Ahmad Lutfiy Qozonchi
Download 164.49 Kb.
|
2 5274008372478215655
* * *O’n kundan so‘ng juma namozi uchun minoralardan taralgan azon sasi mo‘minlarning juma ekanini unutmasliklarini ta’min etarkan, uyning bir burchida, joynamoz ustida, butun borlig‘i bilan yaratganga yuzlanib, o‘g‘li o‘kiydigan hutbada yanglishmasligini, shu xutba sababli yo‘llaridan adashganlar yana haq yo‘lga va o‘zlariga kelishlarini duolar qilgan bir o‘gay ona bor edi. Yillar davomida, qat’iy iroda, tuganmas sabr va o‘gay emas, haqiqiy ona mehri bilan bag‘riga bosgan yetimini endi jon-jonidan va chin ko‘ngildan duo etardi. Oradan kechgan o‘n bir yil vaqt uni et bilan tirnokday bolalarga bog‘lab qo‘ydi, ularning o‘gayligini deyarli unutdi. Endi Alloh madadini tilagan gul yuzlifarzandiga «menga oxiratda shafqatchi, shafoatchi bo‘ladi, degan ezgu umid bilan boqar,unga onalik muhabbati bilan bir navbatda alohida ma’naviy mehr hamko‘ygandi. Birozdan so‘ng o‘g‘lidan xabar kelishi kerak. Tongda har kungiday alohida bir hayajon bilan yo‘lga chiqararkan, ko‘lini o‘pgan bolasini:
Alloh madadkor bo‘lsin, gunohkor onangni ham duo qilishni unutma, o‘g‘lim... — deb kuzatdi. Jome’ liq to‘lgan. Odilbek o‘g‘lini ko‘rib hayajonlanmaslik uchun ustun orqasida yashiringanday bo‘lib o‘tiribdi. Bir zamonlar Erdolbekning so‘zlariga ishonib va aldanib Imom Xatib maktabiga berishni istamagan o‘g‘li to‘rt yillik tahsil mevasini ko‘rsatishi, otasi uni aynan shu maktabga bergani uchun mamnun etishi keraq Juma quniga maxsus azon aytib bo‘linganda minbarda sekin oyoqqa turgan o‘g‘lini ko‘rishi bilan qo‘zlarida paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshni artishni lozim topmadi. Xalq shunday o‘n olti, o‘n yetti yoshlilar o‘qigan xutbaga odatlandi. Necha yilki, endi din ilmini unutay deganida bahor chechagiday yigitlarni tinglash zavqu hayajonini tota boshladi. Xutbaning arabcha qismini yoddan o‘qigan va turkcha qismiga kelgan Husayinning ovozi sekin-sekin ko‘tarila boshladi. Ko‘zlaridan yoshlari sizilib, vnjdonlari oldida tillari qisiq, boshlari ham bo‘lganlarning boshlari ko‘ksilariga tag‘in ham enib borardi. Turkcha qismini, siz hurmatli o‘quvchilar bilan birga tinglamoqni ravo ko‘rdik: Muharam musulmonlar! Xutbamiz moda haqida. Bu millatni moda balosi mahv etgan. Moda atalmish bexosiyat odatlar keltirgan baloyu gunoh dunyo va oxiratda bizga yetib, ortib ham qolur. Oilamiz islom odatlari bilan idora etilgan, odamlarimiz Allohtsan ko‘rqan, millatimizga otalarimizning odatu an’analari hokim bo‘lgan zamonlarda rohatda ediq har sohada yo‘limiz ochiq edi. Bugun yo‘llarimiz emas, ayollarimiz ochiq. Islom odatlariga emas, ingliz, frantsuz va boshqalarning odatlariga, Rasulullohning amrlariga emas, Ovro‘podagi kimligi noma’lum, qandaydir axloqsizning xohishiga bo‘ysunamiz. Ayni o‘rinda Payg‘ambarimizning bir hadisi sharifini naql etish joiz. Marhamat qiladilarki: “Kim qaysi qavmga o‘xshasa,o‘shalardandir!» Agar Rasulullohning amrlariga modaga ahamiyat berganimiz kabi munosabatda bo‘lganimizda edi, ko‘plab pokiza va haqiqiy musulmon kishilar yetishardi. Agar modaga ketgan isrof, faqiru fuqaroga xarjlansa, necha bag‘ri yaraga malham, qancha ko‘ngli yarimga xursandchilik bo‘lardi. Yilda bir necha bor o‘zguradigan modaga sarflangan xarajatlarning hisobi yo‘q, «Bu yil oq libos kiyiladi», deyildimi tamom... amr — amrdir. Kuchi yetgan-etmaganning ustida oq libos bo‘lishi shart. «Bu yil oyoq kiyimlarning tovoni bir qarich bo‘larmish, liboslarning etagi tizzasidan bir qarich yuqori chiqarmish, sochlar falon shaklga kirarmish», deyilganidan so‘ng past poshnali oyoq kiyim, etagi tizzani, oyoqni bekitadigan libos qidirib ko‘ring-chi. Modaga berilgani uchun o‘zini maymunday turli qo‘rinishga solgan qanchalab kishilarning aslida uyida yeyishga tuzuk- quruq taomiyo‘q... Lekin biz ularki emas, modani boshlab beradigan boylarni aybdor deb bilamiz. Ilgari vaqtlarda to‘yga keta turib faqirlar o‘ksinmasin deya ziynatlarini taqmagan, havaslanib, ko‘ngli tushmasin, og‘rinmasin, xarajatga qiynalmasin deb hashamdor kiyinmagan olijanob insonlar bo‘lgan ekan. Endi esa o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan, barcha fazilati cho‘ntagidagi puldangina iborat bo‘lgan boylarimiz bor. Bugun har to‘y uchun alohida kiyim tiktirmasa uyaladigan, o‘n besh, yigirma bosh kiyimni kam deydigan ayollarimiz mavjud. Butsdaylarga Rasulullohning qizida faqat bir bosh libosi bo‘lganini eslating. Bugun ustiga kiyishi uchun eng oddiy libosni topishga ham qiynaladigan, «bir muruvvat sohibini yo‘lla, yo Rab», deya ingrab, iltijo qilayotgan qancha ayollar borligini eslating. Insonlik sharafi va fazilati boylarning kim o‘zarga kiyinishi, bo‘ylashib, bahslashishida emas, balki ochlarni to‘ydirish, yalang‘ochlarni kiyintirishda ekannni tushuntiring. Modaga sarf etnlayotgan har tiyinning Alloh huzurida hisobi, javobi borligini aqllariga joylang. Janoblar, hikoya demang.matal-cho‘pchak deb tinglamang, uyiga haftada go‘sht kirmagan, issiq sho‘rva ichmagan, to‘yib ovqatlanmaydigan qanchalab dindoshlarimiz bor... Biz qish kunlari issiq pech yonida iliqqina o‘tirar ekanmiz, quruq, sovuq qozonlariga ko‘zyoshlari tomgan birodarlarimiz qancha?! O’ylab ko‘rsak, din va axloqiy jihatdan bizdan ko‘p yuksak. Alloh huzurida bizdan sharafliroq qanchalab birodarlarimiz biz qorin to‘qligidan me’damiz bilan mashg‘ul paytlarimiz ochliqdan qiynalayotgan bo‘ladilar. Muhtaram musulmonlar! Bilamizki, shunday boylarimiz borki, kunda yuzlab lira foyda ko‘radilar, har kun go‘sht, yog‘ va asalga bo‘kadilar, tag‘in hech narsaga erishmaganidan, xuzur topmaganidan, bir millioni ikki millionga chiqmaganidan shikoyat qilishadi. Bundaylardan muruvvat kutmaymiz. Faqat boy xotinlarining tirnoq bo‘yog‘iga xarjlaganicha pul topish uchun eshikma-eshik yurib odamlarning kirlarini yuvishga majbur bo‘layotganlarni unutmaylik. Ayrilishni istamaganimiz bu dunyodan yolg‘iz kafan bilan birga ayrilar ekanmiz, yonimizdan yaxshiliklarimiz, ibodatlarimizgina joy olishini, oxiratda bizga yeganlarimiz emas, yedirganlarimiz, kiyganlarimiz emas, kiydirganlarimiz foyda keltirishini unutmaylik. Modomiki, el eshigida tilanchi emas ekanmiz, bunga shukrona o‘laroq, un, o‘tin topolmagan, holini birovga arz etolmaganlarni yo‘qlamasak, yordam bermasak, Allohning so‘roqlariga qanday javob beramiz? Ertaga, qilgan isroflarimizning gunohlari qarshisida ter to‘kib, pushaymon bo‘lmasdan burun o‘zimizga kelaylik, bu xil qashshoqlikning va isrofgarchilikning oldiniolaylik. Husayin xutbasini bitirganda, kishilarning ko‘nglida uyg‘ongan to‘lqinlanish, yuraklarni to‘ldirgan hayajon tuyg‘ulari bu xutbaning odamlarga juda yoqqanidan darak berardi. Ammo xutba tinglovchilarga yoqish uchungina emas, xalqqa ta’sir etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘qildi. Shu sababli xutbaning ta’sirini o‘sha kungi tilga tushish, Odilbekni do‘koniga kelib tabriklab ketgan xesh, do‘stu aqraboning e’tibori bilangina o‘lchamoq to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Bundan keyin yonida yarim yalang‘och qizini yoki nabirasini tartnbga chaqiradiganlar bo‘ldimi yoki bo‘ladimi? Xotinini bezatilgan molday yotoq kiyimida namoyishga chiqargan erkaklar bu kimlarga taqlid ekanini tushunib, tushuntiradimi? Bu chirkin harakatlarga barham beriladimi? Yuzlaridagi or va nomus hissini chaplangan bo‘yoqlar hamda upa- eliklar yo‘q qilib yubormaydimi? Davron yana eski davronligicha qolaaersa, u Kun uchun ko‘zlardan tomgan ikki tomchi yosh bilan ikki tomchi suvning farqi qolarmikin? Jome’ning imomi uni tabrikladi, bir oqsoqol nuro-iy chol quchoqlab, ko‘zlaridan o‘pdi. Jome’dan chiqarkan Husayinning oyoq kiyimini qo‘yarda-qo‘ymay to‘g‘rilagan o‘n sakkiz yoshli yigitning samimiyati-chi?! Men o‘qiyolmadim, hech bo‘lmasa bitta o‘qiganning oyoq kiyimini to‘g‘rilash savobidan mahrum bo‘lishniistamayman. Bu o‘spirinni Husayin tanimaydi. Ammo Fotimaxonim uni uzoqdan bo‘lsa-da ko‘rganda edi, Ismoilning yosh chehrasi, g‘amgan nigohi uning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lardi. Ha, bu yosh yigit o‘sha Ismoil edi. Qarshisidagi o‘zidan ikki yosh kichik Husayin bir zamonlar har yegan tayog‘idan so‘ng ko‘zlarini silab artgan Fotima opasining o‘gay o‘g‘li ekanini bilarmikan? Husayin bu samimiy, azamat yigitga ham o‘z onasi Fotimaxonim mehr- shafqat ko‘rsatganini seza olarmikan? Hatto, Fotimaxonimdan ko‘rgan mehriga shu yigit sabab bo‘lganini kashf etishga imkon bormikin? Download 164.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling