va hokazo.
UML – modellashning obyektga yо‗naltirilgan tili bо‗lib, u о‗zida quyidagi asosiy
xususiyatlarni aks ettiradi:
- u vizual modellashtirish tili bо‗lib, AT ishlab chiqaruvchilarning har xil guruhlari
uchun AT buyurtmachisi va ishlab chiqaruvchilari orasidagi о‗zaro aloqalarni bog‗lash
uchun о‗rtacha modellar bilan ta‘minlaydi;
- kengaytirish mexanizmini о‗z ichiga oladi va til haqidagi asosiy fikrlarni
maxsuslashtiradi;
- UML bu 1997 yili Object Managing Group (OMG) tomonidan qabul qilingan
dasturiy tizimlar uchun vizual modellashtirishning standart shaklidir va shu kunlarda bir
nechta obyektga yо‗naltirilgan CASA-mahsulotlar tomonidan qо‗llab-quvvatlanmoqda;
- UML о‗zi bilan bir nechta ichki modellashtirish ta‘minotlarini saqlaydiki, u hozirda
modellashtirishning bir nechta usul va ta‘minotlarida qabul qilingan. Bu fikr kо‗pchilik
tadbiqiy masalalar uchun zarur bо‗ladi.
Tildan foydalanuvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- kо‗pincha о‗zaro yaqin tadbiqlar uchun kengaytirish mexanizmini qо‗llamasdan
yadro ta‘minoti asosida model qurish;
- zarur hollarda yangi elemenlar va shartli belgilar qо‗shish.
Sinflar - bu ihtiyoriy obyektga yо‗naltirilgan tizim uchun asosiy elementdir. Sinflar -
bu о‗z xossalari (amallar, aloqalari, atributlari va semantikasi) bо‗yicha bir xil bо‗lgan
obyektlar tо‗plami sifatida xarakterlanadi. Modellar doirasida har bir sinfga о‗zaro
farqlanuvchi nom beriladi. Agarda qо‗shma nomlardan foydalanilsa, unga sinf joylashgan
paket nomi qо‗shiladi, bu holda sinfga kamdan kam uchraydigan nom beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |