Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan


Maktab direktorining ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari


Download 301.72 Kb.
bet10/14
Sana18.12.2022
Hajmi301.72 Kb.
#1030182
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Xurshidbek hisobot

Maktab direktorining ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari:
Maktab direktorining ma`naviy–ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari direktorining taqdimotiga ko`ra tuman xalq ta`limi bo`limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
Maktab direktorining ma`naviy–ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari o`quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o`tkazilganida o`quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me`yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta`minlaydi, mahalla qo`mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
Maktab direktorining ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari bevosita maktab direktoriga bo`ysunadi.
Maktab direktorining ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosariga bevosita: (1) sinf rahbarlari, (2) o`quvchilar, (3) sardorlar, (4) qo`shimcha ta`lim pedagoglari bo`ysunadi.
Maktab direktorining ma`naviy –ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
O`quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo`yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o`tkazilishini tashkil etadi.
Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo`mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi.
Tarbiyachilar, sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o`rinbosariga bo`ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.
Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to`garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o`tkazilishini nazorat qiladi; sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarga, to`garaklar mashg’ulotlariga (o`quv yili davomida kamida 180 soat) qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni xabardor qiladi.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo`yicha ota-onalarni (ularning o`rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.
Maktab direktorining o`quv-tarbiyaviy ish bo`yicha o`rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy-bo`sh vaqt faoliyati bo`yicha mashg’ulotlar javdallarini tuzadi; vaqtinchalik yo`q bo`lgan xodimlarning o`rniga darslar o`z vaqtida va sifatli o`tkazilishini ta`minlaydi.
Maktab bo`yicha belgilangan hisobot hujjatlari, shuningdek bevosita o`ziga bo`ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar tuzilishini ta`minlaydi.
O`quvchilar jamoalariga madaniy-oqartuv va sog’lomlashtirish tadbirlarini o`tkazishda yordam beradi, to`garaklarda va h.k.larda o`quvchilar kontingentini saqlash choralarini ko`radi, maktabni o`quvchilar bilan to`ldirishda ishtirok etadi.
Maktab pedagog va boshqa xodimlarini tayyorlashda va ularni attestatsiyadan o`tkazishda ishtirok etadi.
Sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o`rinbosariga bo`ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo`yicha vazifalar bajarilishini, o`quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatini mehnatni muhofaza qilish me`yorlari va qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda ta`minlaydi.
Sinf rahbarlari, guruhlar, to`garaklar va sport sektsiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va h.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o`quvchilar mehnati muhofaza qilinishini ta`minlash, jarohatlanishni va boshqa baxtsiz hodisalarni oldini olish masalalarida uslubiy yordam beradi,
Tarbiyaviy tadbirlar va ta`lim muassasasidan tashqari o`quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiena me`yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko`radi.
O`quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko`chada, suvda va h.k.larda sodir bo`ladigan jarohatlanishni, YTH, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo`yicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni o`quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi, majmuaviy tarbiyalash tizimi yaratilishiga ko`maklashadi.
Maktabdan tashqari tarbiya bo`yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo`shimcha ta`lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni bog’laydi va qo`llab-quvvatlaydi.
Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoatdagi o`rniga munosib ahloq me`yorlariga amal qiladi.

Download 301.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling