Ахборот тизимларини лойиҳалаш
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Raul Sidnei Wazlawick. Object-Oriented Analysis and Design for information Systems. Modeling with UML, OCL, and IFML. -USA, 2014. -p. 314. 2. Shouhong Wang, Hai Wang. Information Systems Analysis and Design. -USA: Universal-publishers, 2012. -p.263. 3. Избачков Ю., Петров В. «Информационные системы» -СПб.: Питер, 2005. 4. Матвеев С.И. и др. «Геоинформационные системы и технологии на железнодорожном транспорта» -М., 2002. 5. Проектирование информационных систем: курс лекций: учеб пособие для студентов вузов, обучающихся по специальностям в области информ. технологий / В. И. Грекул, Г. Н. Денищенко, Н. Л. Коровкина. -М.: Интернет Ун-т Информ. Технологий, 2005. -304 с.: ил. 6. Гвоздева В. А., Лаврентьева И. Ю. Основы построения автоматизированных информационных систем. Учебник. -М.: ИД «ФОРУМ» ИНФРА-М, 2007. -320 с.: ил. 7. Смирнова Г.Н. Проектирование экономических информационных систем: Учебник / Г.Н. Смирнова, А. А. Сорокин, Ю. Ф. Тельнов; Под ред. Ю. Ф. Тельнова. - М.: Финансы и статистика, 2003. -512 с.: ил. 8. Вендров А.М. Case-технологии. Современные методы и средства проектирования информационных систем. –М.: Финансы и статистика, 1998.
61
9. К. Дейт. Введение в системы баз данных. 7-е изд. -М.: СПб.: Вильямс, 2000. 10. Буч Г., Рамбо Д., Джекобсон А. Язык UML: руководство пользователя. -М.: ДМК, 2000. 11. Internet saytlar: www.wessex.ac.uk ,
www.miit-inf.ru , www.rgotupc.ru , www.liigt-inf.ru va hokazo.
AT ni loyihalash asosida qaralayotgan sohani (QS) modellashtirish yotadi. QS modeli deganda ba‘zi tizimlar, jumladan, strukturani imitatsiyalovchi yoki tadqiq etiluvchi QS ni funksionirlash va asosiy talablarga javob beruvchi tizimlar tushuniladi. QS ni avvaldan modellashtirish loyihalanuvchi ishni olib borish vaqtini va muddatini qisqartirish hamda anchagina unumli va sifatli loyihani yaratish imkoniyatini yaratadi. QS ni modellashtirishni amalga oshirmaslik strategik muammolarni xal etishda, ya‘ni tizimni keyingi loyihalashda iqtisodiy yо‗qotishlar va xarajatlarga sabab bо‗luvchi katta xatoliklarga yо‗l qо‗yilish ehtimolligini oshiradi. Shu sababli, AT ni loyihalashning barcha zamonaviy texnologiyalari QS ni modellashtirish metodologiyalarini qо‗llashga asoslanadi. QS modellariga quyidagilarni kо‗rsatish mumkin:
buyurtmachilar va ishlab chiquvchilar uchun tushunarli bо‗lishi maqsadida modelni grafik vositalarni qо‗llash yordamida tasvirlash;
amalga oshuvchanlik, AT qaralayotgan sohasining modelini fizik realizatsiya qilish vositasini mavjud deb bilish;
modelini realizatsiya qilishning unumdorlik bahosini ta‘minlash. Sanab о‗tilgan talablarni amalga oshirish uchun, qoidaga binoan, modellar tizimini qurilib, bu modellar qaralayotgan sohaning strukturali va baholash jihatlarini tasvirlaydi. Strukturali jihat quyidagilarni qurishni nazarda tutadi:
obyektlarida о‗zaro ta‘sirga ega tarkibni tavsiflaydi;
funksional struktura – jarayonlardagi obyektlarni о‗zgartirish bо‗yicha funksiyalarning aloqalarini tavsiflaydi;
biznes-qoidalarni tavsiflaydi;
tashkiliy struktura – jarayondagi korxona va shaxslarning tashkiliy birliklarini о‗zaro ta‘sirini tavsiflaydi;
uslublari topologiyasini tavsiflaydi. 62
Qaralayotgan soha modelining strukturali aspektini tavsiflash uchun asosan tizim komponentlari tо‗g‗risidagi ma‘lumotlarni taqdim etishni kafolatlay oladigan grafik usullardan foydalaniladi. Hujjatlashtirishning grafik usullariga bosh talab – oddiylikdir. Grafik usullar tizim tasniflarining strukturali dekompozitsiyalarini maksimal darajada detallashtirish va dekompozitsiyaning yaqin darajada tavsiflarini kelishuvini ta‘minlashi kerak.
Modellashtirish bilan bevosita loyihaviy yechimlarni taqdim etish tilini tanlash muammosi ham mavjud, bu esa tizimni ishlab chiqish uchun yangi foydalanuvchilarni imkon qadar kо‗prok jalb qilishga ta‘sir kо‗rsatadi. Modellashtirish tili – bu notatsiya, asosan loyihalarni tavsiflash uchun foydalaniladigan grafika. Notatsiya о‗zida modelda foydalaniladigan grafik obyektlar tо‗plamini mujassamlashtiradi. Notatsiya modellash- tirish tilining sintaksisi hisoblanadi. Modellashtirish tili, bir tomondan loyihachilar yechimini foydalanuvchilarga tushunarli qilish, boshqa tomondan esa, loyihaviy yechimlarni yetarlicha rasmiylashtirilgan va bir qiymatli aniqlangan vositalarni loyihachilarga taqdim etishdan iborat. Grafik tasvirlar har doim ham axborotlarni taqdim etishning kо‗p hajmliligi bо‗la olmaydi. Shuning uchun loyihachilar shuni hisobga olishlari kerakki, masalani qо‗yi- lishidan tortib toki dasturni EHM da amalga oshirishgacha bо‗lgan hujjatlashtirishning grafik usullari loyihaviy yechimlar dekompozisiyasini tо‗liq ta‘minlab bera olmaydi. Tizimni tahlil qilish bosqichidan loyihalash bosqichiga, asosan dasturlashga о‗tishda murakkablik yuzaga keladi. Qaralayotgan sohaning strukturali modelining adekvatligini bosh kriteriyasi ishlab chiqiluvchi AT ni funksional tо‗liqligidan kelib chiqadi. QS ni modellashtirishning baholovchi aspektlari avtomatlashtiriladigan unumdorlik kо‗rsatkichlarini ishlab chiqish bilan bog‗liq bо‗lib, unga quyidagilar kiradi:
masalani yechish vaqti;
ma‘lumotlarni qayta ishlashga ketgan xarajatlar;
jarayonlarni ishonchliligi;
unumdorlikning qо‗shimcha kо‗rsatkichlari, ya‘ni ishlab chiqish hajmi, mehnat unumdorligi, aylanma mablag‗, rentabellik va shu kabilar. Unumdorlik kо‗rsatkichlarini hisoblash uchun odatda funksional-qiymat tahlilining (FQT) statistik usullaridan va imitatsion modellashtirishning dinamik usullaridan foydalaniladi. AT qaralayotgan sohasini modellashtirishning turli metodologiyasi asosida mavxum kategoriyalarni ketma-ket detallashtirish prinsiplari yotadi. Odatda modellar uchta darajada quriladi: tashqi darajada (talablarni aniqlash), konseptual darajada (talablarni tasniflash) va ichki darajada (talablarni amalga oshirish). Tashqi daraja model tizim nima qilish kerak degan savolga javob berishi kerak, ya‘ni tizimning asosiy komponentlari tarkibi aniqlanadi: obyektlar, funksiyalar, voqealar, tashkiliy birlik, texnik vositalar. Konseptual darajada esa model, tizimni qanday funksionirlash kerak, degan savolga javob 63
beradi. Boshqacha aytganda, tizimning bir va turli tipdagi komponentlarining о‗zaro ta‘siri xarakterlarini aniqlaydi. Ichki darajada esa model, tizimga bо‗lgan talabni amalga oshirish uchun qaysi dasturiy-texnik vositadan foydalanadi, degan savolga javob beradi. AT ning HS vaziyati bilan birga mantiqiy (texnik) va fizik (ishchi) loyihalash modellarining tavsiflangan darajalari mos ravishda talablarni tahlil qilish bosqichida quriladi. Qaralayotgan sohaning modelini qurishning о‗ziga xos xossalarini detalizatsiyalashning uchta darajasida kо‗rib chiqamiz:
Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling