Ахборот тизимларини лойиҳалаш
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.
5.2-rasm. Funksional blok
Interfeysli yoy (Arrow) - sistemaning funksional blokda qayta ishlanuvchi elementlarini tasvirlaydi. Interfeysli yoy kо‗pincha oqimli yoki strelkali deb nomlanadi. Interfeysli yoy yordamida sistemada yuz beruvchi u yoki bu darajada aniqlanadigan jarayonlarning turli obyektlari tasvirlanadi. Bunday obyektlar haqiqiy dunyo elementlari (detallar, vagonlar, xodimlar va shu kabilar) yoki ma‘lumotlar va axborotlar (hujjatlar, ma‘lumotlar, kо‗rsatmalar va shu kabilar) bо‗lishi mumkin. Har qanday funksional blok standart talablari bо‗yicha hech bо‗lmaganda bitta boshqaruvchi va bitta chiquvchi interfeysli yoyga ega bо‗lishi kerak. Demak, har bir jarayon qandaydir qoida bо‗yicha yuz berishi (boshqaruvchi yoy bilan tasvirlanuvchi) va bir muncha natijalarni chiqarishi (chiquvchi yoy) kerak, uni boshqacha qarash hech qanday ma‘noga ega emas. Boshqaruvchi interfeysli yoyning mavjud bо‗lishining majburiyligi DFD (Data Flow Diagram) va WFD (Work Flow Diagram) sinflarining metodologiyasidan IDEF0 standartining asosiy farqi hisoblanadi.
68
Dekompozitsiya (Decomposition) IDEF0 standartining asosiy tushunchasidir. Dekompozitsiya prinsipi murakkab jarayonlarni ularni tashkil etuvchi funksiyalariga ajratishda qо‗llaniladi. Shuning uchun jarayonning detallashtirish darajasi modellarni ishlab chiquvi tomonidan bevosita aniqlanadi. Dekompozitsiya sistemalar modelini iyerarxik kо‗rinishda alohida diagrammalarda doimiy kо‗rsatish imkonini beradi. IDEF0 tushunchasining oxirgi tushunchasi glossariydir (Glossary). IDEF0 ning har bir elementi uchun (diagrammalar, funksional bloklar, interfeysli yoylar) mavjud standart shu element bilan tasvirlanuvchi obyektni xarakterlaydigan mos aniqlanish, kalit sо‗z va shu kabilarni yaratishni va qо‗llab-quvvatlashni tushunadi. Bunday tо‗plam glossariy deyiladi va shu elementning mavjudligin ifodalaydi. Glossariy aniq grafik tilni diagrammaga zaruriy qо‗shimcha ma‘lumotlarni qо‗shish bilan hamohang ravishda tо‗ldiradi. IDEF0 modeli har doim sistemani bir butun – interfeys yoyli funksional blok sifatida taqdim etishdan boshlanadi. Bitta funksional blokli bunday diagramma kontekstli diagramma deyiladi. Kontektstli digrammaning tushuntiruv matnida diagrammani qurish maqsadi (Purpose) qisqacha izoh bilan kо‗rsatilishi va nuqtai-nazari (Viewpoint) belgilanishi lozim. IDEF0-modellarni ishlab chiqish maqsadining aniqlanishi va rasmiylashtirilishi eng kerakligi hisoblanadi. Faktik maqsad о‗rganilayotgan sistemada birinchi navbatda e‘tibor qaratilishi lozim bо‗lgan mos sohani aniqlashdan iborat. Modellar rivojlanishi va kerak detallashtirishlarning asosiy yо‗nalishlarini aniqlaydi. Aniq belgilab qо‗yish – sistemada tanlangan nuqtai-nazardan kelib chiqib, detallashtirishdan va alohida elementlarni о‗rganishdan rad qilingan hamda zarur bо‗lmagan model ishini yakunlaydi, nuqtai-nazarni tо‗g‗ri tanlash yakuniy modelni qurishda ketadigan vaqt sarfini qisqartiradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling