Boshqaruv strukturasi
Biznes-jarayon funksiyalarining hammasi jarayon kechishining turli shartlariga
bog‗liq ravishda alternativ yoki siklik ketma-ket bо‗lishi mumkin. Bu shartlar tashqi
muhitda yoki о‗sha jarayonda yuz beruvchi voqelik bilan va obyektlarning aniqlangan
holati bilan bog‗liq (masalan, buyurtma qabul qilindi, rad qilindi, tо‗g‗rilashga yuborildi).
Voqelik funksiyani bajarishga undaydi, о‗z navbatida, ba‘zi biznes-jarayonlar
yakunlanmagunigacha obyekt holatini о‗zgartiradi va yangi voqelikni shakllantiradi va
hokazo. U holda voqeliklar ketma-ketligi biznes-jarayonning aniq amalga oshirilishini
tashkil qiladi.
Har bir voqelik ikkita nuqtai-nazar bilan ifodalanadi: axborotli va protsedurali.
Axborotli voqelik bir qator xabarlar kо‗rinishida tasvirlanadi. Protsedurali voqelik yangi
funksiyani bajarishga chaqiradi, shuning uchun obyektning har bir holati uchun bu
chaqiriqlarning tavsifi berilgan bо‗lishi shart. Shunday qilib, voqelik biznes-jarayon
funksiyasining bajarilishi uchun asosiy rolga ega.
Tashqi darajada tashqi voqealar tashkilotning tashqi vositalar rо‗yxati (soliqlar
tо‗lovi, kreditlar bо‗yicha foizlar, shartnomalar bо‗yicha qо‗yilmalar va h.k.) hamda
biznes-jarayonga mos kelishi shart bо‗lgan maqsadli qurilmalar rо‗yxati (jarayonni
bajarilish reglamenti, material zahirasini qо‗llab-quvvatlash darajasi, mahsulotning sifat
darajasi va h.k.) aniqlanadi.
Konseptual darajada esa biznes-qoida о‗rnatiladi, bu esa biror voqelik sodir
bо‗lganda funksiyaga murojaat etish shartini aniqlaydi.
Ichki darajada biznes-qoidalarning formalizatsiyasi triggerlar yoki dasturiy
modullarga murojaat qilish kо‗rinishida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |