Ahmad Yassaviying "Devoni hikmat"


Download 275.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana24.06.2023
Hajmi275.3 Kb.
#1653434
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ahmad Yassaviying



Mavzu:
Ahmad Yassaviying "Devoni hikmat"ida insoniy fazilatlarning 
ulug'lanishi, nopoklik, nodonlik, dunyoparastlik kabi illatlarning qoralanishi
Reja:
Kirish
I.
Asosiy qism
1.Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi.
2."Devoni hikmat" asarida insoniy fazilatlarning 
ulug‘lanishi,nopoklik,nodonlik,dunyoparastlik kabi illatlarning 
qoralanishi.
3.Ahmad Yassaviy hikmatlarida komil inson masalasi.
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Bugungi kunda jamiyatda yaxshilikka intilib, yomonlikdan tiyilish, o‘z
faoliyatiga tanqidiy yondashish, zo‘ravonlikdan voz kechish va hayotni hurmat
qilish, hamjihatlik va ijtimoiy adolatga asoslangan tartib o‘rnatish, sabr-toqat va
bag‘rikenglik, burch va ma’suliyat bilan inson omilini to‘liq ro‘yobga chiqarish
qadriyat darajasiga ko‘tarildi va bunday ma’naviy muhitni qaror toptirish
ahamiyati kun sayin o‘sib bormoqda. 
Chunki, axloqiy ong va munosabat, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy siyosiy
muloqot va o‘zini o‘zi anglash, o‘z-o‘zini tanqid orqali o‘z-o‘zini baholash va o‘z-
o‘zini takomillashtirish zarurati jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhitini, uning
qiyofasini va ijtimoiy taraqqiyotining yo‘nalishlarini belgilab beradi.
O‘zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan, yangicha tizimni
shakllantirish borasidagi siyo
sat zamirida ham, eskirgan, qotib qolgan tizim
elementlarini xaotik holatda beqarorlashtirish asosida yangicha sistemani barpo
etish usuli ham sinergetik tafakkur asosida amalga oshirilmoqda
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillar
da O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining yoshlarga
doir davlat siyosatini takomillashtirish bandida, 2017-yil 18-iyuldagi “Yoshlarga
oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-3138-son, 2017-yil 28-iyuldagi
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi
bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarorlarida, 2018- yil 5 iyunda
qabul qilingan 3775- sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlari
mazmunida ham shu kabi masalalar, xususan, garmonik rivojlangan, kreativ
fikrlaydigan, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratadigan shaxslarni tarbiyalash
vazifasi belgilandi.
1
Qarang: Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo‘lishi kerak. – T:.O‘zbekiston, 2017. -B.6.


Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy
qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar
bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta
xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib
borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab
olmoqda.
Shunday bir sharoitda A.Yassaviy ijodini o’rganish uni yoshlar tarbiyasida
qo’llash muhum ahamiyat kasb etadi.
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi, shoir ijodidagi tasavvuf adabiyoti
namunalari va adabiy merosini o‘rganish o‘ziga xos jarayondirki, uning ildizlari
olis davrlarga borib tutashadi. Yassaviy ijodiyotiga yaqinlashish, keng omma
nigohini unga qaratish ehtiyoji 60-yillarning oxirida O‘zbekistonda paydo bo‘ldi.
Mustaqillik arafasida ma’naviy hayotimizda katta o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi.
Ana shu o‘zgarishlar natijasida atoqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul
tomonidan 1990-yilda shoirning hikmatlari nashrga tayyorlandi
2
. Mustaqillikdan
keyin Yassaviy shaxsiyati va ijodiyotiga qiziqish o‘z-o‘zidan kuchaydi. Natijada
1993-yil Xalqaro “Ahmad Yassaviy yili” deb e’lon qilindi. 
Bu hol nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda, xususan,
Turkiyada ham bu buyuk mutasavvufning hayoti, adabiy-ma’rifiy faoliyati,
shuningdek, uning izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirib yubordi. Xuddi shu
yili O‘zbekiston va Turkiyada Yassaviyga bag‘ishlab ilmiy anjumanlar o‘tkazildi,
ma’ruzalar matni alohida kitob holida nashr etildi
3
. Turkiyada Ahmad Yassaviy
fondi tuzilib, “Yassaviy” jurnali chiqarila boshlandi. Matbuotda Yassaviyning
shaxsiyati, tariqati va she’riyatidan bahs yurituvchi o‘nlab maqolalar bosilib
chiqdi. 
2
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1990.
3
Xoja Ahmad Yassaviy: hayoti, ijodivaan’analari. Toshkent, 2001.



Download 275.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling