Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan
O`QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI
Download 301.72 Kb.
|
Xurshidbek hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab o`quvchilari
O`QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI
O`quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: davlat standartlariga muvofiq bepul umumiy ta`lim olish; o`z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e`tiqodlarini erkin ifoda etish; ta`lim muassasasini boshqarishda qatnashish; turli xil ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etish; o`quv shaklini mustaqil tanlash; qo`shimcha (fakultativ) ta`lim olish xizmatidan foydalanish; Maktab o`quvchilari: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, respublikaning munosib fuqarosi bo`lish, O`zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrog’i va Madhiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog’liq bo`lgan marosimlarni ado etish; — ta`lim muassasalarining ustavi va ichki tartibi qoidalarini so`zsiz bajarishlari; Davlat ta`lim standartlari hajmida umumiy ta`lim olish uchun intilishlari; maktabga dars jadvali asosida o`z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari; o`quv jarayoni uchun kerak bo`lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o`quv qo`llanmalari, daftarlarini to`liq olib kelishlari; maktabda kiyinish madaniyatiga qo`yilgan talablarga rioya kilishlari; o`qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishlari; o`z bilimi va amaliy ko`nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari; maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko`rsatishlari; maktab va jamoat mulkini avaylab asrashlari talab etiladi. O`qituvchilar va o`quvchilar o`rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda adolat komissiyasi tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og’zaki holda berilgan arizalar ko`rib chiqiladi va hal etiladi. Jamoat tartib qoidalarini buzgan, maktab jihozlarini va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o`qituvchilar va maktab rahbariyatining shaxsiyatiga tegadigan xatti-harakatlar sodir etadigan o`quvchiga nisbatan mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga etmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo`llaniladi. Ayrim fanlar bo`yicha chuqurlashtirilgan ta`lim berish sinflarida o`qib muntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o`quvchilar oddiy umumiy ta`lim sinflariga o`tkazilishi mumkin. Maktabda amaldagi qonunchilikka asosan o`quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko`rsatish huquqiga ega. Download 301.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling