Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan
MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 301.72 Kb.
|
Xurshidbek hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabning asosiy vazifalari
MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Maktabning asosiy maqsadi o`quvchilarni Davlat ta`lim standartlariga muvofik o`qitish va tarbiyalash, shaxsni ta`lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro`yobga chiqarishdan iborat. Ta`limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta`limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko`maklashadi. Maktab ta`lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko`zlagan holda amalga oshiradi, o`quvchilarni har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan o`quvchilarning o`z ustida mustaqil ishlashlari va qo`shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi. Bola huquqlarini ta`minlash, uning qadr-qiymatini e`zozlash, bolaga do`stona munosabatda bo`lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalardan biridir. Maktabning asosiy vazifalari: o`quvchining qaysi millatga, dinga, irqga mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar umumiy o`rta ta`lim olish uchun imkoniyatlar yaratib beradi: ta`limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta`minlaydi; iste`dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo`llab-quvvatlaydi, rag’batlantiradi. o`quvchilarga puxta bilim va ko`nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o`quv jarayonni tashkil etiladi; o`quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g’oya ruhida yuksak ma`naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi: o`quvchilarda mustaqil O`zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog’i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat`iy intizom va Fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi. Maktablarda sifatli umumiy o`rta ta`lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi:bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas`uliyatni to`la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta biladigan shaxs sifatida kamol toptirish; axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o`zining mustaqil fikriga ega, tashabuskor sog’lom avlodni etkazib berish; umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya oluvchilarni o`rta maxsus ta`lim muassasalarida o`qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir. Download 301.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling