Ilk IDEF0 ishlab chiqarish tashkilotlarini avtomatlashtirishning kengaytirilgan
dasturlari doirasida 1981 yili standart sifatida ishlab chiqilgan va ICAM (Integrated
Computer Aided Manufacturing) deb nomlangan. IDEF standartlar oilasi о‗zining nomini
shu dasturlar nomlaridan olgan (IDEF=Icam DEFinition) va uning sо‗nggi tahriri 1993 yil
dekabr oyida AQSH Standartlar va texnologiyalar bо‗yicha milliy institutida chiqarilgan.
67
Metodikaning maqsadi tadqiqot sistemalarining funksional sxemalarini qurishdan
iborat bо‗lib, sistemalar faoliyatini bir qiymatli modellashtirish uchun yetarli bо‗lgan
barcha zaruriy jarayonlarni aniqlik bilan ifodalaydi.
Metodologiya asosida tо‗rtta asosiy tushunchalar yotadi: funksional blok, interfeysli
yoy, dekompozitsiya, glossariy.
Funksional blok (Activity Box) qaralayotgan sistemalar doirasida bir muncha aniq
funksiyalarga ega. Standart talablari bо‗yicha har bir funksional blokning nomi glagol
fe‘lli faylda ta‘riflanishi kerak (masalan, ―xizmatlarni ishlab chiqish‖).
Diagrammada funksional blok tо‗g‗ri tо‗rtburchak bilan tasvirlangan (5.2-rasm).
Tо‗g‗ri tо‗rtburchakning tо‗rttala tomoni о‗zining aniq qiymatiga ega, bunda:
-
yuqori qismi ―Boshqarish‖ qiymatini beradi (Control);
-
chap qismi ―Kirish‖ qiymatini beradi (Input);
-
о‗ng qismi ―Chiqish‖ qiymatini beradi (Output);
-
pastki qismi ―Mexanizm‖ qiymatini beradi (Mechanism).
Do'stlaringiz bilan baham: