Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan


Download 301.72 Kb.
bet8/14
Sana18.12.2022
Hajmi301.72 Kb.
#1030182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Xurshidbek hisobot

MAKTABNI BOSHQARISH
Maktabda ta`lim-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1.1 (birinchi qism birinchi bandida) ko`rsatilgan hujjatlar asosida olib boriladi.
Maktabni boshqarish demokratiya, oshkoralik, o`z-o`zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Maktab jamoasi o`ziga yuklatilgan vazifalarni ota-onalar, mahalla qo`mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi.
Maktab pedagogika kengashi maktabni boshqarishning oliy organi hisoblanadi. Maktab direktori o`z lavozimi bo`yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Maktablarda pedagogik, metodik, vasiylik kengashlari hamda ota –onalar qo`mitasi Xalq ta`limi vazirligi buyruqlari bilan o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli Nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko`rsatadi.
Maktabning o`quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab direktori olib boradi.
Maktab direktori:
Maktab Direktori o`quv-tarbiya jarayoniga va maktabning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maktabda ta`lim berish (o`quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma`muriy-xo`jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta`minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi me`yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi.
Maktab direktori tuman(shahar) xalq ta`limi bo`limi (XTB) mudirlarining taqdimotiga ko`ra tegishli xalq ta`limi boshqarmasi boshlig’i (Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta`limi vaziri) tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo`shatiladi. Maktab direktori ish faoliyatida bevosita tuman (shahar)XTB mudiriga bo`ysunadi.
Maktab direktori mehnat ta`tilida yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo`lgan davrda uning vazifalari direktorning o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu kabi hollarda vazifalarni ijro etish direktor buyrug’i yoki ob`ektiv sabablarga ko`ra tegishli buyruq chiqarish uchun imkon bo`lmasa tuman (shahar)XTB mudirining buyrug’i asosida amalga oshiriladi.
Maktab direktori o`z ixtisosligi bo`yicha oliy ma`lumotga va pedagogik yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega hamda tegishli attestatsiyadan o`tgan kamida 1-toifali o`qituvchi bo`lishi lozim.
Maktab direktori maktab ichida yoki undan tashqarida o`rindoshlik asosida boshqa rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) ishlashiga yo`l qo`yilmaydi.
Maktab direktorining mansab vazifalari o`rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas.
Maktab direktoriga uning o`rinbosarlari bevosita bo`ysunadi. Maktab direktori o`z vakolatlari doirasida maktabning har bir xodimi va o`quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmani berishga haqli. Maktab direktori maktabdagi har qaysi boshqa xodim (uning o`rinbosari yoki boshqalar)ning farmoyishini bekor qilishga haqli.
Maktab direktori o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
Maktab Ustavi va O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab faoliyatining barcha yo`nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to`g’risida qarorlar qabul qiladi.
Muassasaning rivojlanish dasturlarini, maktabdagi ta`limiy dasturlar, o`quv rejalari, kurslar, fanlar, o`quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, Maktabning boshqa ichki me`yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Maktabni yangi o`quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo`lishini tashkil etadi va ta`minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
Maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o`quv-uslubiy, ma`muriy, moliyaviy, xo`jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi.
Maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo`yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi.
O`quvchilar uchun mashg’ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsion ro`yxatlar va mehnat ta`tillari jadvallarini tasdiqlaydi.
Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo`llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi, jamoada ijobiy ma`naviy sof muhitni shakllantiradi. .
Maktab o`quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko`rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta`minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi.
Jamoa shartnomasi bajarilishini ta`minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga mo«tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi.
Davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi.
Jihozlarning muhandislik — texnikaviy kommunikatsiyalari xavfsiz foydalanishini ta`minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo`yicha amal qilayotgan standartlarga, qoidalarga va me`yorlarga muvofiq bo`lgan holatga keltirish choralarini ko`radi, ta`lim muassasasining binosi ko`rikdan o`tkazilishi va ta`mirlanishini o`z vaqtida tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi;
Ishga yangi qabul qilingan shaxslar bilan o`rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi bo`yicha dastlabki ko`rsatma berish, ta`lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko`rsatma berish tadbirini o`tkazadi, ko`rsatma berish tadbiri o`tkazilganini daftarda rasmiylashtiradi.
Xodimlar va o`quvchilarning jarohatlanishi hollarini oldini olish va ular o`rtasida kasallanish darajasini kamaytirish bo`yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi;
Tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko`rsatilishini va sog’lomlashtirish ishini yaxshilash choralarini ko`radi;
Kasaba uyushmasi, Ota-onalar qo`mitasi va vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko`radi;
Ishlayotganlar va o`quvchilarning o`quv-mehnat yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e`tiborga olgan holda, ta`minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi.
O`quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta`lim jarayoni o`tkazilishini taqiqlashga haqli.

Download 301.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling