Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan
Download 301.72 Kb.
|
Xurshidbek hisobot
MAKTAB HAQIDA
Gumanitar fanlarga (rus , uzbek (rus sinflarda) ixtisoslashgan 47-umumiy o’rta ta`lim maktabi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta`lim to`g’risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g’risida»gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ta`lim sohasiga oid farmonlari, qarorlari, jumladan 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli “Xalq ta`limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to`g’risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli “Umumta`lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta`lim tizimi uchun davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to`g’risida”gi 5-sonli, 1998 yil 13 maydagi «O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g’risida»gi 203-sonli hamda 2004 yil 9 iyuldagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi 321- sonli, 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta`limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g’risida”gi 275-sonli, 2007 yil 30 martdagi “Xalq ta`limi muassasalarining moliyaviy — iqtisodiy ta`minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to`g’risida”gi 63-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo`lib, o`z faoliyatida yuqoridagi hujjatlarga, Hukumatning, Xalq ta`limi vazirligining ta`lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko`rsatmalariga va mazkur Ustavga amal qiladi. Maktab uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g’ini bo`lib, u o`quvchi yoshlarga I-IX sinf hajmida davlat ta`lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o`rta ma`lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta`lim muasasasidir. Maktab xalq ta`limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shtampiga, g’aznachilik bo`limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilariga ega bo`ladi. Maktab umumiy o`rta ta`lim muassasasini attestatsiya va akkreditatsiya qilish natijasiga ko`ra davlat test markazi huzuridagi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va attestatsiya boshqarmasi o`tkazgan attestatsiya natijalariga ko`ra xalq ta`limi tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta`limning bir turidan boshqa turiga o`zgartirilishi mumkin. Maktab manzili: Rishton tumani, M.Iqbol ko’chasi 32 uy Telefon raqami: +998336779497 Download 301.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling