Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan
MAKTAB PEDAGOGIK HODIMLARI
Download 301.72 Kb.
|
Xurshidbek hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qituvchilar
MAKTAB PEDAGOGIK HODIMLARI
Maktab ishiga tegishli ma`lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko`ra, direktorning buyrug’i asosida, shartnomaga binoan qabul qilinadi; Pedagogik xodimlarning huquqlari, burchlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g’risida” Qonuni va Mehnat kodeksi bilan belgilanadi. Maktab pedagogik xodimlari: pedagog-o`qituvchi o`zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi; maktabda, jamoat orasida o`z bilimi, yurish-turishi, yuksak manaviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o`rnak bo`lishlari; ijtimoiy hayot uchun maqbul bo`lmagan hatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o`quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo`lishlari; maktab obro`si, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo`lida faollik ko`rsatishlari; kasb mahoratining yuksak darajada bo`lishi, ta`lim oluvchilarning o`quv dasturlarini davlat ta`lim standartlari darajasida o`zlashtirishlarini ta`minlashlari; o`quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma`naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari; o`sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o`rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo`ravonlikning barcha ko`rinishlaridan himoya qilishlari; o`zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi. Pedagog-o`qituvchilar maktab ustavi, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim. Maktab ta`lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o`qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma`naviy jihatdan rag’batlantirilib boriladi. Maktabda har bir fan yo`nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko`rsatadi va ta`lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. O`qituvchilar: mashg’ulot o`tkazishga tayyorgarlik ko`radi, o`z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi; maktab Pedagogik kengash ishida va maktab ma`muriyati tomonidan o`tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi; maktab Direktori va boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo`yicha navbatchilik qiladi; o`quvchilarning ota-onalari (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo`ladi; Maktab o`qituvchilari har 3 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug’ilganda malaka oshirish institutlarida o`z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar esa o`quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so`ng malaka oshirishdan o`tadilar. Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to`g’risidagi tegishli Nizomga binoan o`tkazilgan attestatsiya natijalariga ko`ra belgilanadi. Maktab pedagog xodimlari: (1) maktab Pedagogik kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarda, (2) ishchilar jamoasining umumiy yig’ilishlarida qatnashish yo`li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar. Maktab pedagog xodimlari o`z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: (1) o`quvchilarga o`qitilayotgan fanning o`ziga xos xususiyatlarini va o`quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta`lim va tarbiya berish, (2) ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o`quvchilar ixtisoslashtirilgan yo`nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o`zlashtirishiga ko`maklashish, (3) o`quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me`yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta`minlash. Download 301.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling