Ahmad Yassaviying "Devoni hikmat"
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi
Download 275.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ahmad Yassaviying
1.1.
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi Yassaviy, Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan Yassaviy tugʻilgach, koʻp oʻtmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashgʻul boʻladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga koʻchib borgach, ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi ("Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim..."). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻsha zamonlarda ilm maʼrifatning Movarounnahrdagi markazlaridan boʻlgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yigʻilishgan. Arslon bob koʻrsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur oʻrganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy , Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak boʻlib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan oʻrin oladi. Alisher Navoiy Yassaviy toʻgʻrisida "Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob gʻoyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish", — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf gʻoyalarini omma koʻngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning taʼkidlashicha, Yassaviyning "adabiyotda tutgan yoʻli sodda xalq shoirlarimizning tutgʻon yoʻlidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan sheʼrlar bilan barobar". Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — "ilmi laduniy", yaʼni ilmi gʻaybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yassaviyning oʻzi "Devoni hikmat" nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yoʻq, degan daʼvoni ilgari surishga asos bermaydi. Soʻfi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan: Shariatda edi ul oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe. "Devoni hikmat"da ilohiy ishq va oshiqlik, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. "Devoni hikmat"dagi barcha sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum oʻzgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning oʻnlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan gʻoyaviy, axloqiy, maʼnaviy- maʼrifiy va mafkuraviy yoʻnalishni oʻzgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan oʻnlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning "Javohir ul-abror min amvojil bihor" asari ham toʻla tasdiqlaydi. Yassaviyning faqat ijodiyoti emas, qancha umr koʻrib, qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida "Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim", deydiki, bu soʻzlar tarixiy haqiqatdan koʻra, manoqibiy mazmunga ega. Bundan tashqari, 125 yillik uzoq bir umrning yarmidan koʻpini "yer osti"da ("Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano", deydi Yassaviy) oʻtkazish aql bovar etmas hodisadir. Lekin koʻpchilik tadqiqotchilar uning vafot tarixini 1166—67 yil deb qayd etishgan. Uzoq vaqt mobaynida Yassаviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yoʻl qoʻyilmadi. Oʻtgan asrning 70-yillarida Yassaviyning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini toʻgʻri baholash yoʻlidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda "Devoni hikmat"dan namunalar eʼlon qilingan boʻlsa, 1990—92 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qoʻliga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavvifning hayoti, adabiy-maʼrifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yil Oʻzbekistonda Yassaviyga bagʻishlab ilmiy anjumanlar oʻtkazilib, maʼruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati, sheʼriyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. Oʻzbekistondagi bir qancha koʻcha va mahalla Yassaviy nomi bilan ataladi. Yassaviylik tariqatining asoslari «Faqrnoma» (ayrimlar Yassaviyga nisbat beradilar), «Maslakul- orifin» , «Lamaʼot» , «Samaratul-mashoyix» , «Javohirul-abror» kabi manba va risolalarda aks etgan. «Devoni hikmat» kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va maʼrifiy mazmun yetakchilik qiladi. Hikmatlar maʼno va mohiyat eʼtibori bilan Qurʼoni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bogʻlangan. «Devoni hikmat»ning 20dan ortiq nusxalari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Asar qoʻlyozmalaridan eng qadimgisi XVII asrga tegishli. Yassaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon , A. Arberri , M. Smitt , X. Kisling , F. Mayer , A. Shimmel , R. Xartman , F. Koʻprulu , J. Trimingem , K. Eraslon , Idris Shox , Devin Di Uis ; Rossiyada A. Krimskiy , I. Petrushevskiy , E. Bertels ; Oʻzbekistonda Fitrat , A. Saʼdiy , E. Rustamov , B. Qosimov , I. Haqqulov , N. Hasanov tomonidan oʻrganilgan. Qabri Qozogʻistonning Turkiston shahrida, XIV asrda Amir Temur tomonidan taʼmirlangan. Turkistonda Ahmad Yasaviy nomidagi Turk- qozoq universiteti mavjud. Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Saʼdulla Siyoyev "Yassaviyning soʻnggi safari" romanining 1-kitobini (1994) chop ettirdi. Yassaviy Arslonbob nomli inson qo‘lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganib, so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladso‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she'rlaridan foydalanadi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o‘rin tutadi. Ularning barchasida so‘fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafs-u dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs-ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan "ko‘risha" oladi, nafsga mute' bo‘lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan: Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg‘on, Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yi sung‘on Yaxshilarga xizmat qilib duo olg‘on, Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q. Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg‘on, Bu gumrohdin so‘rmang savol, yo‘lda qolgan, Haqni topgan o‘zi pinhon, so‘zi pinhon Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga. Banda bo‘lsang mehnat tortg‘il g‘ofil odam, Oqil ersang g‘animatdur senga shul dam Omonatdir aziz joning yurma beg‘am, Eshitib o‘qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad. Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo‘lmagan o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o‘tadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo‘lini targ‘ib qilar ekan, insonni jaholat botqog‘idan xalos qilish lozimligiga urg‘u beradi. U "Shariatda orif-biloh bo‘lishni, tariqatda voqif-asror bo‘lishni, haqiqatda komil-mukammal bo‘lishni, ma'rifatda ummon bo‘lishni talab qiladi". Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo‘lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi. Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G‘azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish, unga muhabbat qo‘yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabr-qanoat, shijoat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g‘olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqr-u fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ahmad Yassaviy 63 yoshidan keyingi, ya'ni payg‘ambar yoshiga yetgandan so‘ng umrining davomini yerto‘lada o‘tkazgan. Shu bilan birga Yassaviya tariqati asoschisi hisoblanadi. Ular inson kamolotining ta'minlanishi uchun turli yo‘llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta'limoti g‘oyalariga ko‘ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifat mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar. XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so‘fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi. Naqshbandiya ta'limoti o‘zining hayotiy g‘oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining "ildizi" uzoq davrlar, ya'ni, Sharq Uyg‘onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim — Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so‘fiylik ta'limoti rivojida katta hissasi bor ekanligini ta'kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al- G‘azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladi. Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniy tasavvuf ilmi bo‘yicha Yusuf Hamadoniy qo‘lida chuqur ta'lim olgan to‘rt mashhur shayxlar sanalishadi. Download 275.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling