Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan


Maktablarda buxgalter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi


Download 301.72 Kb.
bet13/14
Sana18.12.2022
Hajmi301.72 Kb.
#1030182
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Xurshidbek hisobot

Maktablarda buxgalter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi.
Maktab buxgalteri o`z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi belgilangan umumta`lim maktablari (maktab-internatlari) buxgalteri haqidagi tegishli Nizom talablari asosida amalga oshiradi:
OTA-ONALAR YOKI ULARNING O`RNINI BOSUVCHI SHAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYAT VA MAS`ULIYATLARI
Ota-onalar va ularning o`rnini bosuvchi shaxslar:
o`zlarining balog’atga etmagan bolalari uchun ta`lim shakllarini umumiy ta`lim muassasasi turi va o`qish turini tanlash;
ta`lim muassasasi ma`muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo`lishini talab qilish;
ta`lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar:
bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo`lishi to`g’risida g’amxo`rlik qilishlari;
bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnat-sevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg’ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari ;
bolalarini maktabda o`qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta`lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
Ota-onalar yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar maktabda o`quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta`lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas`uldirlar.
MAKTABNING MODDIY VA MOLIYAVIY XO`JALIK TA`MINOTI
Maktabning moliyaviy ta`minoti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli “Xalq ta`limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to`g’risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli “Umumta`lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli “Xalq ta`limi muassasalarining moliyaviy — iqtisodiy ta`minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to`g’risida”gi qarori va ular asosidagi Xalq ta`limi vazirligining buyruq va qarorlari asosida tashkil etiladi.
Maktabni moliyaviy ta`minlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablag’lar, O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarning bajarilishidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
Maktabni samarali faoliyat ko`rsatishi uchun zarur sarf-xarajatlar davlat tomonidan belgilangan xuquqiy me`yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi va mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
Malaka toifalari “Attestatsiya haqidagi Nizom” ga muvofiq maktab xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish jarayonida beriladi.
Pedagog kadrlarga kasb mahorati va maktabdan tashqari faoliyatlari uchun ustamalar, moddiy rag’batlantirish va mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil dekabrdagi 275-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilariga tanlov bo`yicha yoki fakul’tativ mashg’ulotlar uchun o`quvchilar sonidan qat`iy nazar faqat alohida sinf yoki guruh o`quvchilari uchun o`tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to`lash amalga oshiriladi.
Maktabda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar ko`rsatishga ruxsat etiladi:
Maktabni moddiy -texnika negizi tarkibiga er, binolar, sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar, mebellar, o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.
Maktab binosi texnika xavfsizligi va sanitariya – gigiena me`yorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi. Maktabni moddiy texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta`minlashning qo`shimcha mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Maktabning buxgalteriya hisobi boshqa hisob-kitob ishlari maktab direktori, moddiy javobgar shaxs va buxgalterlar tomonidan amalga oshiriladi ya`ni Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli qarori asosida olib boriladi.


Download 301.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling