Ahmad Lutfiy Qozonchi


Download 164.49 Kb.
bet10/17
Sana07.11.2020
Hajmi164.49 Kb.
#142190
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2 5274008372478215655

* * *

Imom Xatib maktabining to‘rtinchi sinfiga o‘tganda dars tatbiqoti sifatida hutba o‘qish vazifasitopshiriladi.Husayinqandaymavzuniolishkerakligihaqdabirqarorga

kelolmasdi. Ilk daf’a xutba juda ham hayajonli edi. Xayolida ba’zi mavzular jonlanar, lekin hech biriga ko‘ngli chopmasdi.

Asrdan so‘ng maktabdan qaytarkan ko‘zi yerda, xayoli mavzu tanlash bilan mashg‘ul. O’ylay-o‘ylay og‘ir-vazmin odimlardi. Yonidan o‘tayotganlarning ayol, erkakligini farqlamasdi.



  • Xusayin, yo‘l bo‘lsin! Boshiniqo‘tardi.

  • Qalaysan,Husayin?!

  • Xudoga shukur. Tinchliq O’zingqalaysan?

  • Allohga shukur. O’ychanekansan.

  • Shukur, yaxshi. Yomonemas.

  • Alloh yaxshilikdanayirmasin.

  • Omin.

Ajrashdilar. Ora-sira ko‘rishib turadigan samimiy do‘sti. Yurishda davom etdi. Eski o‘ychanlik tarqalib ketdi.

Bugun chorshanba, Cho‘rim bozori qizg‘in. Yo‘llar odatdagidan ko‘ra tiqilinch. Yaqin qishloqlardan kelganlar endi ketmoqchiligini ma’lum qilganday magazinlari oldiga qo‘ygan yuklarini hozirlashmoqda. Doira (aylana do‘kon)lardan bir oz erta chiqqan ayol- erkaklar qo‘llarida to‘rxalta olib bozorga shoshilibroq ketishmoqda. Eski hokimiyat binosi bo‘lgan tarafdan Qubbali Jom’e yo‘nalishida kelgan avtobus yomg‘ir suvlarini sachratmasin deya bir chetga chekinib, o‘tib ketishini kutibturdi.

Jome’ ro‘parasidagi magazinning yonida cho‘kkalagan kampir Xusayinning diqqatini tortdi. Ustidagi liboslar faqirligiga, yuzidagi ajinlar umr bo‘yi mashaqqat chekkaniga dalolat edi.

Oldida bir savat bor edi. Bir ko‘li bilan savat tutqichidan ushlab, shu qo‘li ustiga peshonasini suyab turar, chuqur-chuqur nafas olardi. Oldidan o‘tgan avtobus sachratgan suvlari bezovta qilmas yoxud chekinmoqqa toqati va majoli yo‘q edi. Boshini kutardi. Atrofdan o‘tayotganlarga yordam umidida bokdi.

Shu orada oldidan o‘taetgan ochiq-sochiq xotin uni turtib, chetga itardi va yo‘lida davom etdi. Uch qadamcha yurib, yana qaytdi, sumkasidan hamyoninn olnb, undan kampirga pul uzatdi. Bu payt Husayin ham ularga uch-to‘rt qadamcha yaqinlashib qolgandi, Momo avval qo‘liga tushgan pulga, so‘ng uni bergan ayolga qaradi, pulni qaytardi:


  • Tilanish uchun o‘tirganim yo‘q, charchadim, — dedi. Pokiza insonlarga yarashadigan muomala edi bu. Tilanadigan ahvolga tushmaguncha bu yo‘l bilan qorin to‘ydirishni munosib ko‘rmaslik doim ham uchraydigan fazilat emas. Bu pul olinsa ne bo‘lardi? Bergan ham, olgan ham zarar qilmasdi. Ammo «mendan muhtojroqlar bordir» deya zirqiragan vijdonga nedeymiz?

Ko‘cha boshlarida o‘tirib kelgan-ketganga qo‘l ochganlarni, kechgacha zshikma-eshik kezganlarni o‘iladi Husayin... Bu odamlar o‘rtahol hunarmand yoki do‘kondorni ortda qoldiradigan pulnn qo‘lga kiritishmoqda...Hatto bular orasida bozorma-bozor kezadiganlari ham bor. Bir necha kun burun bir baqqol bitta tilanchini dushanba kuni Majido‘zuda, seshanba kuni Singurluda, Chorshanba kuni Ko‘hna (So‘rgun)da, payshanba kuni Olachada, juma kuni Cho‘rumda ko‘rganiniaytgandi.

Bunday mablag‘ tikish talab qilinmaydigan «san’at»ni kim ham sevmaydi. Sarmoya yo‘q, soliq to‘lash yo‘q, «bo‘sh turgan qo‘lni Alloh sevmaydi», deya eshiqdan-eshikka sang‘ib, do‘kondan-do‘konga izg‘ir va bir-ikkita duoni ming‘nrlashdan iboratmi bu «san’at». Bunday tilanchilikning qanday qiyinchiligi bor?

Xo‘sh, toptalgan or-nomus, yo‘qotilgan odob va iffat tuyg‘usig‘a nima deysiz? Bularning hech qanday qadri yuqmi?

Yo‘q, aslo yo‘q!.. Uyatning ko‘chalariga allaqachonlardan buyon qadam bosmagan,

«Xudo bersin!» —degan javobni eshitgach ham ketishni xayoliga keltirmagan, shilimshiq kabi yopishqoq, ko‘z ostiga olgan odamini zuluk kabi so‘rmagunicha ko‘ngillari joyiga tushmaganidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan tuyg‘ular ular uchun bir necha harflarning yig‘indisi — quruq so‘z,holos.

Ammo insonlikning asl mohiyatini anglaganlar uchun odob va iffat so‘zlarining ma’nolari dunyodan va dunyodagi barcha narsalardan benihoya qimmatlidir.

Mana, momoning berilgan sadaqani olmagan paytda his etgan ruhiy holati. Agarda bu pulni olsa, ikkinchi marta berilgan sadaqani olishi osonlashadi, bu esa uchinchisini olishga xohish uyg‘otadi va shu tariqa poyoniga yetishiga juda oz fursat qolgan umr tilanchilik bilan yakun topadi. Bu esa umr bo‘yi xayoliga ham keltirishni istamagan mudhish biryakun.

Yalang‘och xotin bir soniya turdi, so‘ng yo‘lida davom etdi. Husayinning yonidan o‘tar ekan: «Bular odam bo‘lmaydi», deya g‘udranmoqda edi. Xusayin chidab turolmadi:



  • Xonim afandi, odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi? Xotin hayron bo‘lib, Husayin tomongaqayrildi:

  • Bir nimadedingizmi?

  • Odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi,degandim.

Xotin savolga «ha» deb javob berolmadi. Gapni cho‘zmaslik uchun bo‘lsa kerak, yo‘lida davom etdi. Husayin keksa xotinning yoniga kelib:

  • Hola, istasangiz yordamlashay, savatingizni uyingizgacha olib borib beraqolay, — dedi.

Ayol boshini ko‘tardi. Qarshisida ochiq chehrali yigitcha turardi. Unga minnatdor nigoh tashladi:

  • Alloh sendan rozi bo‘lsin, bolam. Madorim butunlay quridi. Ozroq yordamlashib yuborsang, yana o‘zim olaman, —dedi.

Savatdan qo‘lini olib, ikki tizzasiga tayandi. Butun kuchini qo‘llariga va tizzalariga to‘plab, kuchanib o‘rnidan turdi. Husayin savatni oldi. Juda og‘ir emasdi. Lekin kampirni bemalol charchata olardi. Birga mahalla oralab yurdilar. Kampir ora-sira «Alloh murodingga yetkazsin!», deb duolar qilib borardi. Lekin Husayin savatni duo uchun emas, dinning muhtojlarga yordam etish yo‘lida bergan amrini bajarish, insonlik vazifasini ado etish uchun ko‘tarib borardi, Albatta, uning duo etishiga ham qarshi emasdi. Yoshlikda Alloh rizosi uchun bir keksaga yordam bergan kishi, o‘zi keksayganda yordam beradigan yoshlarning topilishigaishonardi.

Bu ayol o‘rnida o‘z onasi bo‘lganda, bu aziyatni u chekkanida nima qilardi? Uning shu ahvolda emasligiga shukr qilishning yagona yo‘li bu ayolga va u kabilarga yordam bermoqdir. Bundaylarni ko‘rib, o‘ziking ahvoliga shukr etib o‘tib ketmoq o‘ysizlik, beparvolik sanalishi kerak. Agar boylarning molida faqirlar uchun Alloh tarafidan belgilangan haq bo‘lsa — Husayin bu haqning borligiga ishonardi — xuddi shunday yosh va sog‘lomlarning kuch-quvvatida keksalar va ojiz-zaiflar uchun tayin etilgan haq ham bor. Bu yordam tan kuch-quvvatining zakotidir. Bu muruvvat va insonlik tuyg‘usining yuksak nuqtasidir.



  • Uyim shu yerda, o‘g‘lim, Alloh sendan rozi bo‘lsin! Bu so‘z Husayinning xayolini bo‘ldi. Savatni eshik oldiga qo‘ydi. Eshikning turishi uyning xarobligidan xabarberardi.

  • O’g‘lim, sening oting nima?Kimlardansan?

  • Nima qilasiz,hola?

  • Bir yo‘lim tushsa, uyingizga kirib, sendan ko‘rgan yaxshiligimni onanggaaytardim.

  • Shart emas, hola. Men onam eshitishi uchun emas, Alloh rizosi uchun yordamlashdim. Onamni xursand etishni istasangiz, haq yo‘ldan ayrilmasligi uchun duoqiling.

Husayin ketdi. Eshikdan ichkari kirgan momoning ko‘zlari yoshli edi. Bu yoshning sababi o‘zining kuchi yetganda boshqalarga yordam etolmaganlik pushaymonidan edi. Boshqa birov bu yeshlarning sababini yaxshnlik qilishni sevadigan bir insonni uchratganidan paydo bo‘lgan tuyg‘ular tufayli deb tushunishi mumkin. Hech tanimagan bnr bola yukini ko‘tarib keltirib bergani va o‘z nevarasidan bunday olijanoblik ko‘rmagani nazarga olinsa, insoniylikdan uzoq bo‘lgan nevaradan haqorat ko‘rishi, og‘ir so‘zlar eshitishi, katta ona o‘rniga «sassiq kampir!» deya baqirishi, o‘zining shu ahvoliga rozi bo‘lib shukr etishi hisobga olinsa, ikkinchi qarashni oldinga surganni haqli deyish ham bemalol mumkin.

Husayin keksa ayoldan ajrashgach, uyga keldi. Ko‘z oldida kechgan va ikki ayolning bahsi yaxshilik va yomonlik kurashiga o‘xshagan bu hodisani o‘ylamasdan bo‘lmasdi. Uyimda bir haftaga yetgulik yeguligim bor deb berganni olmaslik buyuk fazilatdan darak bo‘lsa kerak. Momoning o‘sha yuqori tabaqaga mansub kibor xotinni sharmanda va parishon qilishiga nima deysiz?! Bular bir zamonda yashagan ikki guruhga mansub ayollar timsoli. Bir tarafda erining ko‘z o‘ngida ochiq-sochiq holda ko‘cha kezgan va o‘zidan balandga egilib, zaifni surib o‘tadigan, amal-taqal qilib turmushga chiqib olgan hayosizlar; ikkinchi tarafda og‘zidagi nonni birovga ilingan, tizzasidagi yarani o‘z tug‘ishganiga qo‘rsatmoqdan or qilgan, uyalgan, nomusini boshiga ko‘targan, nomus uchun hayotini seva-seva fido qilishgatayyorlar...

Husayinning onasi ikkinchi guruhga mansub. Bu guruhning timsoli — munosib qobiliyatli, qiladigan ishini o‘ylab, mutlaqo Alloh rizosi uchun ado etadigan bir ona...

Bu yil o‘n oltiga kirgan Husayim, shu choqqacha tasodifan bo‘lsin, onasini boshi ochiq yoki yalang‘och holda ko‘rgani yo‘q.

Husayin onasiga shohidi bo‘lgan hodisani aytib bergach, so‘zini shunday tugatdi:

«Mening onam, onajonim, bilsangiz, sizni shunday yaxshn ko‘ramanki... Mening yonimda go‘yo bir begona borday doim o‘ranib, yopinibyurasiz».



  • O’ranishimni «mendan chekinish» deb o‘ylaysanmi? Onalar o‘g‘illaridan chekinib o‘ranmaslar, men ham sendan chekinmasman. Seni nomahram sanasam, kimim qolur mening bu dunyoda?! Sen bo‘lmagan paytlarda, Odila va Samihaning yonida ham shu holda bo‘laman. Ular oldida ham boshim o‘rog‘liq yuraman, yolg‘iz qolganimda ham shu holdaman.

  • U payt kimdan qochib,o‘ranasiz?

  • Bil. O’zing bilkimdanligini!

Fotimaxonim Husayinga yoshligida dugonalariga bergan javobni aytdi. Shu qadar samimiy so‘zlagani o‘n yillardan keyin ham tasdiqbo‘ldi.

Husayin bu yil to‘rtinchi sinfda, o‘n kundan keyin keladigan jumaga xutba o‘qish uchun tayyorlanish topshirilganini aytgach:



  • Qaysi mavzuni tanlasam, ona? —dedi.

  • Hozirgina aytganlaring go‘zal mavzularku, o‘g‘lim? Bularning boshi moda. Moda haqidatayyorlan.

Haqiqatan go‘zal mavzu topilgandi.


Download 164.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling