshqalar ustidan nazorat qilish. • Rag'batlantirish yoki motivatsiya funktsiyasi qo'l ostidagi xodimlar mehnatini rag'batlantirishning turli usullarini ishlab chiqish va qo'llashni ko'zda tutadi: • moliyaviy rag'batlar — ish haqi, mukofot, aktsiyalar, lavozimda ko'tarilish va h.k.; • psixologik rag'batlar - tashakkurnomalar, yorliqlar,unvonlar, darajalar, hurmat taxtasi va h.k. So'nggi yillarda boshqaruv sohasida «qaror qabul qilish» tushunchasi va bu tushuncha bilan bog'liq tizimlar, usullar, qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash vositalari faol qo'llanila boshlandi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling