Ahmadqulov xurshidbekning malakaviy amaliyot uchun tayyorlagan
Maktab direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari
Download 301.72 Kb.
|
Xurshidbek hisobot
Maktab direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari:
Maktab direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko`ra tuman xalq ta`limi bo`limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo`shatiladi. Maktab direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o`quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me`yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta`minlaydi, o`quv ishi bo`yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta`lim bo`yicha ishni tashkillashtiradi. Maktab direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari bevosita maktab direktoriga bo`ysunadi. Maktab direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosariga bevosita: (1) o`qituvchilar, (2) o`quvchilar, (3) laboratoriya xodimlari bo`ysunadi. Maktab direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: Pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi. O`qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o`quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtiradi. Zaruriy o`quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Ta`lim jarayonining sifatini va o`quvchilarning ta`limiy tayyorgarlik natijalari ob`ektiv ravishda baholanishini, to`garakalar va fakul’tativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan darslar va o`quv mashg’ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi (o`quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma`lum qiladi. Imtihonlarga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish ishlarini tashkil etadi. Ota-onalar uchun ma`rifat ishlarini tashkil etadi, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o`rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi. Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion) dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi; O`quv mashg’ulotlari va ta`lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo`q bo`lgan o`qituvchilarning darslari sifatli va o`z vaqtida almashtirilishini ta`minlaydi, qoldirilgan va boshqa o`qituvchi o`rniga o`tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi. Belgilangan hisobot hujjatlari o`z vaqtida tuzilishini ta`minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to`g’ri va o`z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi. Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo`yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi; uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o`z malakasini oshiradi. Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o`quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi. Direktorning ma`muriy-xo`jalik ishlar bo`yicha o`rinbosari ishtirokida o`quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirish o`z vaqtida va sifatli o`tkazilishini tashkil etadi. Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha yo`riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo`yicha bo`limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko`rib chiqilishini tashkil etadi. Direktorning tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari bilan hamkorlikda yo`l harakati, suvda va ko`cha-ko`yda o`zini tutish, yong’in xavfsizligi qoidalarini o`rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o`quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o`tkazishni amalga oshiradi. Kasaba qo`mitasi bilan hamkorlikda o`quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko`rgazmali qurollar, maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizligining ma`muriy-jamoa nazoratini amalga oshiradi. Namunaviy ro`yxatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruxsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda, o`quv xonalari va boshqa xonalarda o`rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar, o`quv jihozlari va asboblarlarni olib qo`yish choralarini o`z vaqtida ko`radi, ta`lim muassasasi xonalarida xodimlar va o`quvchilarning sog’lig’i uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta`lim jarayonini to`xtatib turadi. Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamiyatdagi o`rniga munosib bo`lgan ahloqiy me`yorlarga amal qiladi. Download 301.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling