Tashkiliy struktura о‗zida iyerarxik va jarayonli munosabatlar bilan aloqador
tashkiliy birliklar tо‗plamini tasvirlaydi. Tashkiliy birlik – bu umumiy funksiya yoki
biznes-jarayonlar tо‗plamini bajarish uchun qaratilgan shaxslar tо‗plamidan iborat kichik
bо‗limdir. Funksional-yо‗naltirilgan tashkiliy strukturada tashkiliy birlik boshqaruvning
bir funksiyasiga tegishli bо‗lgan va turlicha jarayonlarga kiruvchi funksiyalarni tanlab
oladi. Jarayonli-yо‗naltirilgan strukturada esa tashkiliy birlik boshqaruvning turli
funksiyalariga tegishli bо‗lgan va jarayonning bir tipiga kiruvchi funksiyalarni tanlab
65
Tashqi darajada korxonaning strukturali modeli tashkiliy birlik yoki о‗zaro aloqador
kichik bо‗linmalar rо‗yxati iyerarxiyasi kо‗rinishida quriladi.
Konseptual darajada esa har bir kichik bо‗linma uchun lavozimning tashkiliy-shtatli
strukturasi beriladi.
Ichki darajada esa AT ning avtomatlashtirilgan funksiyasiga shaxsning ruxsat
etilishlik qoidasiga talablar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: