Ahmad Lutfiy Qozonchi


Download 164.49 Kb.
bet7/17
Sana07.11.2020
Hajmi164.49 Kb.
#142190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2 5274008372478215655

* * *

Bugun maktablar ochnladi. Husayin hayajonda. Azonlab onasi tayyorlagan nonushtadan chala-chulpa yeb, dasturxondan ko‘zg‘aldi.



  • Yesang-chiqo‘zichog‘im!

  • Yeyolmadim, ona. Butun hayajondaman. Fotimaxonim Husayinning kiyimlarini o‘z ko‘li bilan tuzatdi. Sumkasini ko‘liga tutqazdi. So‘ng ro‘parasiga o‘tnb unga qaradi. Endi o‘n uchga kirgan ma’sum chehrali yetimiga bu ko‘rinish juda yarashgandi. «Rahmatli onasi ko‘rsaydi... Qanchalar sevinardi! — deb o‘yladi. — Ona, menketdim.

  • Qo‘limni o‘pmasdanmi,o‘g‘lim?

Husayin sumkasini ko‘yib, onasining qo‘lini o‘pdi. Fotimaxonim uni quchib, bag‘riga bosdi,

  • Mening oy yuzli bolam, shafoatchi bo‘lasan menga, dunyodan o‘tsam o‘qib, duo qilarsan, farzandim. Shu kunla-ringni ko‘rsaydim! Shaqodatni ko‘tarib kelgan kuningga yetsaydim.

Fotnmaxonim so‘zlarkan ko‘zlarida paydo bo‘lgan yosh-lar ko‘nglidagi samimiy sevinchdan boshqa narsa emasdi. Husayinning yualaridan bir-bir o‘pdi.

  • Meni uyaltirma, o‘g‘lim! Husayin sinfda qoldi, degan gap bo‘lmasin, tinmay harakat qil,o‘qi!

  • Harakat qilaman,ona.

Husayin maktabga ketdi. Peshinda makggabdan qayttan bolasini Fotimaxonim boshlang‘ich maktabda bo‘lganidan ziyoda sevinch va buyuk hayajon bilan kutib oldi. Maktabini yaxshi ko‘rnshini aytganida yuzlaridan nur tomgan ona uni duolar qildi, unga ikki dunyo saodatini Parvardigordan so‘radi.

Husayik o‘qishni shunday hislar bilan boshladi. Kunlar, ularning ketidan oylar shunday tuyg‘ular ichra kechdi.

Imom Xatib maktabi Husayinga nima berishi mumkin?

Avvalo har maktab, xar bir o‘qish o‘z talabasiga nima bersa, bu maktab ham shuni beradi. Bundan ziyoda Yarat-ganni va o‘ziga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan payg‘ambarni tanlamoq, uning yo‘lida yurishning har xil kibr va shuhratdan holi viqor va vazminlik tuyg‘ularini baxsh etishini, qisqasi, komil inson bo‘lishni tashviq etadi.

Husayinning bu maktabda o‘tkazgan ilk ikki yili — bolalikning so‘ngi bo‘lib, bolalarcha kechdi. Qisqasi, bu ikki yilda Fotimaxonim Husayinga boshlang‘ich maktabda bo‘lgani kabi imkoni boricha yordamlashdi. Bundan maqsad Husayinga dars o‘rgatishdan ko‘ra ko‘proq uni dars tayyorlashga undash, kirishtirish edi. Shu bilan birga Husayinning

kasbga yo‘naltirilgan maxsus diniy darslarini o‘zi ham talaba singari o‘rganishga xarakat qildi.

Ba’zan Husayin maktabdoshlari bilan birga uyda dars tayyorlar, Fotimaxonim ularga choy damlar, taom chiqarar, tortinmasdan o‘tirishlari uchun imkon berardi. Ba’zan ular o‘tirishgan xonaning eshigigacha kelib, quloq solar, dars tayyorlab-tayyorlamayotganini nazorat qilardi. Balki u gap poylab, maroqlanish uchun shunday qilgan dersiz? Fotimaxonimdek odob va tarbiya namunasi, iffat va fazilat obidasi bo‘lgan bir xonimga nisbatan bu savolga «ha» deb javob berganlar gunoh ostida qoladilar. Uning maqsadi bolasining dars tayyorlash bahonasida behuda vaqt sarflab, behuda narsalarga berilmasligini nazorat qilyash edi. Har holda bunday maqsad bilan o‘g‘lining xatti- harakati oatarbnyasini nazorat qilgan Fotimaxonimning ma’zur etilmasligiga jiddiy bir sabab topilmasakerak.

Husayin ikki yillik taxsil hayotini onasining e’tibori va yordami bilan muvaffaqiyatli ado etdi.

Bu yil Husayin uchinchi sinf talabasi — balog‘at yoshiga kirib, uyning ikkinchi erkaga sanalib qoldi.

Yanayam to‘g‘rirog‘i, u o‘zini shunday his etmoqda edi. Hatto o‘smirlikning ba’zi bir tabiiy havoyiliklarini ko‘rsata boshladi. Goh maktabdan chiqnb uyga kech kelar, kelar- kelmas sumkasini ko‘yib hech kim bilan gaplashmasdan, men falon yerga boraman demasdan chiqib ketardi. Izzat-nafs belgilari bilinib qoldi. Ba’zan do‘stlari bilan dars tayyorlashga ketib, tun yarmidaqaytardi.

Bomdodga uyg‘otmoq uchun Husayinning yoniga kirgan Fotimaxonim tamaki xidini sezib ijirg‘andi, egilib hidladi — aniq tamaki hidi. O’g‘lini uyg‘otib o‘zi joynamoz uzra tiz cho‘kdi. Ko‘zlari derazadan elas-elas qo‘rinayotgan tumanli tog‘larga qaraganday. Faqat ularga tomosha qilish niyati bilan qaramayotgani aniq. Zotan tomosha qilayotganning qo‘zlari bu qadar tolg‘in bo‘lmaydi. Ko‘zlardagi tolg‘inlik qalbning g‘ayri odatiy tashvishga duch kelganidan dalolat. Haqiqatan, Fotimaxonim bomdoddan so‘ng oxirat diyoriga ko‘chganlarga oyatlar o‘qib, duolar qilishni odat etgandi. Oradan olti-etti daqiqa o‘tib ham Husayin turavermagach, yana uning yoniga bordi. Haligi hid yana uni bezovta va xafaqildi.


  • Husayin, qani tur, namoz o‘tibketyapti.

  • Ona, bu kecha kechyotdim.

  • Namozingni o‘qib, yanayotaverasan.

  • Ko‘zlarimni ocholmayapman, ona, yana bir soat ruxsatbering.

  • Bo‘lmaydi, o‘g‘lim. Hozir quyosh chiqadi. Namoz uyqudanxayrlidir.

So‘ngra uning qo‘lndan tutib ko‘tardi. Husayin haqiqatan uyquga to‘ymagandi. Kech yotgandi. Shuningdek onasining turg‘azmasdan qo‘ymasligini o‘z ismini bilgandek aniq bilardi. Bugungacha kun chiqqach bomdodni o‘qiganini yoki kun chiqmasdan avval o‘qimaganini eslayolmaydi. Namozini o‘qidi va yana yotdi.

Bir soat o‘tib turgach, onasining yuzida qayg‘u alomatlari ko‘ringanday bo‘ldi.



  • Tobingiz yo‘qmi,ona?

  • Yo‘q,o‘g‘lim.

  • Xafa ko‘rinasiz.

  • Ha,xafaman.

  • Nima bo‘ldi? Nega xafasiz? Bu gal Fotimaxonimso‘radi:

  • Qayg‘umning sababini bilsang, meni qanday hursandqilasan?

  • Kuchim yetgancha sizni xursand etishga harakat qilaman,ona.

  • Unday bo‘lsa, to‘g‘risini ayt. Meni aldaganing bilan Allohni aldayolmaysan. Shuni bilib, to‘gri gapir. Sendan nega tamaki hidi kelyapti? Nechun gul yuzli bolamdan bu irganch hidni sezyapman? Javob ber menga, shu zaqkumnichekdingmi?

  • Yo‘q... yo‘q, chekmadimona.

  • Unda nega ust-boshing bunchaliksasiydi?

  • Kecha do‘stlarim chekishdi. Shuning hidisinggandir.

  • Nega chekmanglardemading?

  • Menga nima, ona. Menga kuloqsolisharmidi?!

  • Unda to‘g‘ri so‘zingga quloq solmaydiganlar bilan nega do‘st bo‘lasan? Tozaroq, tug‘riroqlar bilan do‘stlasholmaysanmi? Senga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan, sen to‘g‘risini aytganingda qabul qiladigan do‘stlaring nega yo‘q? Haqli so‘zingta e’tiroz etsalar, nechun tark etmaysanularni?

Bu so‘zlar Husayinning bardoshini nuratdi, hissiyotini ranjitdi.

— Tark etib bo‘ladimi, ona?! Tark etsam xafa bo‘lmaydilarmi? Do‘stlarni xafa qlish to‘g‘rimi?



  • Yaxshi, onani xafa qilish to‘g‘rnligani qaysi kitobda o‘qiding? Ona seni ezgulikka da’vat etarkan do‘stlarimni ranjitmay deb onani xafa qilsang, Alloh rozi bo‘larmikan? Senga sigaret chektirib yoki sening yoningda chekishdan boshqa hunari yo‘q, senga insonlikni unutdiradigan, onaga bosh ko‘tartiradigan oshnani lo‘lilarning orasidan ham topa olasan. Ammo sen uchun kecha-kunduz duolar qilgan, sendan ziyoda tushunishga, o‘ylashga harakat qiladigan onani, taxminimcha, topishingmushkul.

Fotamaxon Husayinga ko‘zlarini yaxshiroq tikib, so‘zlari ta’siriga tortmoqni istaganday bo‘lib, davom etdi:

  • Seni haq yo‘lga yo‘llaydigan do‘st top, men uning ko‘llarini o‘paman. Oyoqlarining changini silayman. Faqat chekadigan, ertaga boshingga balo boshlab keladiganlarni og‘aynim, jo‘ram deb menga gapirma,o‘g‘lim.

Bu mavzu shu yerda yopildi.Husayin onasiga javob bermadi. Maktabga ketdi.


Download 164.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling