Qoralamani qarab chiqish, kelishish va izohlashlar uchun ommalashtirish. Bu
bosqichda modelning qoralamasi tashkilotda keng mutaxassislar tomonidan muhokama
qilinadi.
Modelni rasmiy tasdiqlash. Kelishib olingan modelni tasdiqlash, agar modelning
adekvatligi bо‗yicha mualliflar va о‗quvchilarda qat‘iy tо‗xtalish bо‗lmasa, ishchi
guruhlarning rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ma‟lumotlar oqimining funksional metodikasi. Metodika maqsadi bu modelni
qaralayotgan tizimdagi ma‘lumotlar oqimini diagramma (Data Flow Diagram - DFD)
kо‗rinishida qurishdan iborat. Ma‘lumotlar oqimi diagrammalari loyihalashtirilayotgan
tizimga bо‗lgan funksional talablarni modellashtirish vositasi hisoblanadi.
Ma‘lumotlar oqimi diagrammalarini yaratishda quyidagi asosiy tо‗rtta tushunchadan
foydalaniladi: ma‘lumotlar oqimi, kiruvchi ma‘lumotlar oqimini chiquviga aylantiradigan
jarayonlar (ishlar), tashqi mohiyat, ma‘lumotlarni saqlovchilar.
Ma‘lumotlar oqimi abstrakt bо‗lib, axborotlarni (yoki fizik komponentlarni)
tizimning bir qismidan boshqasiga uzatishda foydalaniladi. Oqimlar diagrammalarda
axborot harakatining yо‗nalishini kо‗rsatuvchi nomlangan yо‗nalishlar bilan tasvirlanadi.
Jarayonni (ishni) belgilash chiqishdagi chiquvchi oqimlarda tashkil qilinadi va
jarayon nomi bilan ifodalanadi. Jarayon nomi fe‘lning qо‗shimcha tо‗ldiruvchili noaniq
shaklida bо‗lishi kerak (masalan, ―mahsulotni jо‗natish bо‗yicha hujjatlarni qabul qilish‖).
Ma‘lumotlarni saqlash kо‗rsatilgan uchastkalarda ma‘lumotlarni aniqlash imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |