uslublarni asosiy farklari tizimning asosini ajratish (DEKOMPOZITSIYA) usulidan
iborat. Obyektga yо‗naltirilgan usulda obyektni maydalashdan iborat, bu holda
tashkillanish obyektlar va ular orasidagi bog‗lanishlar tushunchalari bо‗yicha olib
boriladi, lekin tizim xususiyati obyektlar orasidagi axborot almashinishi tushunchalari
bо‗yicha tavsiflanadi. Bu uslubiyat maksadi tashkilot biznes modelida biznes vazifani
amalga oshirishda qatnashuvchi alohida obyektlarni aniqlab olishdan iborat. Quyidagi
70
maqsadlarni e‘tiborga olib quriladigan obyekt modeli obyektga yо‗naltirilgan
modellarning asosi hisoblanadi abstraktlashtirish, maydalash, modullash, tartiblash,
barobar olib borish, turg‗unlik. Obyektga yо‗naltirilgan usulning asosiy tushunchalari - bu
obyekt va sinfdir. Obyekt - bu narsa yoki hodisani aniq belgilangan xususiyatga ega va
xususiy xuquq va turg‗unlikka egadir. Sinf - bu obyektlar tо‗plamini xuquq va
tashkillanish bо‗yicha о‗zaro bog‗langan obyektlar tо‗plamidir. Obyektga yо‗naltirilgan
usulni keyingi asosiy tushunchasi bu vorislik (nasledovaniya) va kо‗maklashishdir.
Kо‗maklashish tushunchasi shunday tushunilishi kerakki, u obyekt bir necha tipga tegishli
bо‗lishi mumkin. Vorislik tushunsasi mavjud sinflar yordamida biror qо‗shimcha yoki
qayta aniqlik bilan yangi sinf ochishdir.
Vazifaviy modelda bajariladigan ish diagrammada obyektlar oqimini о‗zaro
bog‗laydi. Bu usulni asosiy katta imkoniyati AT loyihalashga tashkiliy yondashishni
amalga oshirish yuqoridan pastga qoidasi bо‗yicha olib boriladi. Bu modelni kamchiligi
jarayonlar va ma‘lumotlar bir-biridan bog‗lanmasdan amalga oshirilishidir. Obyektga
yо‗naltirilgan usulda AT ni loyihalash qoidasi ham о‗zgartiriladi. Sinflar ajratiladi, keyin
esa obyekt holatini imkoniyatiga qarab ma‘lumotlarni qayta ishlash usullari aniqlanadi. Bu
usulda UML tizimi bо‗yicha obyektni modellashtirishni grafik usuli ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: