Ахборот тизимлари


An'anaviy tizimlarni yaratish davri uslubi


Download 1.84 Mb.
bet11/13
Sana16.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1516739
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish

An'anaviy tizimlarni yaratish davri uslubi (uni yana "SHarshara" modeli deb nomlashadi) quyidagi bosqichlardan iborat:
• Birinchi bosqichda hal qilinadigan muammo aniqlanadi va uning texnik jihatdan amalga oshirilish imkoniyati o'rganiladi. Bu yerda qo'yiladigan savol "Muammo nimadan iborat va bu muammoni yechish mumkinmi?".
• Tizim tahlili bosqichida "Muammo yechilishi uchun axborot tizimi nima qilishi kerak?"-degan savolga javob izlanadi. Bu bosqichda amaldagi tizim va uning ish jarayoni o'rganiladi. Bu esa tizimning kuchlik tarafini, kamchiligi va yangi imkoniyatlarini namoyish etadi. Tizim tahlili bosqichidan chiqadigan natija — tizim talablariro'ixati va ularning ustunligi.

• Tizim dizayni "Axborot tizimi muammoni yechish uchun qanday ish tutishi kerak?"-degan savolga javob beradi. Bu bosqichning natijasi - yangi yoki o'zgartirilgan tizimning batafsil dizayni. Tizim dizaynida
• kirish, chiqish, interfeys;
uskunalar, dasturlar, ma'lumotlar bazasi, telekommunikatsiya, xodimlar va protseduralar;
• ushbu komponentlar orasidagi aloqa va munosabatlar batafsil ko'rsatiladi.
• Tizimning amaliy yaratilish bosqichida dasturchilar ishga tushib, tizimni dastur holatiga olib kelishadi. Bu bosqichda, ma'lumotlar bazasi amalda yaratiladi, dastur dasturlash tillarida yoziladi, ma'lumotlar bazasi to'ldiriladi va sinovdan o'tkaziladi. Bu bosqichning natijasi to'la funktsional dasturdir.
• Yaratilgan axborot tizimi ishga tushgandan keyin vaqt o'tgan sari o'zgartirishlar kiritilishi muqarrardir. Bu bosqichda oldingi bosqichdagi ko'zga tashlanmagan xatolar to'g'rilanib tizim istalgan darajaga keltiriladi.
"SHarshara" modelida har bosqich tugagandan keyin ko'zdan kechiriladi va tekshiriladi. Agar biron bir xato aniqlansa, keyingi bosqichga mutlaq o'tilmaydi, balki oldingi bosqich ko'rib chiqiladi.
An'anaviy model boshqaruv uchun juda ham qulaydir. CHunki har bosqichdan keyin hamma qilingan ishlar qayta ko'riladi va hujjatlanadi. Har qaysi vaqtda yaratilish jarayoni qaysi darajaga yetganligi yaqqol aniqlanadi.



An'anaviy modelning kuchli va kuchsiz taraflari




Kuchli taraflari

Kuchsiz taraflari

Har bir bosqich ohirida qayta ko'rishi boshqaruvga nazorat imkoniyatini beradi.

Tizim foydalanuvchilari yaratuvchilar tushungan va anglagan tizimni qabul qiladilar. Foydalanuvchilarning va yaratuvchilarning tizim to'g'risidagi tushunchasi har hil bo'lishi mumkin.

Har bir bosqichdan keyin rasmiy hujjatlar tayyorlanadi.

Hujjatlashtirish qimmatga tushadi va ko'p vaqt talab qiladi.

Rasmiy hujjatlar tizim talablarini qondirishini kuzatib borish imkoniyatini beradi.

Foydalanuvchilar talablari ko'pincha noto'g'ri tushuniladi.

Bu uslubda ko'p oraliq yarim mahsulotlar yaratiladi va ularni talablar va standartlarga muvofiqligi ko'rinadi.

Foydalanuvchilar oraliq mahsulotlarni ko'rmaydilar va ularni talablarga muvofiqligini bila olmaydilar.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling