Ahmad Lutfiy Qozonchi


Download 164.49 Kb.
bet13/17
Sana07.11.2020
Hajmi164.49 Kb.
#142190
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5274008372478215655

* * *

Bolasiga yetarlicha mol-mulk qoldirgan, katta boylik to‘plagan ota o‘zi yaratishga mas’ul bo‘lgan kelajakni ta’minlagan sanaladimi?

Insonning ruh va badandan paydo bo‘lgan bir mavjudot ekanlngini qabul qilgan, uning faqat oddiy bir moddiy borliq emasligini tan olganlar bu savolga ha deb javob berishlari mumkin emas. Oqshom tushgach, hisobsiz mol-mulk ustida boyo‘g‘lidek tunaganlar bunga misoldir. Ammo bolasini qoldirgan moliga, undan ham muhimrog‘i shaxsiga, nafsiga hokim bo‘ladigan odob-axloqqa o‘rgatganlarga e’tiroz yo‘q. Bular zurriyotlari istiqbolini ta’minlash yo‘lida ilk qadam tashlaganlar, ularni borishlari zarur mo‘ljal, manzil sariyo‘llaganlar.

Farzandiga taom yeyish odobini o‘rgatish o‘rniga ovqatni o‘zi yedirib qo‘ygan, velosiped haydashni o‘rgatish uchun go‘dagini velosipedga mindirib qiyaliqdan pastga qo‘yib yuborgan otaning harakatlari qanchalik xato bo‘lsa, mulkni boshqarishni bilmagan bolasini boyligaga boshliq qilib qo‘yish ham shunchalik xatodir. To‘g‘ri, bola yiqilib-turib velosiped minishni o‘rganar, ammo u o‘rgangunicha velosipedning mingulik holi qolmaydi. Otasi qoldirgan boylikdan boshqa hech narsaga ega bo‘lmaganlar xushlarini boshlariga to‘plashlari, qo‘llaridagini sochib-sovurmasliklari uchun yana bir boylikka extiyojmandlarki, bu boylik osongnna qo‘lga kirmaydi. Bu: «Yana kelin bo‘lsam, ro‘zg‘or tutishni o‘rganardim», — deb ikkinchi marta kelin bo‘lishga ko‘z tutgan tul xotinning holatini eslatadi.

Otaning farzandiga qoldirishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal, qimmatli merosi odob va tarbiyadir. Bu haqiqatni bilganlar, bolalarini urish o‘rniga adab xivichi bilan tartibga chaqirishadi, intizomga keltiradilar.

Fotimaxonim Husayin, Odila va Samihaga nima bera olishi mumkin? Otasidan qoladigan katta boyliknimi? Yo‘q. Undana otasidan qoladigan boylikka, na bunday boylikning insonga saodat keltirishiga ishonchi bor. Agar boylik saodat deyilsa, faqirlardan badbaxtroq kimsalar bo‘lmasdi. Fotimaxonim ertaga ularni jamiyat oldida va Yaratgan huzurida uyalmaydigan darajada tarbiyalab yegashtirsa, eng qimmatli merosni qoldirgan bo‘ladi. Jamiyat avlodiga, farzandiga mol-mulq boylik qoldirganlarni muborakbod etmaydi. Lekin ularni odob-axloqsiz, vijdonsiz qilib yetishtirsa, tanqid va tahqir etadi.

Fotimaxonim shunisiga ishonadi. Ishongani uchun o‘g‘lini haqiqiy o‘g‘il bola, haqiqiy farzand, qizlarini ota-onasiga gap tekkizmaydigan tarzda o‘stirish, tarbiyalash yo‘lidan boradi. Bu oson yo‘l emas. Aks holda, hammaning bolasi ham haqiqiy farzand bo‘lib yetishardi. Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.

Barcha ayollar ham Fotimaxonim kabi farzand tarbiyalashning, uni iftixor krlingudek bir tarbiyaga sohib qila olishning lozimligiga ishonmaydi. Bir ona bolasi och qolsa kasallanishi va oxir-oqibat nobud bo‘lishiga ishonadi. Shu ishonch tufayli har kech, har saxar uyqudan qolib unga ko‘krak tutadi. Issiq to‘shagini tark ettiradigan, uyqudan ko‘z ocholmaydigan, uyqudan totli narsa bo‘lmagan paytlarda ko‘z ochdiradigan bir tuyg‘u va ishonch bor — bu shafqat, «agar emizmasam bolam qiynaladi», degan ishonch. Bu his, shu tuyg‘u onani issiqni-issiq, sovuqni-sovuqdemas-dan bola xizmatiga yo‘llaydi. Fotimaxonimning fikricha, beshikdagi bola sutga qanday ehtiyojmand bo‘lsa, beshikdan turgach tarbiyagaham shunday ehtiyojibordir.

Tarbiya hech kimga hech qachon zarar keltirmaydi. kesilgan daraxt mehmonxonaga kiritilmaydi.

U daraxt maxsus dastgohlarda qayta nshlanib, jihoz shaklida mehmonxonaga kirishi mumkin. Tarbiya hatto hayvonga ta’sir ko‘rsatar ekan, nechun u insonni farishtaga yaqinlashtirib, ulardan ham yuksak maqomlarga ko‘tarmasin?!

Fotimaxonim tarbiyaning ahamiyatiga qisqacha shunday izoh beradi. Shuning uchun bolalarining dars tayyorlashidan tortib, to yaxshi axloq sohiblari bo‘lgunga qadar qo‘lidan kelganicha g‘ayrat qilishiga shubha yo‘q. Masalan, Husayin «tayyorlaydigan darsim qolmadi», deb o‘yinga berilganda shunday derdi:


  • Otang do‘konni ochib, uch soat ishlab keyin yopib, aylanib yursa,bo‘ladimi?

  • Ona, do‘kon hamyopiladimi?

  • Nega yopilmas ekan?! Axir uch soat ichida o‘sha kun tirikchiligiga yetgulik pul ishlash mumknn.

  • Mumkin, ammo bu bilan ish bitmaydi. Ertaga chiqadigan qo‘shimcha ehtiyojlar yoxud dam olish kunlaridagi xarajatlar uchun ham ishlashkerak-ku.

  • Barakalla, sen ham ertaga bir musulmon muhtoj bo‘ladigan bilimga hozirdan tayyorlan. Bir musulmon uchun bugunga qadar olgan bilimlaring yetib-etmasligini o‘ylab ko‘r. Bilim insonga foydadan boshqa narsa emas. O’g‘lim, o‘ynamoq har kimning qo‘lidan keladi, ammo o‘tirib Allohning qullariga Allohga eltguvchi yulni ko‘rsatish niyati bilan harakat qilmoq har kim bajara oladigan ish emas. Inson qancha harakat qilsa, barakati ham shuncha, — deb Husayinni dars tayerlashgao‘tqizardi.

Boshqa kun do‘konlardagi shogirdlarni misol keltiradi. Ularning ertadan-kechgacha tinmasliklarini, hatto ba’zan ovqatlanishga ham vaqt topolmasliklarini, ularning ham onalarining jondek bolasi ekanini, undan ortiq, yo kam joyi yo‘qligini aytib, ular qanday harakat qilsalar, talaba ham shunday qilishi kerakligini uqdiradi.

Husayin onasining tashviqi bilan darslarni sinfdoshlariga qaraganda yaxshiroq o‘zlashtirdi. Maktab darslari tugashi bilan maslagiga aloqador kitoblar o‘qir, ba’zi narsalarni daftariga qayd etib qo‘yar, onasi aytganiday bundan doim foydalanardi. Ba’zan bir sinfdoshi darsga emas, maslagiga aloqador savol berib sinfdoshlari javob berolmasa, bilganlarini aytar yoki shu savolga daxldor kitoblarni tavsiya qilardi. Boshqa o‘rtoqlari kabi dars tugar-tugamas o‘yinga chopmas, o‘qir, darsda javob berish uchun emas, Alloh rizosi uchun, Alloh qullariga yordamchi bo‘layin deb o‘qirdi. Uyining supurib- sidirilishini Alloh rizosiga bog‘lagan, bundan daftariga savob bitilishini umid qilgan samimiy onaning o‘g‘li bo‘lish shuni taqozo etmaydimi? Bir kun onasidanso‘radi:



  • Ona, uy supurish ham Alloh rizosiga bog‘liqmi? Hamma narsa Alloh rizosi bilan izohlanadimi?

  • O’g‘lim, Alloh pokiza bo‘lganlarni sevadi. Tozalikni amr etganini tushunib, uyni supurish nega uning rizoligiga sabab bo‘lmasin?! — deb javob berdi va Husayin qanoatlandi.




Download 164.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling