Operatsiya – bitta ishchi о‗rinda bajariladigan elementar (bо‗linmaydigan) ish.
Funksiya – aniqlangan belgilari bо‗yicha guruhlashtirilgan operatsiyalar tо‗plami.
Bizness-jarayon – о‗zaro bog‗langan funksiyalar tо‗plami bо‗lib, bajarilish
davomida belgilangan resurslarni iste‘mol qiladi va iste‘molchi uchun ahamiyatli bо‗lgan
mahsulot yaratadi (predmet, xizmat, ilmiy ochilishlar, g‗oya).
Jarayon – bu biznes-jarayon bо‗lib, ba‘zi biznes-jarayonlarning strukturali elementi
bо‗lib hisoblanadi va iste‘molchi uchun ahamiyatlidir.
Biznes-model – jarayonlar va operatsiyalarni strukturalashtirilgan grafik tavsifi
bо‗lib, korxonaning mavjud yoki taxmin qilinayotgan ish faoliyatini tasvirlovchi
ma‘lumotlar, hujjatlar, tashkiliy birliklar va boshqa obyektlar bilan bog‗liqdir.
Qaralayotgan sohani strukturali modellashtirishning turlicha usullari mavjud bо‗lib,
ularning orasida funksional yо‗naltirilgan va obyektli yо‗naltirilgan usullarni alohida
ta‘kidlash mumkin.
Biznes-modellashtirish jarayoni turli usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Tashkilotning turlicha tasavvur etilishi bilan bog‗liq ravishda usullarni obyektli va
funksional (strukturali) turlarga bо‗linishi kelishib olingan.
Obyektli usullar modellashtiriladigan tashkilotni о‗zaro ta‘sirli obyektlar – ishlab
chiqarish birligi sifatida qaraladi. Obyekt sezilarli reallik sifatida, ya‘ni predmet yoki
harakat bо‗lib aniqlanishi mumkin. Bunday metodikani qо‗llashdan maqsad tashkilotni
tashkil etuvchi obyektlarni ajratish va ularga bajaruvchi harakatlari bо‗yicha javobgarlik
taqsimlashdan iborat.
Funksional metodika, IDEF metodikalari orasidagi mashhurrog‗i bо‗lib, u tashkilotga
kiruvchi axborotlar oqimini chiquvchiga aylantiradigan funksiyalar yig‗indisi sifatida
qaraydi. Axborotlarni о‗zgartirish jarayoni aniqlangan resurslarni sarflaydi. Obyektli
metodikadan asosiy farqi funksiyalarni о‗sha ma‘lumotlardan aniq ajratish bilan
izohlanadi (ma‘lumotlarni qayta ishlash usullari).
Biznes-modellashtirish nuqtai-nazardan qaraganda, kо‗rsatilgan yondoshishlarning
har biri о‗zining afzalliklariga ega. Obyektli yondoshish о‗zgarishlarga anchagina turg‗un
sistemani qurish imkonini beradi, tashkilotlarning mavjud strukturalariga kо‗proq mos
keladi. Funksional modellashtirish esa tashkiliy strukturani о‗zgarishi jarayonida yoki
umuman kuchsiz rasmiylashtirilgan holatlarida о‗zini yaxshi kо‗rsata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |