Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan


MAKTAB TA`LIM -TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH


Download 301.72 Kb.
bet4/14
Sana18.12.2022
Hajmi301.72 Kb.
#1030182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Xurshidbek hisobot

MAKTAB TA`LIM -TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH
Maktabdagi ta`lim jarayoni umumta`lim dasturining ikki bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
a) boshlang’ich ta`lim I – IV sinflar
b) umumiy o`rta ta`lim I– IX sinflar
Boshlang’ich ta`lim:
o`quvchilarning o`qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim ko`nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq madaniy asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarzini ta`minlashga asos yaratadi.
Birinchi sinfga 7 yoshli o`g’il-qizlar to`la va 6 yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor, tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmat ko`rigidan o`tgan bolalar xalq ta`limi bo`limidagi tashxis komissiyasining xulosasiga binoan qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o`quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Maktab ta`limi O`zbekiston Respublikasi XTB tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Farg’ona viloyat Koreya milliy madaniy markazi bilan 2005-2006 o’quv yilidan boshlan o’zaro xamkorlikni yulga kuyib, maktab ukuvchilari va ota-onalari tomonidan tushkan takliflar Uzbek madaniyatiga Koreys madaniyatining mosligi, uygunligi va xozirgi davrda kup tillarni bilish ixtiyoji oshkanligini inobatga olib 2006-2007 o’quv yilidan boshlab koreys tili chuqur o’qitiladi. Yaponiya, Xitoy davlatlarining O’zbekiston Respublikasining elchixonalarining taklifi, o’qvchilar va ota-onalarning xoxishini inobatga olib 7,8,9-sinflarda «Ishchi yapon tili», xitoy tili fakultativ o’qilishi joriy etiladi.
O`zbekiston Respublikasi XTB tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasi va dasturidan chiqmagan xolda, 2-sinfdan boshlab ingliz tili (xaftasiga 2 soat), ikkinchi chet tili koreys tili (xaftasiga 2 soat), 5-sinfdan boshlab rus tili (xaftasiga 3 soat), rus sinflarida uzbek tili (xaftasiga 3 soat), 7,8,9- sinflarda «Ishchi yapon tili», xitoy tiliga yo’naltirilgan sinflar tashkil kilinadi.
Barcha gumanitar yo’nalishidagi 9-sinfni bitirgan o’quvchilarga shaxodatnoma bilan birgalikda sertifikat beriladi va bitiruvchi o’quvchilar quyidagi qator imtiyozlarga:

  1. a) oliy o’quv yurtlarining shark shunoslik fakul’tetiga kirish tanlov asosida;

  2. b) Koreya davlati o’quv yurtlariga o’qishga kirish (shartnoma asosida);

  3. v) boshqa ta`lim muassasalarida koreys tilidan mashgulot utkazish;

  4. g) Yaponiya, Xitoy davlatlari bilan faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarda ishlash;

  5. d) tashkilot va muassasalarda tarjimon bo’lib ishlash xuquqiga ega bo’lishadi.

Maktabda darsdan keyin soat 15.00 dan – 17.00 gacha o’g’il bolalar uchun kompyuterning extiyot qismlarini ta`mirlash va maishiy asboblarni birlamchi ta`mirlash xunarini o’rgatish, qizlar uchun tikish-bichish, milliy, Yevropacha va Janubiy-SHarqiy Osiyo taomlarini tayyorlash, bundan tashqari qonundan chiqmagan xolda yakka tartibdagi faoliyat korsatish kurslari tashkil qilinib tugatgandan keyin Koreya milliy-madaniy markazi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzilib, sertifikat beriladi.
Davlat ta`lim standartlari talablari doirasida o`quv dasturini o`zlashtira olmagan o`quvchilarga yordam ko`rsatish uchun boshlang’ich va V-IX sinflarda pedagogik qo`llab-quvvatlashning turli shakllari (korrektsiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo), ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o`qitish va tarbiyalash uchun maxsus sinflar hamda uyda ta`lim berish tashkil qilinishi mumkin.
Maktab o`quvchilariga tibbiy xizmat ko`rsatish, maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma`muriyat bilan teng ravishda bola sog’ligi uchun mas`uldir.
Maktabda o`quvchilarni sinfdan-sinfga ko`chirish, yakuniy attestatsiyalarni o`tkazish Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (nizom, yo`riqnoma)ga asosan amalga oshiriladi.
O`quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko`chirish yoki yakuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta`limi vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi qo`shma buyrug’iga asosan hal etiladi.
O`quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi xujjatlarning berish tartibi, yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabning yakuniy attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta`limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.
Maktab o`z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I-IX sinflarda o`qishi lozim bo`lgan barcha bolalarni majburiy ta`lim olishga to`liq jalb etishni amalga oshiradi.
Maktabda o’qitish 1 smenada olib boriladi. Darslar 8.30 dan boshlanib 2.40 da tugaydi. Darsdan tashkari tadbirlar 3.00 da boshlanib 5.00 da tugaydi.

Dars soatlarining boshlanishi, tugallanishi va tanaffuslar quyidagicha amalga oshiriladi:


Download 301.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling