Ахборот тизимларини лойиҳалаш
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.
Texnik struktura
Topologiya texnik vositalarni tashkilotning kichik bо‗linmalari strukturasi bо‗yicha territorial joylashishini, kommunikatsiya esa – strukturali kichik bо‗linmalarni о‗zaro ishlashini texnik usullarini aniqlaydi. Modellar tashqi darajada ma‘lumotlarni qayta ishlashning texnik vositalari tiplarini va ularni kichik bо‗linmalar strukturasi bо‗yicha joylashishini aniqlaydi. Konseptual darajada esa strukturali kichik bо‗linmalarning texnik majmualari orasidagi aloqa usullarini aniqlaydi: hujjatlarni fizik kо‗chishi, mashinali tashuvchi, aloqa kanallari bо‗yicha axborot almashish va h.k. Ichki darajada esa hisoblash tarmog‗i arxitekturasining ―mijoz-server‖ modeli quriladi. Qaralayotgan sohaning aytib о‗tilgan modellari AT ning alohida komponentlarini loyihalashga mо‗ljallangan: ma‘lumotlar, funksional dasturiy modul, boshqaruvchi dasturiy modul, foydalanuvchi interfeysining dasturiy moduli, texnik majmualar strukturasi. Kо‗rsatilgan komponentlarni sifatliroq loyihalash uchun AT ning turli komponentlarini о‗zaro muvofiqlashtiruvchi modellarni qurish talab etiladi. Oddiy holatlarda bunday modellar sifatida kesishgan ishoratli matritsalardan foydalanish mumkin: ―obyektlar-funksiyalar‖, ―funksiyalar-voqealar‖, ―tashkiliy birlik - funksiyalar‖, ―tashkiliy birlik-obyektlar‖, ―tashkiliy birlik-obyektlar‖, ―tashkiliy birlik-texnik vositalar‖ va h.k. Bunday matritsalar ravshan emas va о‗zaro ta‘sirlarni yuzaga kelish asoslarini tasvirlamaydi. AT komponentlarining о‗zaro ta‘sirini tо‗g‗ri tasvirlash uchun, asosan obyektlar va funksiyalar bilan, bunday komponentlar ustida qо‗shma modellashtirishni amalga oshirish zarur. Strukturali tizimli tahlil uslubiyoti bunday masalalarni yechishda jiddiy yordam beradi. Strukturali tahlil deb tizimni shunday tadqiq qilish usuliga aytiladiki, unda tadqiq qilish tizimning umumiy tavsifi bilan boshlanib, keyin detallashtiriladi. Bunday usullarga quyidagilar xarakterli: elementlarni abstraksiya darajasida cheklangan elementlarga bо‗lish (3 dan 7 gacha); har bir darajaning asosiy detallarigagina ega bо‗lgan, cheklangan kontekst; yozuvlarning qat‘iy rasmiy qoidalaridan foydalanish; natijaga ketma-ket yaqinlashish. Strukturali tahlil ikkita bazaviy prinsipga asoslanadi – ―taqsimla va bо‗ysundir‖ va iyerarxik tartiblash. Murakkab masalalarni ularni kichik alohida masalalar tо‗plamiga ajratish yо‗li bilan xal qilish (―qora quti‖ deb nomlanuvchi) va bu masalalarni
66
daraxtsimon iyerarxik kо‗rinishda tashkil etish murakkab tizimni tushunishni sezilarli darajada oshiradi. Strukturali tahlilda kalit tushunchasini aniqlaymiz. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling