Ahmadjonov umidjonning falsafa fani global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Mavzusidan tayyorlagan
Download 226 Kb.
|
15-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINING ANDIJON FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI 2-KURS 1-GURUH TALABASI AHMADJONOV UMIDJONNING FALSAFA FANI GLOBAL KORRUPSIYA IJTIMOIY-MADANIY INQIROZ OQIBATI.MAVZUSIDAN TAYYORLAGAN REFERATI REJA:
2. Dunyo bo’yicha korrupsiya holatining tasnifi. Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korupsiyaning turlari. 3. Dunyo va O’zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi. Aholi huquqiy savodxonligining pastligi -aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi - aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi: aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi; iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; inflyasiyaning yuqori darajasi; mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud. Ichki nazorat-bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Tashqi nazorat bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k. Saylov tizimi orqali kurashish demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Xalqaro tajribadan ma’lumki, davlat xizmatchilari uchun standart taqiqlashlar, cheklashlar va nizomlar barcha rivojlangan mamlakatlar qonunlarida mavjud. Korrupsiya – uchinchi va ikkinchi dunyo mamlakatlari, ya’ni qoloq va rivojlanayotgan davlatlar mag‘lub bo‘layotgan yagona g‘anim, xalqni farovon hayotdan to‘sib turgan to‘siq. Ilm-ma’rifatdan uzoqlashayotgan jamiyatda ochko‘z va noinsof odamlar voyaga etadi. Ular hech qachon o‘lmaydigandek yashashga o‘rganadilar. Va. kun kelib hech qachon yashamagandek o‘ladilar. Bunday muhitda poraxo‘rlik yagona qonunga aylanadi. Korrupsiyaning qurboni esa xalq; natijasi – qashshoqlik bo‘lib qolaveradi. Halol va vijdonli hukumatni halol va vijdonli odamlar yaratadi. Adolatli va halol yo‘lboshchi – xalqning omadi. Yаxshi hukumat tepasida doimo hayotning va boylikning o‘tkinchi ekani, mansab odamlarga yaxshilik qilish uchun vosita ekanini anglaydigan odamlar turishgan. Mahatma Gandi aytgani kabi, ular hech qachon toza vijonlariga nopok odamlarning kir oyoqlari bilan chiqishlariga yo‘l qo‘yishmagan. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida o‘z mansabidan foydalanish, fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Kishilik dunyosi korrupsiya bilan qadimdan beri kurashib keladi. Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida davlat hamda uning boshqaruv sohasidagi mansabdor shaxslari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi” tushuniladi deyilgan. BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatini ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shuningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlaridir”, deyiladi. Evropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta’rif berilgan. “Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”, degan edi faylasuf Arastu. Qadimgi Grek faylasufi yashab o‘tgan davrdan beri qancha suvlar oqib o‘tdi. Ammo korrupsiya bilan bog‘liq muammo o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Buning ustiga unga qarshi kurashishda samarali qurol ham yaratilmagan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab korrupsiya xalqaro muammolardan biriga aylandi. Bir mamlakatdagi korrupsiya ko‘rinishi ikkinchi mamlakat bilan bog‘lanib ketdi. Ayni damda korrupsiya xalqaro savdoda milliardlab zarar keltirmoqda. Korrupsiya bilan bog‘liq muammo Evropada ham saqlanib qolmoqda. Bu mavzu davlat va hukumat rahbarlari, politsiya va jurnalistlarning doimiy e’tiborida. Tahlilchilarning fikricha, “ko‘hna qit’a”dagi korrupsiya har yili Evropa iqtisodiyotiga 120 milliard evro miqdorida zarar etkazadi. Biroq, Evropa Ittifoqining aksilkorrupsiya agentligi – OLAFning ta’kidlashicha, bu atigi aysbergning yuqori qismi xolos. Aslida Evropa mamlakatlari korrupsiya tufayli yiliga 323 milliard evrodan mahrum bo‘ladi. Kuzatuvchilarning fikricha, korrupsiyaning haqiqiy qamrovini baholashning imkoniyati yo‘q. EI mamlakatlari aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga qaraganda, respondentlarning 76 foizi korrupsiya o‘sib borayotganini qayd qilgan. Evropada eng korrupsiyalashgan mamlakat Gretsiya ekani aytiladi. Undan keyingi o‘rinlarda Italiya, Ispaniya, Litva, CHexiya davlatlari turar ekan. Evropada korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘nlab tashkilotlar jalb qilingan. Jahonning turli davlatlarida korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. SHu o‘rinda sharhlovchilar bir ovozdan Singapur tajribasini tez-tez tilga oladi. Bu davlat chorak asr mobaynida uchinchi dunyo mamlakatidan gullab-yashnagan farovon mamlakatga erishdi. Bu maqomga erishishida korrupsiyaga qarshi keskin kurashish bosh omil bo‘ldi. O‘tgan asrning 50-yillarida Singapur juda ham qashshoq edi. Tabiiy resurslarning etishmasligi, hatto ichimlik suvining chetdan olib kelinishi davlat idoralarida ildiz otgan korrupsiya oldida arzimagan ish bo‘lib ko‘rinardi. Hamma, hatto o‘qituvchilar ham pora olardi. Ammo Singapur hukumati korrupsiya ustidan g‘alaba qozondi. Bunda birinchi navbatda mamlakat rahbariyatining qatiy irodasi muhim ahamiyat kasb etdi. Bosh vazir Li Kuan YU korrupsiyaga barham berishda o‘z qarindoshlari va hukumatdagi maslakdoshlarini ham ayab o‘tirmadi. Har bir fuqaroning shubhali xatti-harakatlari tekshirildi, aybdorlarga munosib jazo berildi. Ikkinchidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilindi. Uchinchidan, bu qonunlarni hayotga tatbiq etish maqsadida amalda cheklanmagan vakolatlarga ega bo‘lgan – Korrupsiya holatlarini tekshirish byurosi tashkil etildi. Byuro bevosita davlat rahbariga bo‘ysunardi, bu o‘z navbatida har bir davlat amaldoriga nisbatan adolatli tergov olib borilishini ta’minladi. Shu o‘rinda Ruminiya tajribasini ham misol sifatida keltirish mumkin. Bu mamlakat 2007 yilda Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. SHuni aytish kerakki, Ruminiya Evropa Ittifoqiga kirishidan avval va kirganidan keyin ham mamlakatda korrupsiya ildiz otgan edi. Unga qarshi kurashish shunchaki, ko‘rgazmali bo‘lib, biror bir natija bermasdi. Vaziyatni kuzatib borgan Evrokomissiya bu illatga qarshi kurashishga aralashishga ahd qildi. Uning ekspertlari 2011 yilda Ruminiya uchun aksilkorrupsiya strategiyasini ishlab chiqdi, bu loyiha o‘z samarasini berdi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish ikkita idoraga – Milliy aksilkorrupsiya boshqarmasi va Milliy yaxshilik masalalari agentligiga topshirildi. Bu ikki idora 2013 yilda mingdan ortiq ishni sudga topshirdi. Poraxo‘rlikda gumon qilinib o‘nlab vazirlar, elchilar, merlar, politsiya va bojxona xodimlari qo‘lga olindi. Bu mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali bo‘lishiga Evropa Ittifoqi va mahalliy siyosatchi, sud va OAVning birgalikda qilgan harakatlari sabab bo‘ldi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri strategiya bo‘lmas ekan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish samara bermas ekan. Uzoq yillardan beri SHvetsiya korrupsiyalashgan davlatlar ro‘yxatiga kirmaydi. SHuni ta’kidlash kerakki, 19 asrga avvalboshda lotinchada aks etgan ma’nodan boshqacha yangraydi. "Transparency International", Jahon banki va boshqa tashkilotlar korrupsiya deganda hukumat amaldorlari o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilganligini tushunadi. BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”. Bugungi kunda, kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, jinoyatchilikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Ba’zi manbalarda esa, bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so‘zlar bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Respublikamizda chop etilgan kitob va maqolalarda ham korrupsiya deyilganda, yuqori mansabdagi shaxslar tomonidan sodir etiladigan poraxo‘rlik nazarda tutiladi. Shu o‘rinda professor Q.R.Abdurasulovaning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: “Korrupsiya davlat ahamiyatiga molik vazifalarni bajarayotgan va ularga tenglashtirilgan shaxslar tomonidan o‘z xizmat vakolatlari yoki ular bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanib, g‘araz maqsadda yoki boshqa shaxsiy manfaatni ko‘zlab sodir etilgan ijtimoiy havfli qilmishlar (bu qilmishlar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan) yig‘indisidir”. Korrupsiya muammosi so‘ngi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Korrupsiyaning xalqaro munosabatlarga ta’sirini o‘rgangan tadqiqotchilar esa, rivojlangan “birinchi dunyo” mamlakatlari korrupsiya yordamida o‘zlariga ma’qul kelmagan hukumatlarni ag‘darib tashlashi, o‘zlariga xayrixoh rejim o‘rnatishi, amaldagi hokimiyatga oppozitsiyani moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi degan xulosani bildirishgan. Korrupsiya, eng avvalo, har qanday mamlakatda davlat apparatining xalq oldidagi minimal majburiyatlarini bajarishda ojizligini anglatadi. Bu Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarini ham qamrab olgan va mazkur mamlakatlar uchun jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu mamlakatlarning barchasida korrupsiya xalqning qashshoqligi, mamlakatning qoloqligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Gonkongda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil komissiya mazkur faoliyatda muvaffaqiyatli va keskin choralarni amalga oshira oluvchi institutlarga namuna bo‘lishi mumkin. Hokimiyat idoralari faoliyatini sinch-kovlik bilan – rasmiy institutlar, alohida fuqarolar tomonidan monitoring qilib borish, shuningdek, aybdorlarni sud ta’qibi Gonkongdagi korrupsiyaga qarshi kurashning asosi sifatida xizmat qiladi. AQSHda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan maxsus qonun hujjati qabul qilingan. “Foreign Corrupt Practices Act” deb nomlangan mazkur qonun hujjati Amerika kompaniyalarini shartnomalar tuzishda imtiyozlar va kafolatlar olishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berganlik uchun javobgarligini belgilaydi. Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko‘hnadir. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: «Har qanday davlat tuzumida eng muhimi — bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etishki, mansabdor shaxslar qing‘ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin». Aytishlariga qaraganda, odamlarning befarqligi jamiyatda korrupsiyaning urchishiga zamin yaratib berar ekan. Saratonga qiyos bu xastalik fuqarolarning demokratiya va hukumatga bo‘lgan ishonchini o‘ldirib, innovatsiya va ijodkorlik ishtiyoqlarini yo‘q qiladi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashda quyidagi tadbirlarning ahamiyati yuqori. 1. Korrupsiya faqatgina pora degani emas: uning turlari ko‘p va har biriga qarshi kurashda alohida yondashuvdan foydalangan afzal. 2. Fuqarolar salohiyati: fuqarolarga salohiyatlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitni yaratish, davlat boshqaruvida ishtirok etishlariga keng yo‘l ochib berish. 3. Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat tashkilotlari bilan birga, nodavlat muassasalar imkoniyatlaridan ham keng foydalanish. 4. Biz 21 asrdamiz: hukumat, fuqaro, tadbirkor, jamiyat, media hamda ilm-fan o‘rtasidagi yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishda texnologiyalardan foydalanish. 5. Davlat xizmatlarini yangi shaklga ko‘chirish: barqaror rivojlanayotgan davlatlar fuqaroga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirishmoqda. Fuqaro xizmat ko‘rsatuvchi davlat vakili bilan qancha kam ko‘rishsa, korrupsiya ehtimoli shu qadar past bo‘ladi. 6. Rag‘batlantirish: munosib davlat ishchilari va tashabbuskorlarni adolatli yo‘l bilan rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish. 7. Jazolarning ahamiyati: korrupsiya ishtirokchilarini ayovsiz jazolash choralarini qo‘llash -- ko‘p mamlakatlarni korrupsiya domidan xalos qilgan omil 8. Ham xalq, ham xalqaro ovozga quloq tutish: korrupsiyaga qarshi kurashda hukumat uchun eng yaxshi hamkor -- xaqldir. Qolaversa, xalqaro monitoring tashkilotlarining ma’lumot va tajribalari ham qo‘l keladi. 9. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ faoliyatini kuchaytirish: korrupsiya avj olgan jamiyatlarda fuqarolar zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi. Ularni himoya qiluvchi tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish lozim. 10. Kurash usullarini takomillashtirish: korrupsiyaga qarshi har qanday yaxshi strategiya takomillashtirilishi kerak. Buning uchun monitoring qilish, muvofiqlashtirish bo‘yicha muntazam ishlarni amalga oshirish zarur. Avstraliyada korrupsiyaga qarshi maxsus kurslar kurashadi Avstraliyada federal tuzilma yoki korrupsiyaga qarshi kurash organlarining markazlashtirilgan tizimi yo‘q. Hukumat tuzilmalari faoliyatini nazorat qilish Avstraliya milliy jamoat tashkilotlari, parlament va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Har qanday fuqaro bunday komissiyaga shikoyat qilish yoki davlat mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilgan korrupsiya harakati haqida xabar berish huquqiga ega. Bu erda korrupsiyaga qarshi asosiy ta’lim dasturi Avstraliya Milliy universiteti (Kanberra) davlat siyosati fakultetida bo‘lib o‘tadigan “korrupsiya va unga qarshi kurash usullari” mavzuidagi maxsus kursdir. Trening davomida tinglovchilar korrupsiya hodisasiga turli yondashuvlar va uning namoyon bo‘lishiga qarshi kurash usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va maktablarning yuqori sinf o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar ham mavjud. Ushbu ta’lim dasturi global ta’lim markazi tomonidan taklif etilgan. Avstriyada o‘qituvchi sifatida adliya va ichki ishlar vazirlari taklif etiladi Avstriyada ham korrupsiyaga qarshi kurash sohasida uch haftalik malaka oshirish kursi mavjud. O‘qituvchilar sifatida, qoida tariqasida, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, olimlar, psixologlar, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi mutaxassislar taklif etiladi. Avstriya federal korrupsiyaga qarshi kurash byurosi xodimlari 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “korrupsiyaga qarshi trening” loyihasini ishlab chiqdilar. Boshlang‘ich loyiha shakli talabalar va ekspert-psixologlar, sotsiologlar, advokatlar, kriminologlar va o‘qituvchilarning fikrlari bilan to‘ldirildi. Loyiha talabalarni korrupsiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy jinoyatlar tushunchalari va korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari bilan tanishtirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, talabalarga korrupsiya bilan to‘qnashuvda va fuqaroning ushbu hodisaga qarshi kurashishdagi roli to‘g‘risida xatti-harakatlar namoyish etiladi. Treningning boshqa qismida maktab o‘quvchilariga o‘yinlar taklif etiladi: har bir o‘yin o‘quvchi tomonidan kartani tanlash asosida amalga oshiriladi, unga roli tushuntiriladi. Asosiy mavzulardan biri sifatida maktabdagi sovg‘alar mavzusiga to‘xtalib o‘tiladi. Trening so‘nggida talabalar treningning nazariy qismida o‘rganilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan so‘rovnomalarni oladilar. Ishtirokchilar korrupsiyani aniqlab olishlari, uning sabablari va oqibatlarini, shu jumladan, huquqiy masalalarni tushuntirishlari va korrupsiyaga qarshi kurash byurosining faoliyati haqida gapirishlari kerak bo‘ladi. Ushbu treningning maqsadi yuqori sinfdagi maktab o‘quvchilarining fuqarolik javobgarligini oshirish, inson huquqlari va jamoat burchlarini tushuntirishdan iborat. O‘tkazilgan trening yosh tomoshabinlar, ya’ni 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kengaytirilishi rejalashtirilgan. Amerika qo‘shma shtatlarida davlat hokimiyati organlarini korrupsiyaning zararli ta’siridan saqlash zaruriyati AQSH hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga majbur qilgan. Pekinda bu yo‘nalishdagi ishlar faqat XX asrning o‘rtalariga kelib faol tus oldi. 1962 yil AQSH Kongressi saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxslar, xususan Kongress palatalari a’zolarining xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish masalasini muhokama qildi. 1965 yilda AQSH Prezidenti L.Jonson farmoyishiga binoan davlat hokimiyati organlariga davlat xizmatchilari o‘z vazifalarini qonunga muvofiq halol va sidqidildan bajarishi uchun ularning xulq-atvorini belgilaydigan axloq qoidalarini, xulq-atvor standartlarini o‘rnatish haqida topshiriq berildi. AQSH Prezidentining mazkur farmoyishi oliy martabali hukumat amaldorlariga o‘z “moliyaviy manfaatlari”ning holati haqida tegishli hukumat organiga vaqti-vaqti bilan ma’lumot berib turish majburiyatini yuklar edi. Ushbu farmoyish asosida Fukaro xizmati bo‘yicha komissiya moliyaviy deklaratsiya taqdim etishga majbur mansabdor shaxslar ro‘yhatini belgiladi. Bu deklaratsiyalarning mazmuni, toki bunga etarli asoslar mavjud ekan, oshkor etilishi mumkin emas edi. Natijada AQSH Kongressi 1978 yilda “Hukumatdagi axloq to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Bu Qonunning vazifasi “davlat amaldorlari va muassasalari halolligini saqlash va bunga imkoniyat yaratish”dan iborat edi. AQSH Prezidenta J.Karter bu qonun hukumat amaldorlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatibgina qolmasdan, ularni halol bo‘lishga ham majbur etishiga, natijada jamiyatga davlat xizmatiga muayyan nomzod, shuningdek, u yoki bu davlat xizmatchisi halolmi-yo‘qligini baxolash imkoniyati berilishiga umid bildirdi. AQSH qonunchiligi davlat xizmatchisining qo‘shimcha (asosiy vazifa uchun ish haqidan tashqari) daromad olish huquqini xam ancha cheklagan. Bunday daromad miqdori asosiy ish haqining 15% dan oshmasligi lozim. Bu cheklash Senat a’zolaridan tashqari, hokimiyat uchala tarmog‘ining barcha xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi. AQSH federal qonunchiligida davlat hokimiyati organlarini tark etgan sobiq davlat xizmatchilarining ish faoliyatini cheklaydigan normalar ham nazarda tutilgan. Masalan, davlat xizmatchisi xizmatni o‘tash davrida muayyan muammolarni hal qilishda hukumat mansabdor shaxsi sifatida shaxsan va katta vakolatlar bilan ishtirok etgan bo‘lsa, u iste’foga chiqqanidan keyin ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shunga o‘xshash muammolarni hal qilishda birovning manfaatlarini rasman va har qanday shaklda ifoda etishga haqli emas. Sobiq davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin ikki yil mobaynida mazkur davlat xizmatchisi ijro etuvchi hokimiyat organida xizmat qilish davrining oxirgi bir yili davomida uning rasmiy vakolatlari qatoriga kirgan muayyan muammolarni ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hal qilishda vakillik faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas. Yuqori martabali davlat xizmatchisi iste’foga chiqqanidan keyin bir yil davomida o‘zi xizmat qilgan idora qarshisida har qanday masala yuzasidan birovning manfaatlarini ifoda etishi mumkin emas. Ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qonun davlat xizmatchilariga muayyan rasmiy qarorlar qabul qilinishi yoki choralar ko‘rilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan “biron-bir qimmatga ega bulgan narsalar” qabul qilishni ta’qiqlaydi. Biroq qonun axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan idoralarga “bu qoidalardan oqilona istisnolar qilish”ga ruxsat beradi. Chet davlatlardan sovg‘alar olish Konstitutsiyaga muvofiq qat’iyan man etilgan bo‘lsa-da, amaldagi huquqiy normalarda bu qoidani istisno etadigan holatlar nazarda tutilgan. CHet davlatlarning vakillaridan sovg‘a va mukofotlar olish shartlarini tartibga soluvchi qoidalar belgilangan. Davlat xizmatchisi chet davlat vakilidan sovg‘a qabul qilishga haqlidir, basharti bu sovg‘a suvenir tariqasida yoki extirom yuzasidan taklif qilingan va “minimal qiymat”dan ortiq bo‘lmasa. Davlat xizmatchisi sovg‘a qabul qilishga haqli, basharti, mazkur sovg‘a AQSHning fan va tibbiyot sohasidagi aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashsa, sovg‘ani qabul qilishdan bosh tortish uni tortiq qilgan shaxsni xafa qilish, bu AQSHning xalqaro munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa. AQSHda 1976 yildayoq «Quyosh nuridagi hukumat to‘g‘risida» (“Government in the Sunshine Act”) nomlangan Qonuni qabul qilingan. Qonun davlat organlarida yanada shaffoflikni ta’minlash maqsadini e’lon qilib, federal hukumat, Kongress, federal komissiyalar va boshqa qonun bilan tuzilgan federal organlar (agentliklar)ga jamoatchilik ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ochiq majlislarni o‘tkazish majburiyatini mustahkamlagan. Barcha shaxslarning mazkur huquqdan foydalanishi uchun Qonunda u yoki bu organlarning o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan yig‘ilish haqida oldindan xabardor qilishi zarurligi belgilangan. Ushbu maqsadda mazkur Qonunga asosan davlat organlari belgilangan yig‘ilishdan bir hafta oldin yig‘ilish sanasi, vaqti va joyi, muhokama mavzusi, shuningdek kun tartibining tafsilotlari va boshqa masalalarni aniqlash uchun mas’ul mansabdor shaxsning nomi va aloqa ma’lumotlarini Federal Reestrda e’lon qilishi shartligi belgilangan. Davlat boshqaruvi organlarining yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqi bugungi kunda aksariyat davlatlar qonunlarida ham e’tirof etilgan. Qo‘shma SHtatlarda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilgan:poraxo‘rlik olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Qonunchilikka ko‘ra, banklar rahbarlarining ularning faoliyatini tekshiruvchi nazoratchilarga pul «sovg‘a» qilishlari taqiqlangan bo‘lib, buning uchun ularni jinoiy javobgarlik kutadi. Xuddi shunday javobgarlik tekshiruvchilar uchun ham taalluqli. Mansabdor biror shaxsdan muammosini ijobiy hal qilib berish uchun sovg‘a olsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Davlat idoralari xodimlari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlari sezilganida tegishli organlarga xabar berishlari shart. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari topgan daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirishga majbur. Amerikaning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida ijtimoiy etika bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. AQSH rasmiy axloqiy idorasi o‘z veb-saytida ijro etuvchi organlarda xodimlar uchun zarur axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish haqida ma’lumot beradi. Deyarli barcha AQSH federal organlarida muntazam ravishda (odatda yiliga bir marta) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. Ko‘pgina idoralarda suiiste’mollikni aniqlash uchun ichki nazorat xizmati (Internal Revenue Service) kabi maxsus bo‘linmalar tashkil etilgan bo‘lib, doimiy ravishda rasmiy muvofiqlik masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishlaydi, ularga yordam yoki maslahat uchun murojaat qilinadi. Agar rasmiy shaxs noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa-da, buning uchun ichki nazorat xizmati xodimi tomonidan oldindan ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, u jazolanmaydi. Ushbu qoida bexosdan xatoga yo‘l qo‘yadigan halol xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Birlashgan arab amirliklarida korrupsiyaga qarshi kurash qonunlari o‘zgacha jazoni nazarda tutadi. Bu erda korrupsiyachilarning shunchaki qo‘li chopib tashlanadi. ERON ham poraxo‘r mansabdorlarni qatl etish bilan mashhur bo‘lgan. O‘lim jazosi osish orqali mamlakatning katta maydonlarida va omma oldida amalga oshiriladi. Eron qonunchiligi uchun pora hajmi muhim emas, u erda pora olganligi isbotlansa bo‘ldi. SHu bilan birga mamlakatda poraxo‘r amaldorlarning barmoqlarini va qo‘llarini kesish amaliyoti ham qo‘llaniladi. Tojikiston Respublikada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha me’yoriy aktlarni ishlab chiqish 1999 yildan boshlab yuborildi. Lekin mavjud ma’lumotlar bu yo‘nalishda effektiv siyosatni ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlarni olib borishga kamlik qiladi. Bu haqda Istambul Rejasi harakatining milliy va halqaro eksperlarining fikrlari ham shunday. SHu bilan birga Tojikistonning jamiyatda korrupsiya darajasi yuqoriligini tan olgani uning siyosiy irodasini ko‘rsatishga muhim qadamlardan hisoblanadi. Tojikiston uchun korrupsiyani aniqlash va tergov olib borish bilan asosan Ichki ishlar vazirligi, Xavfsizlik hizmati, Soliq politsiyasi, Bojxona xizmati, Harbiy ma’muriyat, CHegara hizmati, narkotik moddalar ustidan nazorat agentligi va boshqalar kabi huquqni muhofaza qilish tuzilmalarini shug‘ullanishi xarakterlidir. Tojikiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashda muammoli hususiyatlar bu davlatning qurolli to‘qnashuvdan keyingi holatda ekanligi, byudjetning anchagina chegaralanganligi va ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liqligidir. Nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari, televidenie hali korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyat va hukumatga unchalik ham kuchli ta’sir eta olishmaydi. Mamlakatda 1999 yil 21 iyulda “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan. Qirg‘iziston Hukumat korrupsiyaning jamiyat va demokratik institutlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tan olmoqda. Korrupsiyaning o‘sishiga huquqni muhofaza qilish organlarining samaradorligining pastligi, sud tizimi va ijro etuvchi organlarning kuchsizligi zamin yaratmoqda. Qirg‘izistonda korrupsiya huquqiy ong pastligi va jamiyat ongining yuqori darajada korrupsiyalanganligida o‘zini ko‘rsatmoqda va jamiyatda bu illatni keltirib chiqaradigan omillarga qarshi kurash olib borilmayapti. SHu bilan bir qatorda hukumatning korrupsiyani engib o‘tishga bo‘lgan urinishlarini ham aytib o‘tish lozim. Bu yo‘lda 2003 yil mart oyida Xavfsizlik Kengashi majlisida “Qirg‘iziston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi savol ko‘rib chiqilgan. 2004 yil oktyabr oyida Qirg‘iziston davlat rahbari Xavfzislik Kengashi majlisida so‘nggi so‘z o‘rnida “Qirg‘iziston Respublikasi antikorrupsion siyosatini amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risida” chiqish qilib, qo‘lga kiritilgan natijalar va shu bilan birga korrupsiyaning kichik ko‘rinishlari haqida aytib o‘tgan. Prezident chiqishida ta’kidlanganidek korrupsiyaning eng havfli ko‘rinishi bu huquqni muhofaza qilish, fiskal va sud organlaridagilardir. Davlatda 2003 yil 6 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. QOZOG‘ISTON Davlat hokimiyati korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘z siyosiy irodasini ko‘rsatdi. Qozog‘iston 2003 yildan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istambul Rejasi a’zosi hisoblanadi. 2005 yil oktyabr oyida Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurash uchun qonuniy-huquqiy va institutsional ba’zasining milliy tahlilini taqdim etdi. SHu bilan bir vaqtning o‘zida davlat jamoat tashkilotlari tomonidan alternativ dokladi (144 varaq) tayyorlanganligi uchinchi sektorning aktiv rolidan dalolatdir. Bu Qozog‘iston uchun alohida farqli hususiyatlardan biridir. 1998 yil 2 iyulda Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi O‘ZBEKISTON ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. So‘nggi yillarda, bu illatga qarshi kurash bo‘yicha aniq maqsadli strategiya belgilandi. Jumladan, 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ham jamiyatimizda bu illatga qarshi kurashning yangi bosqichini belgilab berdi. Mazkur qonun bilan korrupsiya, ya’ni poraxo‘rlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, iste’dodli kadrlarning o‘sishiga to‘siq bo‘lish, inson huquqlarini buzish, tama’girlik qilish kabi holatlarda, bunday qabihliklarni amalga oshirganlar uchun davlatning qat’iy jazosi muqarrarligi aniq ravshan belgilandi. Qabul qilingan qonun hujjatlari o‘zining samarasini bera boshladi. Xususan, mamlakatda byudjet ochiqligining ta’minlanishi, O‘zbekiston turli xalqaro reytinglarida (“Xalqaro baxt indeksi”da 47-o‘rin, “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”ga ko‘ra 2-o‘rin va h.k.) ko‘tarilib borayotganligi ahamiyatli. Shu o‘rinda qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bular: - OAVning shu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oqibatlarini yoritish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirib borish mexanizmini joriy etish, Oliy Majlis palatalarida Qo‘mitalar, Fraksiyalar yig‘ilishlari, Yalpi Majlislari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning barcha darajadagi tuzilmalarida bo‘layotgan yig‘ilishlarida OAVlarining cheklovlarsiz ishtirok etishini kafolatlash; - aholining turmush farovonligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lashni eng dolzarb masalasi hisoblangan “Iste’mol savatchasi”ni joriy etishni tezlashtirish; - diniy ulamolarimiz masjid va madrasalarda muntazam ravishda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari xususida targ‘ibotlar olib borish; - “Korrupsiyadan xoli hudud” nominatsiyasi bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish orqali, tanlovlar o‘tkazish; - olimlar, tadqiqotchilar va izlanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish mexanizmini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash; - aholi tomonidan eng ko‘p murojaat etiladigan jabhalar, xususan, korrupsiya alomatlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda kafolatlangan shaffof elektron tizimni joriy etish. Masalan, navbatlarning elektron shaklini yaratish va muntazamligini ta’minlash. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling