Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan


O`QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI


Download 301.72 Kb.
bet6/14
Sana18.12.2022
Hajmi301.72 Kb.
#1030182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Xurshidbek hisobot

O`QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI
O`quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
davlat standartlariga muvofiq bepul umumiy ta`lim olish;
o`z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e`tiqodlarini erkin ifoda etish;
ta`lim muassasasini boshqarishda qatnashish;
turli xil ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
o`quv shaklini mustaqil tanlash;
qo`shimcha (fakultativ) ta`lim olish xizmatidan foydalanish;

Maktab o`quvchilari:
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, respublikaning munosib fuqarosi bo`lish, O`zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrog’i va Madhiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog’liq bo`lgan marosimlarni ado etish;
— ta`lim muassasalarining ustavi va ichki tartibi qoidalarini so`zsiz bajarishlari;
Davlat ta`lim standartlari hajmida umumiy ta`lim olish uchun intilishlari;
maktabga dars jadvali asosida o`z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;
o`quv jarayoni uchun kerak bo`lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o`quv qo`llanmalari, daftarlarini to`liq olib kelishlari;
maktabda kiyinish madaniyatiga qo`yilgan talablarga rioya kilishlari;
o`qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishlari;
o`z bilimi va amaliy ko`nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko`rsatishlari;
maktab va jamoat mulkini avaylab asrashlari talab etiladi.
O`qituvchilar va o`quvchilar o`rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda adolat komissiyasi tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og’zaki holda berilgan arizalar ko`rib chiqiladi va hal etiladi.
Jamoat tartib qoidalarini buzgan, maktab jihozlarini va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o`qituvchilar va maktab rahbariyatining shaxsiyatiga tegadigan xatti-harakatlar sodir etadigan o`quvchiga nisbatan mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga etmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo`llaniladi.
Ayrim fanlar bo`yicha chuqurlashtirilgan ta`lim berish sinflarida o`qib muntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o`quvchilar oddiy umumiy ta`lim sinflariga o`tkazilishi mumkin.
Maktabda amaldagi qonunchilikka asosan o`quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko`rsatish huquqiga ega.

Download 301.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling