Obyektli struktura
Obyekt – bu ba‘zi funksiya va operatsiyalarni (о‗tkazish, qayta ishlash, tashkil etish)
bajarishda qо‗llaniladigan mohiyatdir. Obyektlar dinamik va statik xususiyatlarga ega
bо‗lishi mumkin:
- dinamik obyektlar ijroning bir siklida qо‗llaniladi, masalan, mahsulot uchun
buyurtma, tо‗lov uchun hisob, tо‗lovlar;
- statik obyektlar ijroning kо‗plab sikllarida qо‗llaniladi, masalan, qurilmalar,
shaxslar, materiallar zahiralari.
Modellar detalizatsiyasining tashqi darajasi materialli obyektlarning asosiy
kо‗rinishlarini (masalan, xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor
mahsulotlar, xizmatlar) va informatsion obyektlar yoki hujjatlarning asosiy kо‗rinishlarini
(masalan, buyurtmalar, nakladnoylar, hisob va h.k.) belgilaydi.
QS modellarini qurishning konseptual darajasi obyekt sinflarining tarkibini, ularning
atributlari va о‗zaro aloqalarini aniqlashtiradi. Shunday qilib, QS strukturalarini
umumlashgan tasavvuri quriladi.
Ichki darajadagi konseptual model EIS kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning
ma‘lumotlar bazasi fayllari kо‗rinishida tasvirlanadi. Dinamik obyektlar axborot yoki
hujjatlarning о‗zgaruvchi birligida beriladi, statik obyektlar esa rо‗yxatlar, nomenklatura,
baho kо‗rsatkichlar, spravochniklar, klassifikatorlar kо‗rinidagi axborotlarning shartli-
о‗zgarmas birliklarda beriladi. Ma‘lumotlar bazasi modeli doimiy qо‗llab-quvvatlanuvchi
axborot resursi sifatida informatsion jarayonlarning takrorlanishida foydalaniladigan
axborotning shartli-о‗zgarmas va yig‗iluvchi birligini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |